#Qish_ilhomlari
QAHRATON
Qahri qattiq boʻldi bu yilgi qishning,
Ming yillik oʻchini olmoqda ayoz.
Keyinga qoldirib barcha yumushni,
Kundalik tashvishlar tin oldi biroz.
Oylab erimasa kerak, oppoq qor
Ustimga yogʻilar, koʻzim yumaman.
Sandalda murgilab yotgan boladay,
Bir chuqur, bir ichkin oʻyga choʻmaman.
Suv usti bamisli oynadek qotgan,
Shisha sinigʻidek qirsillaydi muz.
Qorboʻron oʻynayman tuygʻular bilan,
Pinhona hislardan qizaradi yuz.
Gʻijimlab otaman qorlar uyumin,
Daraxtlar behosdan silkinib tushar.
Qor ustiga yoqqan qorlar ayamay,
Yana sogʻinchimga sogʻinchlar qoʻshar.
Poyimda toʻshalib yotar oq gilam,
Men esa qushlarning gʻamini yeyman.
Tap etib yiqilar jonsiz musicha,
Sovuq urmasin-da ularni deyman.
Fasllar kelar-da- ketar, hademay,
Bogʻlar gullatadi oʻrik, olmasin.
Ayni qish-tanimiz junjitgan sovuq
Bizning oramizga tushib qolmasin.
NILUFAR UMAROVA,
Ijodiy to'garak rahbari
QAHRATON
Qahri qattiq boʻldi bu yilgi qishning,
Ming yillik oʻchini olmoqda ayoz.
Keyinga qoldirib barcha yumushni,
Kundalik tashvishlar tin oldi biroz.
Oylab erimasa kerak, oppoq qor
Ustimga yogʻilar, koʻzim yumaman.
Sandalda murgilab yotgan boladay,
Bir chuqur, bir ichkin oʻyga choʻmaman.
Suv usti bamisli oynadek qotgan,
Shisha sinigʻidek qirsillaydi muz.
Qorboʻron oʻynayman tuygʻular bilan,
Pinhona hislardan qizaradi yuz.
Gʻijimlab otaman qorlar uyumin,
Daraxtlar behosdan silkinib tushar.
Qor ustiga yoqqan qorlar ayamay,
Yana sogʻinchimga sogʻinchlar qoʻshar.
Poyimda toʻshalib yotar oq gilam,
Men esa qushlarning gʻamini yeyman.
Tap etib yiqilar jonsiz musicha,
Sovuq urmasin-da ularni deyman.
Fasllar kelar-da- ketar, hademay,
Bogʻlar gullatadi oʻrik, olmasin.
Ayni qish-tanimiz junjitgan sovuq
Bizning oramizga tushib qolmasin.
NILUFAR UMAROVA,
Ijodiy to'garak rahbari
#Qish_ilhomlari
#Ijodiy_tògarak
Tong otmoqda, Vatanimda
Kezar ulug’ uyg’onish,
Porloq quyosh sochadi nur
Yashnatib har tomonni.
Kongillar shod, boglar obod,
Bulbullar etar xonish,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Asrlarni marjon kabi
Tergan boy tarixing bor:
Har lahzasi ibratnamo,
Har lahzasi - yuz doston.
Bir tomoning kokka tutash,
Bir tomoning - paxtazor,
Bir tomoning - mard-u maydon,
Bir tomon - ilm-u urfon.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim
Toglaringning orqasidan
Poylab necha Chingizlar,
Yerlaringga koz tikkanda
Har tomondan yovlaring,
Temur kabi “urho-ur”-la
Tarixga bitib izlar
Yurt haqqini talab qildi
Necha-necha dovlaring.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Kongillarning qafasida
Yashar “zanjirband bir sher”,
Xayollarni etadi band
Qalamdan oqqan mano.
“Kim u?” - deya sorasangiz
Deyman: “Ulug Alisher:
Soz qasrining sultonidir,
Gazal mulkida podsho”.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Har tomonda aysh-u ishrat,
Tomir otganda isyon,
Johillik avj olgan paytda
Tarqab zulm urugi,
Xalq ichidan porlab ziyo
Jadidlar chiqdi shu on:
Bir qolida bilim duri,
Bir qolda hurlik tugi.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Vanihoyat, boshing uzra
Parvoz etdi istiqlol,
Gulga tolding, bilim nuri
Yoritdi har tomonni.
Jahon uzra farzandlaring
Noming taratar yaqqol,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir ,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_tògarak
Tong otmoqda, Vatanimda
Kezar ulug’ uyg’onish,
Porloq quyosh sochadi nur
Yashnatib har tomonni.
Kongillar shod, boglar obod,
Bulbullar etar xonish,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Asrlarni marjon kabi
Tergan boy tarixing bor:
Har lahzasi ibratnamo,
Har lahzasi - yuz doston.
Bir tomoning kokka tutash,
Bir tomoning - paxtazor,
Bir tomoning - mard-u maydon,
Bir tomon - ilm-u urfon.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim
Toglaringning orqasidan
Poylab necha Chingizlar,
Yerlaringga koz tikkanda
Har tomondan yovlaring,
Temur kabi “urho-ur”-la
Tarixga bitib izlar
Yurt haqqini talab qildi
Necha-necha dovlaring.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Kongillarning qafasida
Yashar “zanjirband bir sher”,
Xayollarni etadi band
Qalamdan oqqan mano.
“Kim u?” - deya sorasangiz
Deyman: “Ulug Alisher:
Soz qasrining sultonidir,
Gazal mulkida podsho”.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Har tomonda aysh-u ishrat,
Tomir otganda isyon,
Johillik avj olgan paytda
Tarqab zulm urugi,
Xalq ichidan porlab ziyo
Jadidlar chiqdi shu on:
Bir qolida bilim duri,
Bir qolda hurlik tugi.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Vanihoyat, boshing uzra
Parvoz etdi istiqlol,
Gulga tolding, bilim nuri
Yoritdi har tomonni.
Jahon uzra farzandlaring
Noming taratar yaqqol,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir ,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Telegram
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali