Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.22K subscribers
12K photos
1.24K videos
96 files
3.63K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
❗️SHOSHILING!

2024-2025 o‘quv yilida _Abdulla Oripov   nomidagi ijod maktabiga 7 va 10- sinflariga ijodiy imtihonlar hamda  test sinovlari asosida  o'quvchilar  qabuli uchun hujjatlar qabul qilinmoqda!

Ijod maktabida o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar quyidagi hujjatlarni joriy yilning 1-iyundan 20-iyungacha ariza.piima.uz sayti orqali topshirishlari shart:

- o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
- o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
- hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) imtihon shartlari to‘g‘risida onlayn ofertani tasdiqlashlari lozim bo‘ladi.

Kirish imtihonlari quyidagi tartibda uch bosqichda o‘tkaziladi:
-  birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;
-  ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;
-  uchinchi bosqich — ona-tili va adabiyoti (20 ta test), ingliz tili (15 ta test) fanlaridan hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha (15 ta test) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.


❇️Ijod maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.
O‘quvchilar uchun maktabda quyidagi sharoitlar yaratilgan:

- zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
- ijod maktablari yotoqxonasida qoladigan o‘quvchilar 1 kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
- darsdan so‘ng bepul to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
- turli xil sport turlari bilan shug‘ullanishadi;
- o‘quvchilarga sun’iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL , shuningdek, milliy sertifikatlarni qo'lga kiritish bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi.

❗️Imtihon sanasi, vaqti va joyi haqida hujjat topshirganda kiritilgan telefon raqamiga sms tarzida xabar yuboriladi.
❗️O‘quvchilar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (guvohnoma) asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.

❗️Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 kun oldin o‘quvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Drama_tògaragi
#Yorqin_sahifalar

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari tomonidan O'zbekiston Qahramoni , xalq shoiri Abdulla Oripovning "Jannatga yo'l" dramasidan tayyorlangan sahna kòrinishi.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Musiqa_tògaragi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli yònalishlardagi tògaraklar faoliyat olib boradi. "Musiqa " to'garagi rahbari Zavqiddin Boboxo'jayev hamda tògarak a'zolari tomonidan tayyorlangan musiqiy kompozitsiya.

Videorolikdagi tasvirlarni ijod maktabining "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash " to'garagi rahbari Bahodir Berdiyev tayyorlagan.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Sórang_javob_beramiz
#Infografika

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida qanday darajadagi o'qituvchilar faoliyat ko'rsatadi?

🚀 Ijod maktabiga kamida oliy pedagogik maʼlumot va o'z fanidan 1-toifali o'qituvchilar  imtihon asosida saralanib olinadi. Bugungi kunda jami o'qituvchilar soni 24 nafar.Ulardan 1 nafari fan doktori, 15 nafari oliy toifali o'qituvchilardir. 4 nafar ingliz tili oʻqituvchisi til bilish darajasi bo'yicha milliy va Xalqaro  sertifikat, 1 nafar informatika oʻqituvchisi "Google For education", 1 nafar matematika fani o'qituvchisi Xalqaro GMAT,1 nafar rus tili oʻqituvchisi TRKI - jami 9 ta Xalqaro (1 nafar ingliz tili o'qituvchisining 2 ta Xalqaro sertifikati bor)15 nafari o'z fanidan milliy sertifikatga ega.

Ijod maktabida sinflar necha nafar o'quvchidan iborat?

Ijod maktabida har bir sinf 20 nafar o'quvchi, ixtisoslik, ingliz tili fanlarida o'quvchilarga  bo'lingan holda dars o'tiladi.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ilmiy_maqola

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining Texnologiya (Robototexnika) fani o'qituvchisi Navro'z Begmamatovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 'SCIENCE SHINE'' xalqaro ilmiy jurnalida "Sun'iy intellektga asoslangan mashinalarning hayotimizdagi ahamiyati" mavzusidagi maqolasi chop etildi.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ilmiy_maqola

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida "Lingvodidaktikaning dolzarb muammolari" mavzusida o'tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallarida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Dildora Shodmonovaning "Ona tili darslarida lingvodidaktikaning ahamiyati" mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi.

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from OYINA.UZ
“Ziyolilar eng oldingi safga chiqishi shart” – Otabek Hasanov

...Bunday tahlikalar ichida barchani uygʻoq fikrlari, ezgu qarashlari ortidan ergashtiruvchilar ham millat oydinlari boʻlishi kerak” – deydi Otabek Hasanov “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati bilan uchrashuvda.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/23115

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Ushbu videorolik Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2023-2024-o‘quv yilida erishilgan muvaffaqiyatlar haqida!

IJOD MAKTABI - IBRAT MASKANI

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥 Rahmonova Ruxshona Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Ona tili, Ingliz tili, adabiyot, , tarix, notiqlik san'ati fanlariga qiziqadi. Ijod maktablari o'rtasida o'tkazilgan "Bilim doirasi" intellektual o'yini ishtirokchisi va g'olibi.

🇸🇱🇬🇧 "Yosh kitobxon" tanlovi tuman bosqichi gʻolibi. Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat , Ingliz tilidan CEFR sertifikatlarini qo'lga kiritgan.

🎉Rahmonova Ruhshonaning   kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram