#Ijodiy_olimpiada
#LIVE 🔴
🔰Ayni vaqtda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi kutubxonasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 5-fevraldagi 12-AF sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 8-9-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Ijodiy olimpiada" musobaqasining maktab bosqichi o'tkazilmoqda.
📚 Ushbu musobaqa o‘quvchilarning nazm, nasr, badiiy pubitsistika, adabiyotshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha iste’dod va qiziqishlarini yanada oshirish; o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, notiqlik madaniyatini rivojlantirish, ona tilimiz, o‘zbek va jahon adabiyotiga muhabbatini oshirish; ijodkor o‘quvchilarni aniqlash, rag‘batlantirish va ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga shart-sharoit yaratish maqsadida o'tkazilmoqda.
🏆 G'oliblarni yaqin soatlarda e'lon qilamiz!
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️Agentligimiz tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Dilnora Berdiyorova AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqischining 100 foizlik ta'lim grantini qo‘lga kiritdi.
Endilikda D.Berdiyorova 2024-2025-o‘quv yilida 10-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi hamda u yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Ijodiy_olimpiadaning_maktab_bosqichi_goʻliblari
⚡️Boyqobilov Hikmatbek:
➖Ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi;
➖Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tug'ilgan;
➖Ijodiy ishlari respublika ommaviy axborot vositalarida chop etilgan;
➖Qator respublika tanlovlari g'olibi;
➖She'rlari, tazminlari adabiyotshunos-olimlar tomonidan e'tirof etilgan;
➖Adabiyot, ingliz tili va matematika fanlariga qiziqadi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
⚡️Boyqobilov Hikmatbek:
➖Ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi;
➖Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tug'ilgan;
➖Ijodiy ishlari respublika ommaviy axborot vositalarida chop etilgan;
➖Qator respublika tanlovlari g'olibi;
➖She'rlari, tazminlari adabiyotshunos-olimlar tomonidan e'tirof etilgan;
➖Adabiyot, ingliz tili va matematika fanlariga qiziqadi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_olimpiadaning_maktab_bosqichi_goʻliblari
⚡️Nuriddinova Sevinch:
➖Ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi;
➖Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida tug'ilgan;
➖Ijodiy ishlari matbuotda chop etilgan;
➖"Yosh kitobxon" tanlovining shahar bosqichi g'olibi;
➖She'rlari va ijodiy mashqlari keng jamoatchilik tomonidan e'tirof etilgan;
➖Adabiyot, ona tili, matematika va ingliz tiliga fanlariga qiziqadi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
⚡️Nuriddinova Sevinch:
➖Ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi;
➖Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida tug'ilgan;
➖Ijodiy ishlari matbuotda chop etilgan;
➖"Yosh kitobxon" tanlovining shahar bosqichi g'olibi;
➖She'rlari va ijodiy mashqlari keng jamoatchilik tomonidan e'tirof etilgan;
➖Adabiyot, ona tili, matematika va ingliz tiliga fanlariga qiziqadi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Oy kitobi” loyihasining navbatdagi bosqichi oʻtkazildi.
⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida ''Oʻqituvchi oʻqituvchiga'' video qoʻllanmasi taqdim qilindi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonunga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida "Speedcubing" turniri oʻz nihoyasiga yetdi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida ijtimoiy-gumanitar hamda sanʼat fanlari haftaligiga start berildi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi respublika ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qildi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Ekomadaniyat” targʻibot loyihasi oʻtkazildi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Dilbek Almurotov Sochida boʻlayotgan Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etmoqda.
⏺Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish" mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ayol borki, olam munavvar" mavzusida bellashuv tashkil etildi.
⏺Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Al-Xorazmiy olimpiadasining respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
⏺Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Murodbek Alimbekov xalqaro universitet grantiga sazovor boʻldi.
⏺Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Balli yigitlar" bellashuvi tashkil etildi.
⏺Fargʻona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Milliy kiyim" kuni oʻtkazildi.
⏺Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Oʻzbekiston tarixi fanidan bellashuv boʻlib oʻtdi.
⏺Pastdargʻom tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Bibixonim" jamoasi Xotin-qizlar oʻrtasida "Zakovat" turnirining Respublika bosqichida ishtirok etdi.

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring
🗂 Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.
📝 IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🔬 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🗂 Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.
📝 IJOD MAKTABLARI:
🔬 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
KO‘NGIL KO‘ZLARINI OCHUVCHI SHE’R
Sharq – bashariyat tamaddunining beshigi, ilm-fan va madaniyat o‘chog‘i, tafakkur va taraqqiy ma’vosi, iymon va irfon maskanidir. Lekin, taassuflar bo‘lsinki, ma’rifat o‘rnini xurofot egallagani bois keyingi to‘rt-besh asrda uloq G‘arbda ketdi. Sharq tanazzulga ketgani sayin G‘arb taraqqiyot cho‘qqilari sari yuksala bordi. Bu hol Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi jadid bobolarimizni nechog‘liq iztirobga solgan bo‘lsa, zamonamizning ulug‘ shoiru adiblari qalbini ham shu qadar o‘rtagan. “Sharq qismati” she’ri millatning buyuk shoiri Abdulla Oripov qalbidagi cho‘ng dardning, chuqur hasratning ifodasi o‘laroq ijod etilgan. She’rda iymon va e’tiqod (“Sharqlikman, emasman yo‘lidan ozgan”), yuksak estetik tafakkur (“San’atga o‘rayman aytar so‘zimni”), taraqqiyot uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lsa ham, tanazzul iztirobini tortishga mahkum etilganimiz (“Yo‘limni muttasil to‘sdi xurofot”, “Boshqalar yaratdi, men esa tun-kun, Unga maftunlikdan aylamadim or”), yer osti va yer usti boyliklaridan zarur darajada foydalana bilmaslik (“Boylik qazib oldim yerning ostidan, Tugab qolishini o‘ylamay aslo”), fikru zikri faqat to‘y-hasham bo‘lib, o‘zligini unutish (“To‘y qilib, ayrilgan bor bisotidan, Noshud boyvachchaning o‘ziman go‘yo”) – xullas Sharq dardi, Vatan va millat qismati o‘tli satrlar orqali talqin qilingan. Taraqqiyotga erishmoq uchun Sharqning shuhrat-shonini ta’min etgan buyuk daholar yo‘lini tutmoq, ulug‘ avliyo bobolarning ezgu duolariga tayanmoq zarurligi haqidagi xulosa barcha zamonlar uchun ahamiyatlidir.
Ushbu she’rni shoirning o‘zi o‘qigani, ayniqsa, qimmatlidir. Chunki Abdulla Oripov she’rni nechog‘lik yuksak fasohat va balog‘at namunasi sifatida ijod etsa, shunchalik yuksak mahorat bilan o‘qir edi. Ana shu tarixiy lahzalarni videotasvir orqali she’riyat muhiblariga yetkazgan “Favvorafilm” kinostudiyasi rahbari, qadrdon og‘amiz Keldiyor Xo‘jayorovga hamda kinostudiya ijodkorlariga minnatdorlik bildiramiz. Tinglovchilarning ko‘ngil ko‘zlarini ochadigan, adabiyot muhiblari tafakkuriga chaqmoqdek ta’sir etadigan she’rning ustoz Abdulla Oripov o'qigan videosini siz azizlarning e’tiboringizga havola etishdan mamnunmiz.
Nurboy Jabborov

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videolavha
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘tkazilgan "Turon yo‘lbarslari" musobaqasining maktab bosqichidan videolavhalar.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘tkazilgan "Turon yo‘lbarslari" musobaqasining maktab bosqichidan videolavhalar.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xalqaro_hamkorlik
IJOD MAKTABIDA GERMANIYA TA'LIM KOMPANIYASI VAKILLARI
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Germaniyaning "Simson Private Akademie" kompaniyasi rahbari Max Reumschussel va loyiha koordinatori Shonosir Shorahmedov tashrif buyurdi. Ularga Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari hamrohlik qildi.
Mehmonlar dastlab ijod maktabidagi Abdulla Oripov muzeyida boʻlib, atoqli shoir hayoti va ijodiga oid eksponatlar bilan tanishdi. Shundan soʻng Germaniya ta'lim kompaniyasi vakillariga Ijod maktabi faoliyati, bu yerda yaratilgan taʼlim sharoitlari, turli toʻgaraklar, iqtidorli yoshlar erishayotgan yutuqlar haqida ma'lumot berildi.
Tashrif doirasida mehmonlar ijod maktabida faoliyat koʻrsatayotgan nemis tili toʻgaragi oʻqituvchisi Nafisa Hamidova va uning shogirdlari bilan suhbatlashdi. Muloqotda nemis tilini oʻquvchilarga oʻrgatishda samarali boʻlgan oʻquv qoʻllanmalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, mehmonlar tomonidan toʻgarak faoliyati uchun zarur qoʻshimcha elektron adabiyotlar tavsiya etilib, ular bilan taʻminlashda amaliy yordam taklif etildi.

#Ustoz_shogird
➖ Ustoz va shogird: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan ta'limdagi yangiliklar va islohotlar.
❗️Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart_bayram_tadbiri
AYOL - BU BORLIQ TIMSOLI EMAS, BORLIQNING O'ZIDIR...
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlab, "Ayol - bu borliq timsoli emas, borliqning oʻzidir" nomli madaniy-ma’rifiy tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.
🌺 Bayramona tadbirda ijod maktabining xotin-qizlari, o'quvchilari, "Tabassum" mahallasining faol xotin-qizlari, mehnat faxriylari, ota-onalar ishtirok etishdi, shuningdek, ijod maktabida faoliyat yuritgan va maktab tashkil etilishiga o'z hissasini qo'shgan faxriy ustozlar, xodimlar taklif etildi. Xususan, bugungi kunda Qarshi shahridagi "Bog'ishamol" MFY raisi Mastura To'xtayeva, nafaqadagi Qarshiyeva Barchinlarga ehtirom ko'rsatilib, maktab rahbariyati tomonidan bayram sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
📸 Tadbir avvalida "Xotin-qizlarning bugungi ijtimoiy hayotdagi o'rni" mavzusida videorolik namoyish etildi. Bu esa tadbir ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.
✅ "Musiqa" to'garagi rahbari Zavqiddin Boboxo'jayev va maktabning o'g'il bolalari tomonidan o'ziga xos qo'shiq ijro etilib, zaldagi barcha xotin-qizlarga guldastalar taqdim etildi.
🌼 Tadbir davomida ijod maktabining har bir sinf o'quvchilari xotin-qizlarni sharaflovchi adabiy-badiiy, raqs, musiqa va an'anaviy ijrochilik bo'yicha o'z kompozitsiyalarini namoyish etishdi. Shuningdek "Musiqa" va "Aktyorlik" to'garagi a'zolari ham faol ishtirok etishdi.
🌹"Dizayn" to'garagi rahbari Parizoda Shukurova va "Raqamli va tasviriy san'at" to'garagi rahbari Madina Siddiqova tomonidan o'quvchi-qizlar ishtirokida liboslar ko'rgazmasi o'tkazildi. Taqdimotda milliy va zamonaviy liboslar uyg'unligi namoyish etildi. O'z navbatida, bu ko'rgazma o'quvchilarning kasbga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

📸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlab, o'tkazilgan "Ayol - bu borliq timsoli emas, borliqning oʻzidir" nomli madaniy-ma’rifiy tadbirdan fotoreportaj (1-qism).