Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabuldan_soʻng
Zoyir Mirzayevning Yangiyoʻl shahrida boʻlib oʻtgan sayyor qabulida Parkentning Kumushkon qishlogʻida yashovchi, ayni paytda, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Marjona Qiyomova mahallada ish boshlagan kutubxona fondini boyitishga yordam soʻragan edi.
Bugun Parkentga 1000 ta kitob yetib bordi. Viloyat hokimining Kumushkon yoshlariga tuhfasi haqiqiy egalariga - kitobsevar yigit-qizlarga Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi boshligʻi Miraziz Mirsultonov tomonidan topshirildi.
Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan kutubxona ishini doimiy yurituvchi xodimni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, 10 million soʻm mablagʻ ajratilmoqda.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Behzod Qobulov ishtirok etdi.
✉ ️Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM