Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.32K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Qabul_2021

🔊🔊🔊Hurmatli ota-onalar va o’quvchilar!
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2021-2022 o’quv yiliga
7- 8- sinflarga
qabul e’lon qiladi.
📲💻Hujjatlar masofiy(onlayn) tarzda 5-iyundan 25-iyungacha qabul qilinadi.
💻 Hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda, Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali tashkil etiladi.
Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlarning elektron shakli onlayn qabul qilish tizimiga kiritiladi:
📄 tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
📸 3 x 4 hajmdagi 1 dona fotosurat;
📄 baholar tabeli (o‘quvchi o‘qiyotgan maktab direktorining imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda).
⚡️Imtihonlar ikki bosqichda o'tkaziladi:
✍️|🗣Ijodiy imtihon (yozma,og‘zaki);
📄Test sinovi (ona tili va adabiyot, ingliz tili)
☎️Murojat uchun:Tel (abdullaoripovijodmaktabialoqabot)
Tel:(+998-75)221-75-26, +998995611282, +998912166846
📌Qo’shimcha imtiyozlar 👇👇👇
👉🛏 O‘quvchilar yotoqxonasi bilan ta’minlanadi;
👉🍽 O‘quvchilarga besh mahal issiq ovqat beriladi;
👉📚 O‘quv darsliklari bilan ta’minlanadi;
👉 batafsil 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Qabul_2021

Sevimli telekanalining Zamon informatsion ko'rsatuvida Prezident va ijod maktablariga qabul jarayonlariga bag'ishlangan Ochiq muloqotdan lavha namoyish etildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2021

Nukus shahridagi Prezident maktabida 2021-2022 o‘quv yiliga 5-, 6-sinflariga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.

📞Call-markaz ga ilk qo‘ng‘iroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy, Amudaryo tumanlaridan kelib tushdi. Ota-onalarning barcha savollariga operator tomonidan to‘liq javob berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021

"Zo'r" telekanalining "Bu kun" informatsion dasturida qabul jarayonlari hamda call-markaz
faoliyati haqida ma'lumot berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021

Qabul boshlanishi bilanoq barcha hududlardan koʻplab arizalar kelib tushdi.

Mazkur hujjatlar orasidan bir qanchasi qayta tahrir qilish uchun yuborildi.

🔰Ularda uchragan eng koʻp kamchilik, fotosurat va maʼlumotnoma bilan bogʻliq.

Shu sababli hujjat topshiruvchilarga yanada tushunarliroq boʻlishi uchun video tayyorlandi.

❗️Hujjatlarni topshirayotganda alohida eʼtibor bilan yondoshishingizni soʻraymiz.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot
#Qabul_2021

Men harbiydan nafaqaga chiqqanman. Farzandlarimga Prezident maktabiga kirishga imtiyoz bormi?
Prezident maktablariga kirish imtihon bosqichlarida imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Prezident maktabida telefondan foydalanish mumkinmi?
O'quvchi Prezident maktabiga o‘qishga qabul qilingandan keyin, unga o‘quvchilar yotoqxonasida telefondan foydalanishga ruхsat beriladi.

Qizim Prezident maktabiga hujjat topshirmoqchi. Kirish imtihonlari maktab darsliklari bo‘yicha bo‘ladimi yoki farzandimni qo‘shimcha tayyorlovga berishim kerakmi?
Prezident maktablariga kirish imtihonlari maktab darsliklari bo‘yicha tuziladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2021 #Sharh_statistika

📊 Prezident maktablariga topshirilgan hujjatlar statistikasiga ko‘ra, 9-iyun 12:30 gacha jami 11923 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, unda viloyatlar kesimida Qashqadaryo yetakchilik qilmoqda.

Qarshi shahridagi Prezident maktabiga 1415 ta ariza kelib tushgan. Ushbu arizalarning 1085 tasi tasdiqlangan, 38 ta ariza ko‘rib chiqilmoqda. 39 ta ariza esa belgilangan STEM fanlardan bahosi 5 (a’lo) bo‘lmaganligi uchun rad etilgan.

🔸239 ta arizadan 8 tasi ma’lumotnoma shakli noto‘g‘riligi, 14 tasi ota-ona haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilmaganligi, 7 tasida tabelning bo‘yalganligi, 4 tasida tabelning ustki qismi to‘ldirilmaganligi, 12 tasida namuna bo‘yicha berilgan anketani to‘ldirishda xatolikka yo‘l qo‘yilgani, 24 ta arizada esa fotosuratning talabga javob bermasligi va boshqa sabablarga ko‘ra qayta tahrirga yuborildi.

✔️Tahrirga yuborilgan arizalardan 14 tasi to‘g‘irlab qayta jo‘natilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021 #Videobayonot

Direktorimiz tabelda rus tili va geografiyadan 4 baho borligi uchun Prezident maktabiga hujjat topshirishimga ma'lumotnoma bermayabdi. Nima qilsam bo‘ladi?
Rus tili va geografiya fanlaridagi yillik 4 baholar Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Agar STEM fanlardan yillik baho 5 bo‘lsa, direktor sizga ma'lumotnomani tastiqlab berishi kerak.

Agar talabgor hujjatlarini xato yuborgan bo‘lsa, u hujjatlarini darhol tahrir qilsa bo‘ladimi yoki operator tomonidan hujjatlarning tahrirga jo‘natilishini kutish kerakmi?
Hujjatlar xato yuborilgan bo‘lsa, operator javobini kutish kerak.

Bola otasining ikkinchi oilasi bilan yashaydi. Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida o‘gay onasining ismi yozilmagan bo'lsa-da, uning hujjatlarini o‘gay onasi topshirishi mumkinmi?
Bunday holatda ariza ota nomidan berilishi kerak.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktablari #Qabul_2021

Agentlik tizimidagi Ijod maktablarining ijodiy imtihonlari haqida video-yo‘riqnoma taqdim etmoqdamiz.

Farzandingizning ona tili va adabiyot, tarjimonlik, jurnalistika, zamonaviy medianing SMM sohasiga bo'lgan qiziqish va iqtidorini rag‘batlantirishni xohlaysizmi?

⚡️ Unda portal.piima.uz sayti orqali hujjatlarni topshiring. Ijod maktablarida iste’dodlar rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

——

We provide video-guidance about the entrance exams to the Creativity schools under the Agency

Do you want to stimulate your child's interest and talent in the field of SMM,mother tongue and literature, translation, journalism and modern media?

⚡️Then submit the documents through the site portal.piima.uz. There are all the opportunities for the development of talent in the Creativity schools.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021 #Videobayonot

portal.piima.uz saytiga joylashtirgan ma'lumotlarim tahrirga tushibdi. Hujjatlar tahriri qanday jarayon?
Hujjat tahriri, bu siz yuklangan hujjatlarda kamchiliklar topilganda, operatorlar talabgorga arizani to‘g‘rilab, qayta jo‘natish uchun yuboradigan jarayon. Demak, sizning hujjatlaringizda kamchilik topilgan va siz ularni to‘g‘rilab, yuklashingiz lozim bo‘ladi.

Prezident maktabiga nechta o‘quvchi qabul qilinadi? Bitta sinfga o‘rinlar soni va kirish bali haqida ma'lumot bersangiz.
Yangi tashkil etilayotgan Prezident maktablariga 144 ta o‘quvchi qabul qilinadi. Har bitta sinfda ikkitadan guruh va har bir guruhda 12 ta bola bo‘ladi. Ya'ni, har bitta sinfda jami 24 ta o‘quvchi o‘qiydi.

Hujjat tahrirga berildi degani rad etildi deganimi?
Tahrirga berilgan hujjatni siz 48 soat ichida to‘g‘rilab, qayta jo‘natishingiz kerak. Tahrirga berilgan hujjat rad etildi degani emas.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Maktabuchunpostbot
#Qabul_2021
#Ochiq_eshiklar_kuni

☑️2021-yil 16-iyun kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi. Unda ota-onalar, jurnalistlar, blogerlar, ommaviy-axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda ijod maktabi direktori Ubaydulla Oripov maktab faoliyati, o’quvchilar tomonidan erishilayotgan yutuqlar, 2021-2022 o’quv yilidagi qabul jarayoni, hujjat topshirish va imtihonlar tartibi bilan batafsil tanishtirdi. Ijod maktabi, undagi shart-sharoitlar, ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar haqida hikoya qiluvchi videorolik namoyish etildi.

🔶Tadbirning 2-qismida press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy-axborot texnologiyalari bilan jihozlangan o’quv xonalari, ijod maktabi o’quvchilari yaratgan yangi loyiha va ijodiy ishlari bilan tanishdilar.
🔷Tadbir jarayoni O'zbekiston 24 kanalida tasvirga olindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Prezident maktabida o‘quvchining o‘zlashtirish bahosi past bo‘lsa, u sinfdan-sinfga qoldiriladimi yoki boshqa maktabga ko‘chiriladimi?
Agar o‘quvchining o‘zlashtirish ko‘rsatgichi pasaysa, o‘quvchi bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib boriladi. Shunga qaramay, ko‘rsatgichlar yaxshilanmasa, o‘quvchi o‘zi avval o‘qigan maktabiga qaytarib yuboriladi.

Prezident maktabining saralash va asosiy imtihonlarida o‘quvchilarga qancha vaqt beriladi?
Saralash bosqichida talabgorga matematikadan 30 ta savolga 90 daqiqa, asosiy bosqichda esa mantiqiy fikrlash, muommoni hal qilish va ingliz tili savollari uchun 150 daqiqa vaqt beriladi.

Prezident maktablariga har bir tumandan nechta o'quvchiga o'rin ajratilgan?
Prezident maktablarida tumanlar kesimida kvotalar ko'zda tutilmagan. Viloyat bo'yicha eng iqtidorli 24 nafar o'quvchi tanlab olinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ham hududiy mansublik asosida hujjat topshiriladimi? Masalan, men Andijonda o'qiyman, Toshkentdagi ijod maktabiga ariza topshira olamanmi?
Ha, topshira olasiz. Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda hududiy mansublik e'tiborga olinmaydi.

Prezident maktablariga kirish pullik, o'rinlar oldindan band qilingan, degan gaplar yuribdi. Bu to'g'rimi?
Bunday gaplarning bari asossiz. Prezident maktablariga kirish uchun pul talab qilinmaydi. Eslatib o'tamiz, noto'g'ri ma'lumot tarqatganlik uchun qonuniy javobgarlik mavjud.

Prezident maktabiga ariza topshirgandan keyin xatolik aniqlansa va ariza berilgan 2 kun vaqt ichida to'g'rilanmasa, rad etiladimi?
Ha, bunday holatda talabgorning arizasi rad etiladi. Shuning uchun tahrirga berilgan arizani 48 soat ichida to'g'rilab, qayta jo'natish lozim.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2021

📣Diqqat, e'lon!

Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar! Prezident va ijod maktablariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni joriy yilning 25-iyun kuni soat 23:59 da o'z yakuniga yetganini ma'lum qilamiz.

Hujjatlari tahrirga yuborilgan talabgorlar uchun qabul tugagandan keyin 48 soat ichida hujjatlaridagi kamchiliklarni tuzatish imkoni mavjud.

🖥 Buning uchun portal.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetga kirib talabgorning ID raqamini terish lozim, shundan so'ng operator tomonidan ko'rsatilgan hujjatlardagi kamchilikni tuzatib, qayta yuklash kerak bo'ladi.

Tahrirlash muddati tugagandan so'ng, hujjatlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha talabgorlarga
test sinoviga qatnashish uchun RUXSATNOMAni qayerdan olish haqidagi sms xabarnoma yuboriladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2021
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

📣📣📣Hurmatli ota-onalar va o'quvchilar


Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga onlayn hujjat topshirgan o'quvchilarni 01.07.2021 yil soat 08:00 da Abdulla Oripov ijod maktabiga I-bosqich saralash imtihoniga kelishingiz so'raladi. I-bosqichda yozma ish(ijodiy bayon) olinadi. Imtihonga maktab formasida va niqob taqqan holatda kelishingiz kerak.

Bizni kuzatib boring 👉telegram👈
Forwarded from Maktabuchunpostbot
#Qabul_2021

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2021-2022 o`quv mavsumi uchun saralash imtihonining I-bosqichi o`tkazilmoqda. Ushbu o`quv mavsumi uchun 282 nafar nomzod Abdulla Oripov ijod maktabiga kirish uchun o`z hujjatlarini onlayn tarzda topshirishgan. Imtihon jarayonlarida nomzod va ularning ota-onalariga barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, imtihonga kelgan ota-ona va ularning yaqinlari farzandining qay tartibda imtihon jarayonlarida qatnashayotganligini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati yaratildi. Ijod maktabiga 7-sinfga 12 nafar, 8 sinfga 14 nafar o’quvchi qabul qilinadi.
Bizni kuzatib boring 👉telegram👈
Forwarded from Ш Б
#Qabul_2021

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2021-2022 o`quv mavsumi uchun saralash imtihonining I-bosqichi o`tkazilmoqda. Ushbu o`quv mavsumi uchun 282 nafar nomzod Abdulla Oripov ijod maktabiga kirish uchun o`z hujjatlarini onlayn tarzda topshirishgan. Imtihon jarayonlarida nomzod va ularning ota-onalariga barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, imtihonga kelgan ota-ona va ularning yaqinlari farzandining qay tartibda imtihon jarayonlarida qatnashayotganligini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati yaratildi. Ijod maktabiga 7-sinfga 12 nafar, 8 sinfga 14 nafar o’quvchi qabul qilinadi. O'tkazilayotgan ijodiy imtihonda O'zbekistonda xizmat ko'rsatayotgan madaniyat xodimi, shoir "Ma'naviy hayot" jurnali bosh muharriri Eshqobil Shukur, O'zbekiston axborot va komunikatsion agentligi nashriyot va matbaa sohasini rivojlantirish bo'limi bosh mutaxasisi Muhiddin Omon ishtirok etmoqdalar.
Bizni kuzatib boring 👉telegram👈
Forwarded from Maktabuchunpostbot
#Qabul_2021
#saralash

2021 yil 2-iyul kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-8 sinflar uchun saralash imtihonining 2-turi o’tkazilmoqda.
Imtihon jarayoni yuqori saviya va ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Unda O'zbekistonda xizmat ko'rsatayotgan madaniyat xodimi, shoir "Ma'naviy hayot" jurnali bosh muharriri Eshqobil Shukur, O'zbekiston axborot va komunikatsion agentligi nashriyot va matbaa sohasini rivojlantirish bo'limi bosh mutaxasisi Muhiddin Omon, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari O’.Haydar, Qarshi Davlat universiteti o’qituvchis, shoira N.Umarova ishtirok etmoqdalar.
Bizni kuzatib boring 👉telegram👈
#Qabul_2021
#saralash

2021 yil 2-iyul kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-8 sinflar uchun saralash imtihonining 2-turi o’tkazilmoqda.
Imtihon jarayoni yuqori saviya va ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Unda O'zbekistonda xizmat ko'rsatayotgan madaniyat xodimi, shoir "Ma'naviy hayot" jurnali bosh muharriri Eshqobil Shukur, O'zbekiston axborot va komunikatsion agentligi nashriyot va matbaa sohasini rivojlantirish bo'limi bosh mutaxasisi Muhiddin Omon, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari O’.Haydar, Qarshi Davlat universiteti o’qituvchis, shoira N.Umarova ishtirok etmoqdalar.
Bizni kuzatib boring 👉telegram👈