#Ochiq_eshiklar_kuni
📣 DIQQAT E’LON!
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi sizni "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"ga taklif etadi!
⏩ Unda siz ijod maktabi hayoti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:
➖ O‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot;
➖ Ijod maktabidagi ta'lim tizimi va o'qitish metodikasi taqdimoti;
➖Ta'lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
➖Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilgan Ixtisoslashtirilgan to‘garak mashg‘ulotlarida o'quvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi namoyishi;
➖Maktab bo'ylab sayohat qilishingiz ko‘zda tutilgan.
🗓 2024-yil 22,23,24, 28-may kunlari
⏰ 10:00 dan 16:00 gacha
⏩ Manzil: Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi 119-uy
Murojaat uchun : (75) 221-75-26
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7 ва 10-sinflarga qabul e'lon qiladi!
❗️Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi.
1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari;
2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
✅ I - ijodiy matn yaratish;
✅ II - ijodiy suhbat;
✅ III - 50 ta test.
▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test;
▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test;
▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.
📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi.
📞Call-markaz - 1206
☎️Telefonlar:
+99875 221 75 27
+99875 221 84 32

#Yakuniy_davlat_attestatsiyasi
🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 22-apreldagi №40-AF-sonli buyrug'iga asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy attestatsiya imtihonlari joriy yilning 27-mayidan 12-iyuniga qadar o'tkaziladi.
📚Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilaridan 2023-2024 o'quv yili bo'yicha ona tili fanidan test imtihoni o'tkazildi.
✅ Imtihon avvalida ijod maktabi rahbariyati tomonidan o'quvchilariga samimiy tilaklar bildirildi.
🔵 Yakuniy davlat imtihonlari davom etadi.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#yakuniy_davlat_attestatsiyalari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️Agentlik tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida 9- va 11-sinf oʻquvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi.
Jarayonlar boshlanishidan oldin masʼullar tomonidan oʻquvchilarga imtihon tartibi, amal qilinishi lozim boʻlgan qoidalar batafsil tushuntirib berildi.
Ushbu yakuniy attestatsiya imtihonlari joriy yilning 27-mayidan 15-iyuniga qadar oʻtkaziladi.
Jarayondan fotosuratlar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
💥 Axmedov Abror Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 10-sinfning iqtidorli o'quvchilaridan. Tarix, adabiyot, xalqaro tillar, huquqshunoslik, matematika fanlaridan alohida yutuqlarga erishgan. "Zakovat" klubi maktab jamoasi aʼzosi. Tarix fanidan o'tkazilgan fan olimpiadasi viloyat bosqichida 1-oʻrinni egallagan.
"Zakovat" stipendianti.
🇬🇧 Abror IELTS dan 7 ballik natija ko'rsatdi.Shuningdek, Abror tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan ham milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan!
🎉Axmedov Abrorning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
💥 Axmedov Abror Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 10-sinfning iqtidorli o'quvchilaridan. Tarix, adabiyot, xalqaro tillar, huquqshunoslik, matematika fanlaridan alohida yutuqlarga erishgan. "Zakovat" klubi maktab jamoasi aʼzosi. Tarix fanidan o'tkazilgan fan olimpiadasi viloyat bosqichida 1-oʻrinni egallagan.
"Zakovat" stipendianti.
🇬🇧 Abror IELTS dan 7 ballik natija ko'rsatdi.Shuningdek, Abror tarix, ona tili va adabiyot fanlaridan ham milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan!
🎉Axmedov Abrorning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tanlov_ĝoliblari
Kutubxonaga hurmat – kitobdan boshlanadi
Kutubxona – bu goyalar maskani. Unga hammani taklif qilish mumkin.
A.Gersen.
Xonada sukunat hokimlik qilmoqda. Burni singan va sochlari to'zgigan bola labi shilingan, qovoqlari ko'kargan bola bilan maktab direktori qarshisida bosh egib otiribdi. Sukunatni yaqin besh daqiqada ovozi o'chgan bir ayol buzdi:
-Odil Yoqubovich, bu bolaga zudlik bilan chora ko'rilmasa maktab obro'yiga putur yetadi!
-Axir, Shohruxning o'zi boshladi-ku urushni, - deya oraga kirdi burni singan Olimjon.
-Kattalarning gapiga aralashma, tarbiyasiz, tirrancha! – zarda bilan gapirdi haligi ayol.
Yon tomondagi kursida uyqusizlikdan ko'zlari shishgan ayol mung'ayib o'tiribdi. Bu ayol Sojida opa bo'lib shu maktabning kutubxonachisi. Olimjon - Sojida opaning kenja o'g'li. To'rt og'ilni boqish rahmatli eri o'tganidan song yolg'iz o'ziga qoldi. Oylik maoshi urvoq ham bo'lmay qoldi. Boshqa bir korxonada farrosh bo'lib ishlashga majbur boldi. Har kuni tong saharda borib korxonani tozalaydi. So'ng uyga kelib o'g'illariga nonushta taxlab soat sakkizda maktabga ketadi. Maktabda ish vaqti tugagach , o'g'li Olimjonning darsdan chiqishini kutadi. Ungacha har xil kitoblarni o'qib turadi. Olimjon darsdan chiqqach, birgalashib korxonaga borishadi. Olimjon oyisiga suv tashib beradi. Yakshanba kunlari Sojida opa tikuvchilik qiladi. Xudoga shukrkim, o'g'illari aqlli, ikkita tong'ich o'g'li universitetda o'qiydi, ikkita kenjasi maktabda. Eng aqllisi – Olimjon. Lekin nima bo'ldi-yu, bugun direktor yonida Sojida opaning yuzini yer qildi. Aslida, voqea bunday bo'lgandi.
Maktabda 9-sinflar ortasida eng kitobxon va a’lochi oquvchi – bu Olimjon. Kopchilikning unga havasi kelganidek , hasad qilganlar ham kam emasdi. Har narsani pul bilan o'lchaydigan Shohrux va uning onasi Barno opa o'g'lini Olimjondan ustun qo'yadi. Bir kuni maktabda “Yosh kitobxon” tanlovining maktab bosqichi bo'ldi. Unda Olimjon g'olib bo'lganini eshitgan Barno opa o'g'li Shohruxga o'shqirdi:
- Bu xabar bilan otangning ko'ziga qanday qaramoqchisan!?
Shohrux indamay xonasiga kirib ketdi. Endi Shohrux qachon kelgusi tanlovda birinchi orinni olmagunicha jazoda boladi. Bu jazo nafaqat Shohruxga, balki, Olimjonga ham qiyin bo'ldi. Chunki shundan so'ng Shohruxni Olimjonga nisbatan nafrati oshdi. Bir kuni tanaffus vaqtida Shohrux bir to'p bolalar bilan kelib Olimjonni masxara qildi. Onasi farrosh bo'lib ishlashini yuziga solib, nafsoniyatiga tegdi. Olimjon har qancha aqlli bolmasin, har qanday gapga chidamasin, ammo onasini haqoratlashlariga qarab tura olmadi va Shohruxga bir musht tushirdi. Shoxruxga esa aynan shu kerak edi. Va shunday bo'lib orada katta janjal chiqib, direktor yonida otirishibdi. Shu yerda ham Shoxruxning onasi Barno opa hech kimga gap bermay shangillayapti. Hayriyatki, direktor Odil Yoqubovich Olimjonning xulqini inobatga olib, Barno opaning yonida uni “kechirdi”. Aslida-ku, direktor bo'lgan voqeani to'lig'icha biladi, ammo Barno opaning chakagini yopish uchun yuzaki bolsa ham aybni Olimjonga tonkash kerakligini anglab yetgandi. Bu adolatsizlikdan so'ng Olimjon kitobga ro'ju qo'ydi. Avvalgidanda shiddat bilan o'qirdi. Kutubxonadagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning “Bugun kitob o'qigan bitta bola ertaga televizor ko'rgan o'nta bolani boshqaradi.” degan gaplari Olimjonga dalda bolar va u shu gaplarni ozining hayotiga dasturilamal qilib oldi. Maktabda yana bir “Yosh akademik” tanlovi e'lon qilindi. Bu tanlovda Shohrux g'olib bo'lishiga ishonardi. Lekin tayyorgarliksiz, o'z ustida qo'shimcha ishlamasdan g'olib bo'lish qiyin. Yana Olimjondan-da bilimli bolish kerak. Tanlov ham otdi. Unda yana Olimjon g'olib bo'ldi. Eng achinarlisi, Shohrux hattoki ikkinchi yoki uchinchi o'rinlarni ham egallay olmadi. Buni eshitgan Barno opaning fig'oni falakka chiqdi. To'gri, Barno opa boy-badavlat va har bir narsani pul bilan o'lchasa ham yakka-yu yolg'iz ogli Shohruxning oqishiga befarq emasdi. Barno opa Shohruxni qattiq urushdi.

-Qayerdagi bir qalangi-qasang'i tufayli meni urushyapsiz, oyi! , - dedi Shoxrux zarda bilan.
Endi u Barno opadan xafa bo'lgandi. Oyisining unga yosh boladek muomala qilishi uning jig'iga tegardi. Ertalab nonushta qilmas, kechqurun ham "qornim toq" deya yotog'iga kirib ketardi. U juda ham o'zgarib qolgandi. Onasi, sinfdoshlari va hattoki Olimjon ham undan xavotir ola boshladi. Bir kuni Olimjon unga - Yur, kutubxonaga boramiz, - dedi – O'sha yerda senga bitta zor narsa beraman. Shohrux shu paytgacha Olimjonga bo'lgan nafrati tufayli aqalli bir marta ham kutubxonaga bormagandi. Chunki u yerda Olimjonning onasi Sojida opa ishlar edi. Hozir esa Olimjonning bunday deyishi unga biroz shubha uyg'otdi.
Mana o'quv yili ham tugab, a’lochi o'quvchilar "Faxriy yorliq" bilan taqdirlanayotganda Olimjon qatori Shohrux ham sahnaga chiqdi. Uning "Faxriy yorliq"olayotganidan onasi xursand, ammo Shohruxning ginasi hali ham ketmagandi. Faollar zalidan chiqishayotganda Olimjon Shohruxni to'xtatib qoldi va ikkita kitob uzatdi. Biri “Dunyoning ishlari” va ikkinchisi “Mungli ko'zlar” kitobi edi. Aslidaku, Shohrux bu kitoblarni olmoqchi emas edi, lekin qandaydir bir ichki kuch uni kitoblarni olishga majbur etardi. Shohrux bu kitoblarni bir hafta ichida qayta va qayta o'qidi. U o'zini goyoki kitoblar sehrlab qo'ygandek sezardi. Song yana kitob o'qigisi keldi. Ammo u maktab kutubxonasiga borishga uyaldi, aniqrog'i, g'ururi yo'l qo'ymadi. Axir, u yerda Sojida opa borda! Shuning uchun u shahar kutubxonasiga bordi. Lekin baxtga qarshi u yer qayta ta’mirlanayotgan ekan. Yurib-yurib maktab yoniga qanday kelib qolganini sezmay qoldi. "Darrov kitob olaman-u keyin ketaman” degan o'y bilan kutubxonaga kirdi. Kirishi bilan Olimjonga duch keldi. Keyin burchakda gullar bargini artayotgan Sojida opani ham ko'rdi. Sojida opa Shohruxni ochiq chehra bilan kutib oldi.
- Me-men kitoblarni Olimga berishga k-kelgandim, - dedi duduqlanib va nima deyishini bilmay.
- Ey, ortoq ular senga sovga edi, kitoblarning birinchi sahifasida yozilganlarni o'qimadingmi?
- Yoq.
- Eh, mayli, kel,men senga o'zim o'qigan kitoblardan eng qiziqarlilarini tanlab beraman.
- Mayli.
Olimjon kitoblar tartib bilan terilgan javonlar oralab ketdi.
- Mana bu Gafur Gulomning “Shum bola”si, mana bu Xudoyberdi Toxtaboyevning Hoshimjoni, - dedi
va “Sariq devni minib” va “Shum bola” asarlarini Shohruxga tutqazdi. Keyin yana bir kitob Oybekning “Navoiy” asarini ham Shohruxga berdi.
- Senga eng nodir asarlarni tanlab berdim, - dedi Olimjon va oyisiga ogirilib – Oyijon, Shohruxga shu kitoblarni berasiz-a?
- Ha, albatta! Lekin oldin Shoxruxga kitobxonlik varaqasini ochamiz, - dedi jilmayib.
Keyin bir bosh varaqa olib unga malumotlar yoza boshladi va oxirida varaqa bilan ruchkani Shoxhux tomon surib imzo qoy dedi. Shohrux imzo qoydi va ming bir uyat bilan rahmat deb kitoblarni olib ketdi. Endi Shohrux doim kutubxonaga kelar va Olimjon ham unga kitob tanlashda yordam berishdan charchamasdi. Shohrux butun ta’til davomida kitoblar olamida boldi. U goh Otabek bolib Kumushini oylar, goh Navoiy bolib dillarni erituvchi gazallar yozar, goh Amir Temur bolib janglarda golib bolardi. Ayniqsa, Pirimqul Qodirovning dialogiyasi - “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni”ni oqiganida Boburga rosa achingandi. Va ba’zan Humoyundan kora Akbarshohning xislatlari Boburga oxshagan deya mulohaza qilardi. Avvallari kutubxonadan umuman yiroqda bolgan Shohruxning hozir oz sevimli adibi ham bor. Bu – Abdulla Qahhor. Uning har bir hikoyasi Shohruxni oylashga majbur etar, necha kunlar davomida hayolini egallab olardi.
Shohrux hattoki biror narsadan ezilsa ham shu maktabning mojazgina kutubxonasiga borardi. Endi Shohrux har qanday boylikdan kitob, har qanday hashamatli qasrdan kutubxona qimmatliroq ekanini anglab yetgandi.
Yangi oquv yili boshlanib, kutubxonaga kelgan har bir oquvchi osha kalondimog Shohruxning rasmi Olimjondan ham oldinda kitobxonlar peshtaxtasida turganidan hayron edi…