Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.3K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Kitob insonni yerdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk, mo'jizakor kuchdir. Qolaversa, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, o'z ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib berishga qodir mash’ala hisoblanadi. Zero, kitob irodani toblaydi. Kitobni sevgan inson ham qalban, ham jisman kutubxonaga yaqin boladi. Kitoblar uyi bolmish kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun manaviyat va ma'rifat o'chogi bo'lib kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyatning ajralmas qismi bolgan. Har kim kutubxonaga qadam bosar ekan, bu yer tafakkurning qasri bo'lmish kitoblar uyi ekanligini his qilgan holda kutubxonaning ozodaligiga, o'qilayotgan kitobning yaroqliligiga mas’uliyatli bo'lmogi darkor. Zero, buyuk faylasuf Gersen “Kitobni e'zozlash kerak, kutubxonaga esa ehtirom bilan kirmoq lozim”, deya bejiz aytmagan!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9 “A” sinf o'quvchisi Axmatova Zubayda
Абдулла Орипов шеъри

Йўлим бошлар,
Кетарман бир кун
Сендан йироқ, ўзга томонга.
Уй ёнидан ўтаркан, секин
Кўз ташларсан бўм-бўш маконга.

Балки у кун бу жойда якка
Турган бўлар ўзга бир одам.
Балки у ҳам ётиб тўшакка
Хаёл сурар эҳтимол у дам.

Балки уни ўхшатиб менга
Чақирарсан номимни айтиб.
Ишонмассан балки кўзингга,
Балки сўнгра боқмассан қайтиб.

Ёрилмаган ярадай севги
Унда бизни қийнамас тўлиб.
Кўчаларда ёр эмас энди
Тўқнашамиз бегона бўлиб.

Наҳот биздан қолмас ҳатто мунг,
Наҳот бўлмас бирор хотирот?
Ишонмайман, муҳаббатдан сўнг
Бегоналик бошланса наҳот?!

1964 йил.  А.Орипов. Танланган асарлар - 2000 йил. 53 - бет.
#Kun_hikmati

📚Qoʻlingdan kelmaydigan ishga vaʼda berma,
qoʻlingdan keladigan ishga ham vaʼda berma.
Qoʻlingdan kelmaydigan ishga vaʼda bersang uyatga qolasan,
qoʻlingdan keladigan ishni esa vaʼda bermasdan ham bajarsa boʻlaveradi.

✍️ Oʻtkir Hoshimov ("Daftar hoshiyasidagi bitiklar") asaridan.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi nechinchi yili tashkil etilgan?
Anonymous Quiz
15%
2018
11%
2019
62%
2017
12%
2016
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" studiyalarining to‘rtinchi qabulida mashg‘ulotlar yakunlandi. Toshkent, Nukus, Andijon, Qarshi va Marg‘ilon shaharlaridan kelgan inklyuziv ijod studiyalari o‘quvchilari uchta yo‘nalish bo‘yicha yakuniy ijodiy ishlarini tayyorlab, ularni o‘z mentorlariga, ota-onalariga va do‘stlariga taqdim etdilar. Studiyalarda o‘qish davomida yigit-qizlar professional fotouskunada ishlashni, sahnada chiqish qilishni, kiyim-kechak dizayni ko‘nikmalarini o‘zlashtirdilar.

"Zamin Creative" studiyalariga yangi qabul avgust oyida boshlanadi.

Подошли к концу занятия четвёртого набора в студиях Zamin Creative. Ученики инклюзивных творческих студий из Ташкента, Нукуса, Андижана, Карши и Маргилана подготовили итоговые творческие работы по трём направлениям: дизайн, медиа и театральное искусство и представили их своим менторам, родителям и друзьям. За время обучения в студиях ребята научились работать на профессиональном фотооборудовании, выступать на сцене, овладели навыками фэшн-дизайна.

Новый набор в студии Zamin Creative пройдёт в августе.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_hikmati

📚Isrof qilish saxiylik emas, o'rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas.

✍️Alisher Navoiy

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7 ва 10-sinflarga qabul e'lon qiladi!

❗️Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi.

1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari;
2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi: 

I
- ijodiy matn yaratish;
II - ijodiy suhbat;
III - 50 ta test.
▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test;
▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test;
▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.

📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi.

📞Call-markaz - 1206

☎️Telefonlar:
+99875 221 75 27   
+99875 221 84 32  

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yakuniy_davlat_attestatsiyasi

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 22-apreldagi №40-AF-sonli buyrug'iga asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy attestatsiya imtihonlari joriy yilning 27-mayidan 12-iyuniga qadar o'tkaziladi.   

📚Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchilaridan 2023-2024-o'quv yili bo'yicha ona tili fanidan test imtihoni o'tkazildi.

Imtihon avvalida ijod maktabi rahbariyati tomonidan o'quvchilariga samimiy tilaklar bildirildi.

🔵 Yakuniy davlat imtihonlari davom etadi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🟥🟥🟥🟥

🇺🇿 “Эл-юрт умиди” жамғармасининг очиқ стипендия танловларида иштирок этиш истагида бўлган номзодлар диққатига!

🔣 Ҳурматли номзодлар.
“Эл-юрт умиди” жамғармаси томонидан яқин кунлар ичида 2024 йилги 1-очиқ стипендия танловини эълон қилиш режалаштирилмоқда.

🔣 Жамғарма танловларида иштирок этиш истагида бўлган барча номзодлар учун тавсия: Турли хил каналларда ва консалтинг фирмалар томонидан асоссиз равишда тарқатилаётган хабарларга ишонмасликка ва фақат “Эл-юрт умиди” жамғармасининг расмий веб-сайтида ҳамда каналларида эълон қилинган маълумотлар ва кўрсатмалар асосида иш тутишингизни сўраб қоламиз!

🔣 Жамғарма томонидан 2024 йил учун 1-очиқ стипендия танлови эълон қилингандан сўнг Жамғарманинг ҳужжат топшириш платформаси https://admission.eyuf.uz ишлайди ва ҳозир мазкур платформа актив ҳолда эмас.

🔣 Тўлиқ маълумотларни www.eyuf.uz сайтидан ва Жамғарманинг расмий каналларидан, жумладан, t.iss.one/elyurtumidifoundation телеграм каналидан олишингиз мумкин!

Мурожаат учун телефонлар:
71 203 14 41
71 203 00 47
71 203 00 48
71 203 00 53


🌆 EYUF axborot xizmati

🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube 

🌐 www.eyuf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM