Forwarded from Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби (Y.Kamalovna)
#Dushanba_adabiyot_kuni
#Òquvchilar_ijodidan
JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT
Dunyoda kimlar ko'p, yaxshiyu - yomon,
Jaholatga qarshi ma'rifat har on.
Seni o'z qa'riga tortsa jaholat
Undan qoch, aqlingni ishlat ,ey inson!
«Jaholat bu nedur?» der, g'arib birov,
Dedim men: «Bu illat, berar ko'p sinov,
Aslo ishonma sen, yo'qsa na holat
Qonunbuzar, beilm, bo'larsan yalqov.
Lek senda bor qurol: olim ma'rifat,
Uni ko'rib qochgay zolim jaholat,
Chunki unda yo'qdur, chora - malomat,
Yo'qdur to'g'ri yo'llik, bilimu - omad.
Ma'rifatli inson, bo'lmaydi hech kam,
Safimizga qo'shil birodar sen ham,
Jaholatga qarshi kurash, qon yig'lat,
Shunda kelajaging, porloqdir har dam!»
YAXSHI NOM
Boylik deb yashamoq nodonning ishi,
Buni soz biladi har qanday kishi.
Borin olib ketmoq boʻlsaydi agar
Qoʻli boʻsh ketmasdi buyuk Iskandar.
Deydilar, yaxshi nom mangulik demak!
– Yurt deb kulmoq kerak, xoh oʻlmoq kerak.
Shuning-chun eslanar buyuk Temur ham,
Zero, afsonamas, u ham bir odam!
Nega yod olinar Shiroq, Toʻmaris?
Nega Muqannalar tarixda aziz?
Nega ular kabi eslanmas yovuz?
Nega yomon debmas maqtov-u xush soʻz?
Chunki barcha narsa oʻz nomiga xos
Yomon kelar-ketar, yaxshiga ixlos…
Vaqtlar oʻtajakdir, ilgʻor, bardavom.
Biroq, aslo o‘chmas yaxshi degan nom!
Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 9-sinf òquvchisi Tojiddinov Shermuhammad
#Òquvchilar_ijodidan
JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT
Dunyoda kimlar ko'p, yaxshiyu - yomon,
Jaholatga qarshi ma'rifat har on.
Seni o'z qa'riga tortsa jaholat
Undan qoch, aqlingni ishlat ,ey inson!
«Jaholat bu nedur?» der, g'arib birov,
Dedim men: «Bu illat, berar ko'p sinov,
Aslo ishonma sen, yo'qsa na holat
Qonunbuzar, beilm, bo'larsan yalqov.
Lek senda bor qurol: olim ma'rifat,
Uni ko'rib qochgay zolim jaholat,
Chunki unda yo'qdur, chora - malomat,
Yo'qdur to'g'ri yo'llik, bilimu - omad.
Ma'rifatli inson, bo'lmaydi hech kam,
Safimizga qo'shil birodar sen ham,
Jaholatga qarshi kurash, qon yig'lat,
Shunda kelajaging, porloqdir har dam!»
YAXSHI NOM
Boylik deb yashamoq nodonning ishi,
Buni soz biladi har qanday kishi.
Borin olib ketmoq boʻlsaydi agar
Qoʻli boʻsh ketmasdi buyuk Iskandar.
Deydilar, yaxshi nom mangulik demak!
– Yurt deb kulmoq kerak, xoh oʻlmoq kerak.
Shuning-chun eslanar buyuk Temur ham,
Zero, afsonamas, u ham bir odam!
Nega yod olinar Shiroq, Toʻmaris?
Nega Muqannalar tarixda aziz?
Nega ular kabi eslanmas yovuz?
Nega yomon debmas maqtov-u xush soʻz?
Chunki barcha narsa oʻz nomiga xos
Yomon kelar-ketar, yaxshiga ixlos…
Vaqtlar oʻtajakdir, ilgʻor, bardavom.
Biroq, aslo o‘chmas yaxshi degan nom!
Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 9-sinf òquvchisi Tojiddinov Shermuhammad
Forwarded from Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби (Y.Kamalovna)
#Dushanba_adabiyot_kuni
#Òquvchilar_ijodidan
Sog‘inch
Nigohlar taftida hijron tunlari,
Sogʻinch hislarida izlayman bahor.
Shafaqdan nur olgan oyning yuzlari,
Yozgi saratonda izlayman bahor.
Hayolimdan ketmas bahor havosi,
Yozgi saharlarda oqadi anhor.
Tushlarimga kirar mayin navosi,
Kuzning xazonida oʻylayman bahor.
Sening goʻzalliging sokin ohangda,
Insonlar yulduz dek porlagini bor.
Oppoq taftlar ila bulut boqqanda,
Sening iforlaring sogʻindim bahor.
Daminova Sevara
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi
#Òquvchilar_ijodidan
Sog‘inch
Nigohlar taftida hijron tunlari,
Sogʻinch hislarida izlayman bahor.
Shafaqdan nur olgan oyning yuzlari,
Yozgi saratonda izlayman bahor.
Hayolimdan ketmas bahor havosi,
Yozgi saharlarda oqadi anhor.
Tushlarimga kirar mayin navosi,
Kuzning xazonida oʻylayman bahor.
Sening goʻzalliging sokin ohangda,
Insonlar yulduz dek porlagini bor.
Oppoq taftlar ila bulut boqqanda,
Sening iforlaring sogʻindim bahor.
Daminova Sevara
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi
Forwarded from Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби (Y.Kamalovna)
#Dushanba_adabiyot_kuni
#Òquvchilar_ijodidan
#Tarjima
MUALLIM
Abdulla Oripov she’ri
Shoirga dedilar : siz baxtli inson,
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob berdi : menda bir armon,
Muallim desalar meni qaniydi.
Inglizcha tarjimasi
They told the poet: "You are so happy"
You are known and valued by everybody,
And the poet replied them kindly:
"I wish i was called a teacher by somebody ".
Abdulla Oripov ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Norqulova Marjona
#Òquvchilar_ijodidan
#Tarjima
MUALLIM
Abdulla Oripov she’ri
Shoirga dedilar : siz baxtli inson,
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob berdi : menda bir armon,
Muallim desalar meni qaniydi.
Inglizcha tarjimasi
They told the poet: "You are so happy"
You are known and valued by everybody,
And the poet replied them kindly:
"I wish i was called a teacher by somebody ".
Abdulla Oripov ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Norqulova Marjona