Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.2K subscribers
12.1K photos
1.24K videos
97 files
3.64K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

💥 Xushvaqtova Iroda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 11-sinfining iqtidorli o'quvchilaridan.  Ona tili, Ingliz tili, adabiyot, , tarix, geografiya, notiqlik san'ati fanlariga qiziqadi. Ijod maktablari o'rtasida o'tkazilgan "Bilim doirasi" intellektual o'yini ishtirokchisi va g'olibi.

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat , Ingliz tilidan CEFR sertifikatlarini qo'lga kiritgan.

🎉Xushvaqtova Irodananing   kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz!


🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida hududdagi maktab maslahatchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida prokuratura sohasi mutaxassislari bilan muloqot
tashkil etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida tibbiy profilaktika tadbiri
o‘tkazildi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati
bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Presidential Excellence Award" loyihasining taqdimoti
o‘tkazildi.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida yillik hisobot konserti dasturi
tashkil etildi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabi jamoasi "Zakovat" klubi professional ligasiga
yo‘llanma oldi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar, Yong‘in xavfsizligi  boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti
o‘tkazildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi Qoraqalpog‘iston yoshlar yetakchilari sammitiga
mezbonlik qildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Oqila” brendiga
asos solindi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida fizika fani bo‘yicha "Amazing race" loyihasi taqdimoti
o‘tkazildi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Yosh kitobxon" tanlovining final bosqichi
boʻlib oʻtdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Biloliddin Ziyovuddinov xalqaro sport turnirida
g‘olib bo‘ldi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Qoraqalpog‘iston faxriylari bilan bo‘lgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida
qatnashdi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida velosport bo‘yicha musobaqa
tashkil etildi.

Abdulla Oripov nomidagi
ijod maktabi, Oqoltin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari chet tillarini bilish darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar yotoqxonasini qurish
ishlari boshlandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Swap Up” kitobxonlik tadbiri
o‘tkazildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish" mavzusida trening darslari
tashkil etildi.

Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Gulyor Ro‘zmetova ICT4 Girls olimpiadasining  respublika bosqichiga
yo‘llanma oldi.

Beshariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qabul jarayonlariga oid muloqot
o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Qay biri to‘g‘ri?
Anonymous Quiz
59%
Xayriyat
41%
Hayriyat
Haqqa etmoq istasang,
Ko'ngillarni qozonmoqchi maslak aylagin,
Buning uchun saroylarda marmar bo'lma,
Bir tuproq bo'lginki,
Bag'ringda gullar yetishsin.

Jaloliddin Rumiy.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#Oltin_voha_radiosi

Ushbu audio Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 2024-2025-o'quv yili uchun qabul jarayoni haqida. 🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining nusxasi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dizayn_tògaragi
#Yozgi_ta'til_tògaraklari

🔰
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 16-sentabrdagi "Ijod maktabi o'quvchilariga zamonaviy va milliy kasb-hunarga yo'naltirishni tashkil etish to'g'risida"gi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Dizayn" to'garagi o'z faoliyatini olib bormoqda.

🧶"Dizayn" to'garagi o'quvchilarning tasviriy san'at va milliy zsmonaviy kasb-hunarlarga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

📲 To'garak rahbari Shukurova Parizoda o'quv yili davomida to'garak a'zolariga planshet orqali animatsion usullar bilan tasviriy san'at va IT sohasida ijod namunalarini yaratishni o'rgatdi. Ayni vaqtda o'quvchilarning qiziqishlari va xohishlariga ko'ra darslar onlayn tarzda o'tkazilmoqda. 

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 4-iyundagi 01-05-923-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2024-yil 29-maydagi 304-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan 16 ta ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida o‘qituvchilar va ishchi xodimlar uchun seminar darsi o‘tkazildi.


🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 12-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol

– Vey, har kuni ov-ku, – dedi kampiri.
– Ana, Bo‘rijarga tushing. Choshgohgacha tomosha ko‘rasiz… Vey, odamlar-e,
ayov nimaligini bilmaydi-ya.

Sh.Xolmirzayev, Ozodlik.


Gapdagi ayov so‘zi qanday ma’noda ishlatilgan?
Fikringizni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin.

Faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep