Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.52K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ|โ€ข Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#8_mart_bayram_tadbiri

AYOL - BU BORLIQ TIMSOLI EMAS, BORLIQNING O'ZIDIR...


๐Ÿ”ฐAbdulla Oripov nomidagi ijod maktabida
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlab, "Ayol - bu borliq timsoli emas, borliqning oสปzidir" nomli madaniy-maโ€™rifiy tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.

๐ŸŒบ Bayramona tadbirda ijod maktabining xotin-qizlari, o'quvchilari, "Tabassum" mahallasining faol xotin-qizlari, mehnat faxriylari, ota-onalar ishtirok etishdi, shuningdek, ijod maktabida faoliyat yuritgan va maktab tashkil etilishiga o'z hissasini qo'shgan faxriy ustozlar, xodimlar taklif etildi. Xususan, bugungi kunda Qarshi shahridagi "Bog'ishamol" MFY raisi Mastura To'xtayeva, nafaqadagi Qarshiyeva Barchinlarga ehtirom ko'rsatilib, maktab rahbariyati tomonidan
bayram sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

๐Ÿ“ธ Tadbir avvalida "Xotin-qizlarning bugungi ijtimoiy hayotdagi o'rni" mavzusida videorolik namoyish etildi. Bu esa tadbir ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.

โœ… "Musiqa" to'garagi rahbari Zavqiddin Boboxo'jayev va maktabning o'g'il bolalari tomonidan o'ziga xos qo'shiq ijro etilib, zaldagi barcha xotin-qizlarga guldastalar taqdim etildi.

๐ŸŒผ Tadbir davomida ijod maktabining har bir sinf o'quvchilari xotin-qizlarni sharaflovchi adabiy-badiiy, raqs, musiqa va an'anaviy ijrochilik bo'yicha o'z kompozitsiyalarini namoyish etishdi. Shuningdek "Musiqa" va "Aktyorlik" to'garagi a'zolari ham faol ishtirok etishdi.

๐ŸŒน"Dizayn" to'garagi rahbari Parizoda Shukurova va "Raqamli va tasviriy san'at" to'garagi rahbari Madina Siddiqova tomonidan o'quvchi-qizlar ishtirokida liboslar ko'rgazmasi o'tkazildi. Taqdimotda milliy va zamonaviy liboslar uyg'unligi namoyish etildi. O'z navbatida, bu ko'rgazma o'quvchilarning kasbga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

๐Ÿ“ŒBizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring๐Ÿ‘‡
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram