3-renessans.apk
15.3 MB
#Tanlovga
🔰Avval xabar berganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" g'oyasi asosida yoshlarda Vatan va millat taqdiriga mas'ullik hissini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" mavzusida loyihalar tanlovi e'lon qilingandi.
📲 Quyida 8-sinf o'quvchisi Elmurudov Mirali tomonidan tayyorlangan mobil ilova bilan tanishishingiz mumkin.
🖥 Ushbu havola esa kompyuter variant uchun: https://3-renessans-yoshlar-nigohida.netlify.app/
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" g'oyasi asosida yoshlarda Vatan va millat taqdiriga mas'ullik hissini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" mavzusida loyihalar tanlovi e'lon qilingandi.
🖥 Quyidagi havola orqali 8-sinf o'quvchisi Ernazarov Sherbek tomonidan tayyorlangan veb-sayt bilan tanishishingiz mumkin:
https://uchunchi-renessans-yoshlar-nigohida.netlify.app/

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida o'quvchilar ongida mustaqillikka sadoqat, zamonaviy tafakkur tarzi va yangiliklarga intilish tuyg'ularini kuchaytirish maqsadida "Jadidchilik - yangi uyg'onish asosi" mavzusida milliy mustaqillik hamda ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan jadidlar merosini keng o'rganish yo'lida "Yangi avlod jadidlari" elektron platformasi mobil ilovasini yaratish bo'yicha tanlov e'lon qilingandi.
🖥 Quyidagi havola orqali 10-sinf o'quvchisi Sa'dullayev Sarvar tomonidan tayyorlangan veb-sayt bilan tanishishingiz mumkin:
https://yangi-avlod-jadidlari.netlify.app/

Yangi avod jadidlari.html
17.4 MB

🖥 Quyidagi havola orqali 8-sinf o'quvchisi Ismatullayev Eldurbek tomonidan tayyorlangan mobil ilova bilan tanishishingiz mumkin.

Yangi avlod jadidlari.html
9.5 MB

🖥 Quyidagi havola orqali 7-sinf o'quvchisi Oybekova Shirin tomonidan tayyorlangan mobil ilova bilan tanishishingiz mumkin.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
🔰Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi taniqli shoir Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Vafo kuychisi” mavzusida Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilgandi.
📚 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova tanlovda ishtirok etib, Zulfiya qalamiga mansub she'rni yod aytdi.

📚 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Hamrayeva Munavvar tanlovda ishtirok etib, Zulfiya qalamiga mansub she'rni yod aytdi.

📚Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Abdurashidova Madinabonu tanlovda ishtirok etib, Zulfiya qalamiga mansub she'rni yod aytdi.

#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
O‘ZBEK
O‘zbekka o‘xshatish topmoq muammo,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek.
Qiyosi yo‘q uning mehri bir daryo,
Dunyoda bolam deb yashaydi o‘zbek.
Muhammad Yusuf
Kuylagi yirtilsa yamab avaylab,
Yangi kiyim olib kiymas ataylab.
Bozordan eng shohi libosni tanlab,
Ol, kiygil, bolam, deb yashaydi o‘zbek.
Tunlari og‘riqdan qiynalganda ham,
G‘iybatlardan qalbi tirnalganda ham,
Hatto biror dardga chalinganda ham,
Allohga shukur deb yashaydi o‘zbek.
Qo‘lidan tushmaydi aslo ketmoni,
Dalada rizq terib o‘tar har oni,
Mo‘l hosil bersa gar bug‘doyi, doni,
Eng baxtli insondek quvnaydi o‘zbek.
Egnidan qo‘ymaydi eski choponin,
Sanab bo‘lmas qilgan mehnatin sonin,
Har doim sog‘ bo‘lsa shu issiq joni,
Kunni kunga ulab yashaydi o‘zbek.
Quyoshdan ertaroq turar ertalab,
Bolasin bag‘riga bosar erkalab,
Faqat mehrtalab, faqat kuytalab,
Allohga iltijo qiladi o‘zbek.
Orzu qilsa, qilar faqat Makkani,
Tavof qilsam deydi ulug‘ Ka’bani,
Tilidan qo‘ymaydi aslo tavbani,
“Qur’on”lar, “Hadis”lar yodlaydi o‘zbek.
Yov kelsa yurtiga, jon fido qilar,
Vatanni sevmoqni imtihon bilar,
O‘lsa ham birgina shu yurtda o‘lar,
Vatanim, yurtim deb yashaydi o‘zbek.
Dasturxoni to‘kis tursa to‘y qilib,
Farzandi baxtidan ko‘zlari kulib,
Yashasin doimo shodlikka to‘lib,
Har doim bolam deb yashaydi o‘zbek.
O‘xshashin topdingmi satrlar terib,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek.
Bir olam o‘zgacha ilhomlar berib,
Ol, yozgin, bolam deb yashaydi o‘zbek.
Esonova Zemfira
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi.

#Ijodiy_tògarak_faoliyati
El shonini kuylagan shoir
(Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlanadi)
O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o’zining qisqa, ammo mazmundor umri va ijodiy faoliyati davomida boy adabiy meros qoldirdi.Vatan ozodligi, xalq baxti,yurtning nurafshon kelajagini yonib kuylagan iste’dodli shoirning asarlari millat e’tirofiga sazovor bo’ldi va qalblardan chuqur joy oldi.Uning har bir she’ridan shoirning chin inson va jo’shqin ijodkor sifatidagi yorqin siymosi, qalb kechinmalari, hayotga va odamlarga o’zgacha mehri haqida yaxlit tasavvur hosil bo’lishi aniq.Bilasizmi,so’z bilan ko’ngil tubiga kirish mumkin. So’z bilan toshbag’irlarni eritish mumkin. Ammo, bu oson bo’lmaydi. Muhammad Yusuf esa o’z so’zi bilan xalqimiz yuragidan joy olgan, so’zi bilan haq gapni aytolgan ijodkor edi. Uning barcha she’rlari allaqachon muxlislarga yod bo’lib ketgan, ohanglarga solib qo’shiq qilib aytilgan bo’lsa hamki o’z jozibasini yo’qotgani yo’q. Chunki uning bitgan barcha satrlari o’zining xalqona ruhi, sodda va samimiyligi, ohanglarining sermazmun va ravonligi bilan ajralib turadi. Bunday shaffoflik, samimiylik o’quvchini o’ziga rom qiladi, tafakkur va tasavvur, xayol va hayrat olamiga yetaklaydi.
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog’ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo’llariga aso-bir tayoq tushsin.
Iymoni sog’,yuzga kirib yorug’ yuz,
To’ylar ko’rib yelkasidan tog’ tushsin.
Va jismiga so’nggi safar oldidan
O’z o’g’lining qo’lidan tuproq tushsin.
Ushbu she’rda shoir yangi g’oya yaratdi desak noto’g’ri bo’lmaydi.Chunki, bu she’r yozilishidan avval samimiy kishilarning bari har bir insonga chin ko’ngildan “doimo yasharib yuring, sochingizga oq oralamasin asnosidagi iliq tilaklar bildirishgan. Biroq Muhammad Yusuf bu sherida bu tilaklarning asl ma'nosini qoldirib, so'zlarning qarama-qarshisiga o'zgartirgan. Biz onajonimizga dil izhori sifatida aytadigan “sochingizga oq oralamasin” gapida bu so'zlar “doimo yasharib yuring”, “uzoq umr koring” ma'nolarini anglatadi. “Tilak” nomli she'ridagi “har kimning ham sochlariga oq tushsin” misrasida ham u “ har kim yoshini yashasin”, “uzoq umr korib, keksalik davronini sursin” ma'nosini ifodalaydi. Ushbu sh'er yarim tunda Yahyo Tog'aning uyqusirab aytgan “Har kimning ham sochlariga oq tushsin” misrasi sabab bolib dunyoga keladi.
O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad Muhammad Yusuf haqida shunday deydi: “Muhammad Yusuf pokiza inson edi. U odamlarni o'ylatgan, kuldirgan, yig'latgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi. U hammani o'ziga do'st deb bilardi. Hech kimni begona qilmasdi. Qo'lida borini do'stlariga tarqatmagunicha, cho'ntagi bo'shab qolmagunicha ko'ngli to'lmasdi. Muhammad Yusuf tez og'izga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo'lmagan. Ochig'ini aytsam, Muhammadga ko'z tegdi Aslini olganda, asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o'lmas meros qoldirdi. Muhammad muxlislarining yuragini o'rtab ketdi. Endi shoirning o'zi yoq. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she'riyat bor! Bu she'riyat aslo zavol bilmaydi”.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Omonova Madina
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Bevafo ko'p ekan” Muhammad Yusuf ,“O'zbekiston” 2018-yil.
2. “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” Muhammad Yusuf, “DAVR PRESS” 2019-yil nashri.

✅ Ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Cho'liyev E'zozbek tomonidan tayyorlangan videorolik.
O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Do'ppi"she'ri.

NAZIRA(Muhammad Yusufning "Baxtli bo'lamiz"she'riga)
Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.
Baxt tonggi ufurgan o'sha kechada,
Izlab topganimsan mening yagonam.
Loladek qizargan bul yanoqlarga,
Umrim suratlarin chizdim hoyna hoy.
Buloqlar aytishdi mayin kulishing,
Davo bo'lgan emish xasta chinorga.
Ko'rsam suyunaman o'sha chinordek,
Nasib qilarmikan bu ko'zlar menga.
Faqat sen yig'lama,charaqlab kulgin,
Quvonching borliqqa baxt hadya qilsin.
Gar sog'inch vidosi ezsada meni,
Qalbimning bahori sen bilan qolsin.
Sezyapman,olisdan kulyapti shafaq,
Bu taqdir bo'lmasa ko'risharmidik?
Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar.

IYMON QO‘SHIG‘I
"Umrning har kuni bayrammas, to'ymas,
O'char oqshomi bor oldinda chiroq.
Ko'ylagingga qarab jannatga qo'ymas,
Ajrim bo'lar bir kun savob-u gunoh.
Cho'yan doshqozonga shayton o't qalar,
Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".
Muhammad Yusuf
Dunyoda yashading, ayshingni surding,
Barcha lazzatlarni totib ham ko‘rding.
Nogoh sur chalindi - hayoting bitdi,
So‘ngra Mahshar tomon ko‘zyosh-la yurding.
Endi na ko‘zyosh-u armon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".
Misqoldek bir soya izlaysan bugun,
Savobdan soyabon istaysan bugun.
Onang o‘tirardi kutgancha seni,
Bir torgina ayvon istaysan bugun.
Lek na soyabon-u ayvon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".
Uyingda osilgan yap-yangi Qur'on,
Joynamoz turibdi: sajda ko‘rmagan.
Jilovni topshirding nafsinga butkul,
Yelkangda o‘tirar bahaybat shayton.
Endi na dunyo-yu zamon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".
Gadoni tepding-u yalinding boyga,
O‘ynamoq ham bo‘lding o‘lim-la poyga.
Bugun na mol-dunyo, tillolaring bor,
Kelib qolding boylik o‘lchanmas joyga.
Endi na iltijo, afg‘on qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov

#Yosh_tarjimon_tògaragi
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Najimova Nozima va Eshmurodova Sevinch O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning "Iqror" she'rini o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi
IQROR
O, ota makonim,
Onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston, jonim toʻshay soyangga.
Senday mehribon yoʻq,
Seningdek koʻrkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir goʻsha suv boʻlsa, bir goʻsha qirlar,
Qancha yurtni koʻrdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Togʻlaring ortimdan ergashib yurar.
Koʻrdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men —
Parijning eng goʻzal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga koʻnayin,
Na til bilayin,
Koʻzdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sogʻinsam nima qilayin,
Chala qolar boʻldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulugʻim oʻzing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tugʻilgan qoʻzing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan oʻtgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman taʼzim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
CONFESSION
Oh, my father’s birthplace,
My lovely motherland.
Let me lay my soul on your shade,
Uzbekistan, you’re the kindest,
You’re so great.
For Rome – your clover-field -
I cannot trade.
There is water, there is a corner of hills,
How many countries have I seen, how many destinies.
I lean on it wherever I go, keeping my head up,
Your mountains follow me.
I met the most adorable white hands.
It seems I am trusting or self-lover
-Since for me the best Paris restaurants
Before your tandoor are out of favor.
I’m stubborn, I can’t speak a foreign language,
I don’t sleep and comfort leaves my mind
-What to do in three days if I miss you?
Will remain unfinished all ride.
I perceive that you are my most sublime,
I accept this soil the closest stop.
A lamb that’s born in Bakhmal in springtime
To me is better than the Arabian antelope.
Each day I spend with you is a big fete,
Without you I’m scared, I’m full of worry.
I welcome those who know you and respect.
For those who don’t know you I feel sorry.

🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilshod Mamatov tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.
📚D.Mamatov videorolikda shoir Muhammad Yusufning "Iftixor"she'rini ifodali tarzda oʻqigan.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilshod Mamatov tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.
📚D.Mamatov videorolikda shoir Muhammad Yusufning "Iftixor"she'rini ifodali tarzda oʻqigan.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi Zarnigor Avlaqulova tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.
📚Oʻquvchimiz videorolikda shoir Muhammad Yusufning "Inshaalloh" she'rini ifodali tarzda oʻqishgan.

#Eng_uluĝ_eng_aziz
#Ijodiy_tògarak
✅Ijodiy tanlov ishtirokchisi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva
BAHORNI KUTIB…
Bobomdan qolgan bog‘imiz bo‘lardi… Zerikkan paytlarim boqqa chiqib aylanardim. Mana, bugun ham darsdan toliqib keldim va charchog‘imni bosish uchun o‘zimni boqqa urdim. Sim to‘siqdan shundoqqina ko‘rinib turgan qo‘shni bog‘da qo‘shnimiz gullarni parvarish qilayotgandi. U negadir ko‘zimga har doim maxzun ko‘rinardi. Qo‘shni ayol ishga shunchalik berilib ketgan ediki, so‘rashib o‘tay “Meni ko‘rib sal kayfiyati ko‘tarilar” deya yonlariga bordim. So‘rashgandan so‘ng u kishiga “hali bahor kelmadi, siz uni intizorlik bilan kutarkansiz-a?” deya kulimsirab gapirdim. Qo‘shnimiz biroz sukut saqlab, gapira ketdilar: “Ayol uchun farzand sog‘inchi og‘ir ekan. Agar u qiz bola bo‘lsa, judayam qiyin. O‘g‘lim o‘qishga ketib bir oyda bir kelsa-da, qizim o‘n kungina sayohatga ketganida uni sog‘inib qolardim. Yigit kishi har yerda ham o‘zini eplay oladi. Lekin qiz bola suv, suvga tegsang loyqalanadi, qoladi. Uni eplash ham qiyin. Qiz bolaning joni qirqta bo‘lsa ham, Alloh bir marotaba yashash imkonini berar ekan. 2000-yilning yoz oylari. O‘g‘limni tug‘ilgan kunini nishonladik. Ertasiga qizalog‘imni tobi qochdi. Ko‘p yo‘talib o‘pkasini uzolmay qoldi, shifokorga olib bordim. Avvaliga oddiy shamollash deyishdi. Keyinchalik ahvoli og‘irlashdi, yurishga ham qiynalib qoldi. Ancha kunlik tekshiruvlardan so‘ng saratonligi aniqlandi. Qizimga aytmadik. O‘sha kundan boshlab ko‘nglimga g‘ulg‘ula tushdi. Atigi olti oy umri qolgan edi. Buni undan yashirdik, lekin bizning horg‘in yurganimizni ko‘rib o‘zi aytib qoldi: “Bilaman, men o‘laman. O‘lsam ham bahorni ko‘rib o‘lsam bo‘ldi”,- dedi va o‘g‘limni yoniga borib “aka, o‘qishdan qaytguningizcha bahorni olib keling, men uni kutib turaman”,- dedi ko‘z yoshlarini yashirolmay. Oradan olti oy o‘tdi. Bahorgacha bir oylar qolgandi. Taqdir o‘yinini qarangki, qizalog‘im bu yorug‘ dunyoni tark etdi. O‘zimga kelishim qiyin bo‘ldi. Shu bog‘ga chiqib o‘zimni chalg‘itadigan bo‘ldim. Gohida osmondan uchib o‘tgan qaldirg‘ochlardan bahorni so‘rayman, nega bahorni ertachiroq olib kelmaganini aytib armon qilaman. Agar bahor tezroq kelganida qizalog‘im uni ko‘rib, o‘n ikki bahorni nishonlab ketarmidi, deya o‘ylab qolaman. Bahorni nafaqat o‘limidan oldin, balki har yili ko‘zlari to rt bo‘lib kutardi. Bog‘dagi bu manzaralardan nima uchun qizim bahorni kutib yashaganini bildim. Bahor sizning qalbingizga ezgulik urug‘larini sepib sizga kayfiyat ulasharkan. To‘g‘ri men ham bahorni kutib yashayman. Lekin mening qizalog‘im uni chin qalbidan kutardi. Agar hozir hayot bo‘lganida, o‘n sakkiz bahorini nishonlardi”-deya ko‘zlaridagi yoshni artdilar. Yaralarini yangilaganim uchun uzr so‘radim va uyga kirdim. O‘ylab qarasam, men bahorni u kishichalik kutmas ekanman. Men bahorni shunchaki daraxt shoxlarini sindirib dovchalarni terib yeyish, sho‘xliklar qilish uchun kutar ekanman…

NAVOIY G’AZALIGA MUXAMMAS
Ko’rgali husningni zoru mubtalo bo’ldum sanga
Ne balolig’ kun edikim oshno bo’ldum sanga.
Dedi ko’nglum g’am xazonin zohir etgin endi bas,
Vahki kun-kundin battarrak mubtalo bo’ldum sanga.
Vafo kutdim sendin ammo jong’a ozor aylading,
Gulshaningda telbadek har yon sabo bo’ldum sanga.
La’ling o’tki, anga ko’ngul mijmar kibi bu sifat,
Fig’on chekib ishqing aro ham shaydo bo’ldum sanga.
Ey malak, mendin ayirma parishon bul zulfingni,
Andoqki qadding shavqidin bir balo bo’ldum sanga.
Emdi firoq tog’idin topgilki manim hokimni,
Yana ul tog’ cho’qqisinda jon fido bo’ldum sanga.
Ey Navoiy, Majnun kibi cho’l-biyobon istasang,
Ishq ahlig’a eltguvchi bir Karbalo bo’ldum sanga.
✍️GULSEVAR UMRZOQOVA,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o’quvchisi

#tanlovga
#boburiftixorim
Bobur g'azaliga muxammas
Bir yonoqda oy charog'on ko'rinur,
Bir yonoqda quyosh hayron ko'rinur,
Oldida ming sha'ni komron ko'rinur,
Yuzida ul kabi xandon ko'rinur,
Sutga ko'p boqsa, bale, qon ko'rinur.
Mohi tobon kular oning ko'ziga,
Tomadir bol harki aytgan so'ziga,
G'uncha shoddir qavs kabi og'uzida,
Hatti mushkinmu durur gul yuzida,
Yo suman ustida rayhon ko'rinur.
Bizda ne dard-u, sanam g'ami o'zga,
Lola yanglig' go'zal olami o'zga,
Oldimizdan o'tar xiromi o'zga,
Ko'rmagay xotirini jami o'zga,
Kimda ul zulf parishon ko'rinur.
Shul sanam qaddimnikim "dol" aylabdur,
Barcha junun ahlini lol aylabdur,
Bizga bir boqishni malol aylabdur,
Ishqin el ne xayol aylabdur,
Asru mushkul, g'urur oson ko'rinur.
Ko'zdan oqar o'tli naming, ey Bobur,
Kim tushunardi alaming, ey Bobur,
Oshiq qo'lida qalaming, ey Bobur,
Sarv bo'yluq sanaming, ey Bobur,
Rost aytay, so'zi yolg'on ko'rinur.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.