#Tanlovga
#Eng_uluĝ_eng_aziz
#Ijodiy_tògarak
✅Ijodiy tanlov ishtirokchisi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva
BAHORNI KUTIB…
Bobomdan qolgan bog‘imiz bo‘lardi… Zerikkan paytlarim boqqa chiqib aylanardim. Mana, bugun ham darsdan toliqib keldim va charchog‘imni bosish uchun o‘zimni boqqa urdim. Sim to‘siqdan shundoqqina ko‘rinib turgan qo‘shni bog‘da qo‘shnimiz gullarni parvarish qilayotgandi. U negadir ko‘zimga har doim maxzun ko‘rinardi. Qo‘shni ayol ishga shunchalik berilib ketgan ediki, so‘rashib o‘tay “Meni ko‘rib sal kayfiyati ko‘tarilar” deya yonlariga bordim. So‘rashgandan so‘ng u kishiga “hali bahor kelmadi, siz uni intizorlik bilan kutarkansiz-a?” deya kulimsirab gapirdim. Qo‘shnimiz biroz sukut saqlab, gapira ketdilar: “Ayol uchun farzand sog‘inchi og‘ir ekan. Agar u qiz bola bo‘lsa, judayam qiyin. O‘g‘lim o‘qishga ketib bir oyda bir kelsa-da, qizim o‘n kungina sayohatga ketganida uni sog‘inib qolardim. Yigit kishi har yerda ham o‘zini eplay oladi. Lekin qiz bola suv, suvga tegsang loyqalanadi, qoladi. Uni eplash ham qiyin. Qiz bolaning joni qirqta bo‘lsa ham, Alloh bir marotaba yashash imkonini berar ekan. 2000-yilning yoz oylari. O‘g‘limni tug‘ilgan kunini nishonladik. Ertasiga qizalog‘imni tobi qochdi. Ko‘p yo‘talib o‘pkasini uzolmay qoldi, shifokorga olib bordim. Avvaliga oddiy shamollash deyishdi. Keyinchalik ahvoli og‘irlashdi, yurishga ham qiynalib qoldi. Ancha kunlik tekshiruvlardan so‘ng saratonligi aniqlandi. Qizimga aytmadik. O‘sha kundan boshlab ko‘nglimga g‘ulg‘ula tushdi. Atigi olti oy umri qolgan edi. Buni undan yashirdik, lekin bizning horg‘in yurganimizni ko‘rib o‘zi aytib qoldi: “Bilaman, men o‘laman. O‘lsam ham bahorni ko‘rib o‘lsam bo‘ldi”,- dedi va o‘g‘limni yoniga borib “aka, o‘qishdan qaytguningizcha bahorni olib keling, men uni kutib turaman”,- dedi ko‘z yoshlarini yashirolmay. Oradan olti oy o‘tdi. Bahorgacha bir oylar qolgandi. Taqdir o‘yinini qarangki, qizalog‘im bu yorug‘ dunyoni tark etdi. O‘zimga kelishim qiyin bo‘ldi. Shu bog‘ga chiqib o‘zimni chalg‘itadigan bo‘ldim. Gohida osmondan uchib o‘tgan qaldirg‘ochlardan bahorni so‘rayman, nega bahorni ertachiroq olib kelmaganini aytib armon qilaman. Agar bahor tezroq kelganida qizalog‘im uni ko‘rib, o‘n ikki bahorni nishonlab ketarmidi, deya o‘ylab qolaman. Bahorni nafaqat o‘limidan oldin, balki har yili ko‘zlari to rt bo‘lib kutardi. Bog‘dagi bu manzaralardan nima uchun qizim bahorni kutib yashaganini bildim. Bahor sizning qalbingizga ezgulik urug‘larini sepib sizga kayfiyat ulasharkan. To‘g‘ri men ham bahorni kutib yashayman. Lekin mening qizalog‘im uni chin qalbidan kutardi. Agar hozir hayot bo‘lganida, o‘n sakkiz bahorini nishonlardi”-deya ko‘zlaridagi yoshni artdilar. Yaralarini yangilaganim uchun uzr so‘radim va uyga kirdim. O‘ylab qarasam, men bahorni u kishichalik kutmas ekanman. Men bahorni shunchaki daraxt shoxlarini sindirib dovchalarni terib yeyish, sho‘xliklar qilish uchun kutar ekanman…