Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.22K subscribers
12K photos
1.24K videos
96 files
3.63K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Turon_yoʻlbarslari

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 5-fevraldagi 12-AF sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “
Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa maktabda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o'qitishining sifatini oshirish, shu orqali o‘quvchi-yoshlarda harbiy xizmat, uni o'tashning huquqiy asoslariga oid bilimlar va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ong-u shuuriga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida tashkil etildi.


✔️Musobaqa nizom talablari asosida hakamlar hay'ati - Janubi-G‘arbiy harbiy okrugi faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik Sharif Madiyev, viloyat faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik G‘ayrat Umrqulov, jamoat kengashi yetakchi mutaxassisi, mayor O‘ktam Shoymardonov, Milliy gvardiya boshqarmasi guruh komadiri, katta leytenant Bahodir Tojiyev hamda ijod maktabi chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedovlar tomonidan baholab borildi.

Ishtirokchilar safda yurish va saf elementlarini bajarish, saf qo‘shig‘ini ijro etish; "AK- 74" avtomatini yoyish va yig‘ish; “Mohir mergan” (10 metr masofadan otish); kamondan o‘q otish; birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish; 30 metr masofaga arqondan o‘tish; umumqo‘shin himoya vositalarini kiyish; turnikda tortinish; “Temur tuzuklari” bilimdoni (savol -javob) shartlari asosida bellashdilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Turon_yoʻlbarslari

🔰"Qashqadaryo TV"da Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 5-fevraldagi 12-AF sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o'tkazilgan “
Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichi yoritildi.

Musobaqa ishtirokchilari, ijod maktabi o'quvchilari - E'zozbek Cho'liyev va Lobar Musulmonovalar intervyu berib, musobaqa ularda katta taassurot qoldirgani, hakamlar ular yo'l qo'ygan ayrim xato va kamchiliklarni ko'rsatib berishgani, musobaqaning respublika bosqichiga bundan-da puxta hamda jiddiy tayyorgarlik ko'rishlarini ta'kidlashdi.


📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_yoʻlbarslari
#Agentlik_bosqichi

⚡️IJOD MAKTABLARI OʻRTASIDA "TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING AGENTLIK BOSQICHI OʻTKAZILADI

Joriy yilning 2-3-may kunlari ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Agentlik bosqichi Sirdaryo viloyatida joylashgan 532-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida boʻlib oʻtadi.

Mazkur musobaqa ijod maktablarida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qitilishining sifatini oshirish, o‘quvchilarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ong-u shuuriga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish kabi maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Agentlik bosqichida ijod maktablaridan saralangan 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashadi.

Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi ishtirokchilari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#birinchi_kun

⚡️ "TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING AGENTLIK BOSQICHI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlaridan saralangan 9 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashadi.

Ishtirokchilar uchun “Harbiy qismda bir kun”, “Gulxan atrofida ijodiy kecha”, “Uch avlod uchrashuvi”, Guliston shahri boʻylab, shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga sayohat tadbirlari ham rejalashtirilgan.

Ertaga, “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining yopilish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#Sirdaryo_viloyati

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari о‘quvсhilаrining “Vatan tayanchi” a’zolari o‘rtasida “Тurоn yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichiga start berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Buxoro
#Turon_yoʻlbarslari

🤩 Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni ijrosi doirasida Respublikamiz boʻylab Agentlik tizimidagi maktablar oʻrtasida “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, Sirdaryo, Namangan, Toshkent, Andijon, Samarqand, Jizzax hamda Fargʻona viloyatlarida mazkur harbiy-sport musobaqaning hududiy bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi. Boshqa hududlar boʻyicha ham musobaqa davom etmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarda ta’lim sifatini oʻrganish doirasida Buxoro shahridagi Prezident maktabida ham boʻlib, bu yerda “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo oʻquvchilarning “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi hududiy bosqichiga tayyorgarlik holati, harbiy-vatanparvarlik, milliy davlatchiligimiz tarixiga oid  bilim va ko‘nikmalarini tekshirdi.

Agentlik direktori ChQBT xonasida yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, Prezident maktabida oʻgʻil-qizlarning Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kuchaytirishga qaratilgan hamda harbiy xizmatga tayyorgarlik bosqichini oʻtashga yo‘naltirilgan o‘quv-amaliy mashgʻulotlarni yaqindan kuzatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_yoʻlbarslari
#Qashqadaryo_viloyati
#Navoiy_viloyati

🤩 Agentlikning Qashqadaryo va Navoiy viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra,

📍QASHQADARYO VILOYATI:

🥇Nishon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Shunqorlar" jamoasi
1-oʻrin;

🥈Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining "Turon" jamoasi 2-oʻrin;

🥉Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Janub qalqonlari" jamoasi 3-oʻrinni qo’lga kiritdi.

📍NAVOIY VILOYATI:

🥇
Navoiy shahridagi Prezident maktabining “Jasorat burgutlari” jamoasi 1-oʻrin;

🥈Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Barlos” jamoasi 2-oʻrin;

🥉Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Sohibqiron” jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM