Yoshlar kundaligi | Rasmiy
78.7K subscribers
12.1K photos
7.09K videos
52 files
16.5K links
Муаммо борми, шу ерга ёзинг👉: @yoshlar_kundaligi_bot

Видео ва овозли хабарлар юбориш учун👉:
@Yoshlar_aloqada_bot

Расмий веб сайт: yokun.uz
Download Telegram
#sharh

Sotqinlik nima, erkak bo‘lib qolish-chi?

Olmaliqdagi holat yuzasidan viloyatdagi blogerlar, tarmoq foydalanuvchilari turli fikrlarni bildirishibdi. Jon-jon deb ularni o‘qib chiqdik. Mulohaza qilib ko‘rgach, jamoamiz bilan birgalikda bu fikrlarga javob berishga, bahonada shu mavzudagi ayrim fikrlarni bildirishga jazm qildik.

Bog‘cha opasi tarbiyalanuvchiga jerkib gapirgani me’yoriy holat, bu ham tarbiyaning bir qismi deb hisoblar ekan ko'pchilik. Yaxshi, siz bilan tortishmayman. Siz qanday fikrda ekanligingizni bildik, endi yoshlarni eshitinglar.👩‍💻

Biz bu dunyodagi hammani yaxshi odam deb hisoblaymiz. Biz ko‘p gap eshitamiz. Doim kattalar yoshlarga tanbeh berib kelishgan. Bolaligimizdan shunday. Uyda ota-onamiz, bog‘chada bog‘cha opalarimiz, maktabda o‘qituvchilar jerkishi, tanbeh berishi odatiy holat. Ammo, biz bunga rozi emasmiz.

"Bolajon" telekanalida beriladigan multfilm, ertak kino va real hayot o‘rtasida katta jarlik bor. Biz esa o‘zimiz sevgan qahramonlarga ishonamiz. Ularning ota-onasi, ustozi, tarbiyachisi shirinso‘zlik bilan gapirishini bilamiz, havas qilamiz. Ammo, negadir hayotda hammasi boshqacha...🤔

Olmaliqdagi bog‘chadagi holatda ham otani ayblashga shoshilmang. Siz ko‘zlari jovdirab, mo‘ltirab yig‘lab turgan bolaga e’tibor bering.😥 Unga rahmingiz kelsin. Sizlar tarbiyachini salkam qahramonga chiqarib qo‘yibsiz. Kechirasiz, yaxshi tarbiyachi bolani baqirib tinchlantirmaydi. Ba’zi bolalar bog‘chaga shoshiladi. Chunki, bog‘cha opasini yaxshi ko‘radi. Bu yerda esa muhit aynigani shundoq sezilib turibdi, advokatlik ortiqcha...

Tarbiya, erkaklik haqida gapirilibdi.🤔 "Yoshlarni hozirdan tashqi zarbaga chidamli qilib tarbiyalash kerak", deb yozibdi bloger. Siz tarbiya maktabining uyiga o‘t qo‘ydingiz, hurmatli bloger. Hech bir mamlakatda ikki yasharlik bolaga tashqi zarbaga chidamli bo‘lishni bunday sharmandali shaklda o‘rgatish amaliyotda yo‘q.🙅

Ota bu o‘rinda noto‘g‘ri qilganmi? U sotqinmi? Siz shunday fikrda bo‘lsangiz, juda yomon. Bizning blogerlar qanchalar tor fikrli ekani menga yoqmayapti. Sizga qarshi savol. Ota shu haqda tarbiyachining rahbariga axborot berganda nima bo‘lardi? Tor doirada muhokama va ertasidan boshlab o‘sha otaning bolasiga nisbatan yeng uchidagi tazyiq va kamsitishlar bo‘lar edi!

Yoki siz tarbiyachi judayam yaxshi inson ekanligiga ishonasizmi?🙄 Kafolat berasizmi gina saqlamasligiga? "Zamon" dasturiga yig‘lab intervyu beribdilar o‘sha bog‘cha opa. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda o‘ksik bolaning boshini silab turgan Gitlerning suratini ko‘rgan edim. Ya’ni, eng vaxshiy odamda ham ma’lum miqdorda mehr-shafqat hissi bo‘ladi va bu uning yaxshi inson ekanligini anglatmaydi!

Jamoatchilik nazorati deb bong urayotganlar, o‘zingizga oyna tuting. Chidang. Kimdir bir voqelik haqida jar solsa, u xuddi shunday holatlar boshqa joylarda ham sodir bo‘lmasligi uchun kurashayotgan bo‘ladi.❗️ Masalaga shunday qarang. Aks holda, sizning farzandlaringiz har qanday qilmishni, shafqatsizlikni oqlash uchun bahona topilaveradigan jamiyatda yashaydi.

Bog‘cha opaga kelsak, uning pushaymonlik tuyganiga men ishondim.😐 Shu rost bo‘lsin. Mavzudan chalg‘ish bo‘lmasin. Yoshlar haqida gap ketganda faqat to‘g‘riso‘zlik yarashadi.

Nozima Rahmatova,
sharhlovchi.

Aloqa uchun: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
​​#Sharh

"Padarkush" 110 yildan so‘ng ham hayotmi?

1911-yil. Samarqand. Madrasalar nurab yotgan, o‘lka talon-taroj qilinayotgan, ming yillik qadriyatlar yemirilayotgan palla. Aynan shu vaqtda O‘rta Osiyo, xususan, ro‘yi zamin sayqali Samarqandda pivoxona, aroq-vino sotiladigan maishatxonalar qurila boshlangan. Yoshlar o‘rtasida pivoxo‘rlik avj ola boshlagan.

Bu voqealarga guvoh bo‘lgan buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy "Padarkush" asarini yozdi. Asar uch yillik qiyinchilikdan so‘ng, sahnalashtirildi. Ilk marta asar Samarqandda namoyish etildi. O‘zbek teatr san’atining birinchi dramasi bo‘lgan mazkur spektakl Turkiston o‘lkasida juda katta shov-shuv uyg‘otdi. Xalq tomoshalarga yutoqib, katta qiziqish bilan kelar edi. Odamlar spektaklni ko'rish uchun bitta qo'yning puliga chipta sotib olishga ham tayyor edilar. Yana bir qiziqarli fakt. Spektakldagi bosh rollardan birini Abdulla Avloniy o‘ynagan.

Xo‘sh, bu asar nega bunchalar mashhur
?🤔 Nega oradan yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, yana shu asarga murojaat qilindi? Bu savollarga javob bitta. Asarda o‘qimagan, otasining davrida kayfu safoga berilgan bolaning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi. Gʻoya jihatidan bu asar tik-tokdan bosh ko‘tarmayotgan avlod uchun bir oyna, ko‘zgudir.

Bu qiziqarli va odamni o‘yga toldiradigan asarni o‘qishni tavsiya qilaman.😊 Chunki, padarkushga aylanib qolmaslik uchun, tanlagan yo‘lingizga tanqidiy qarash uchun ayni mos asar.

Zangiota tumani yoshlariga bugun namoyish etilayotgan spektakl shular haqida. Men bu asarni har qanday yosh yigit-qiz umri davomida bir marta bo‘lsa ham ko‘rishi shart bo‘lgan spektakllardan biri ekaniga qat’iy ishonaman.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram