Yoshlar kundaligi | Rasmiy
52.6K subscribers
13K photos
7.75K videos
52 files
17.8K links
Муаммо борми, шу ерга ёзинг👉: @yoshlar_kundaligi_bot

Видео ва овозли хабарлар юбориш учун👉:
@Yoshlar_aloqada_bot

Расмий веб сайт: yokun.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#мурожаат_ва_натижа

Янгийўллик Дилдора Маҳмудова Ёшлар ишлари агентлиги Тошкент вилояти бошқармасига мурожаат қилиб, муамосига ечим топди. Разм солинг-а, бугун унинг ўзига ишончи баланд, кўзларида қувонч порламоқда...

‼️Азиз ёшлар! Сизда ҳам ечим топмаётган муаммолар борми? Уларни @yoshlar_aloqada_Bot орқали биз билан ўртоқлашинг. Биз мурожаатингизга масъуллар эътиборини қаратамиз. Унутманг, @yoshlar_kundaligi сизнинг каналингиз!😊🤝
___

#murojaat_va_natija

Yangiyoʻllik Dildora Mahmudova Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasiga murojaat qilib, muamosiga yechim topdi. Razm soling-a, bugun uning oʻziga ishonchi baland, koʻzlarida quvonch porlamoqda...

‼️Aziz yoshlar! Sizda ham yechim topmayotgan muammolar bormi? Ularni @yoshlar_aloqada_Bot orqali biz bilan oʻrtoqlashing. Biz murojaatingizga masʼullar eʼtiborini qaratamiz. Unutmang, @yoshlar_kundaligi sizning kanalingiz!😊🤝

https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#мурожаат_ва_натижа

Фурқат Пўлатов Янгийўл туманида истиқомат қилади. У бир неча йилдан бери ер олиб, деҳқончилик қилиш истагида эди. Ёшлар ишлари агентлиги ҳудудий бўлимига қилган мурожаати бесамар кетмади. Унга 20 сотих ер ажратилди. Ёш миришкор бу ерга булғор қалампири экишни мақсад қилди.

Ҳурматли ёшлар! Агар сизда ҳам ечим топмаётган муаммолар бўлса, @yoshlar_aloqada_Bot га жўнатинг.
____

#murojaat_va_natija

Furqat Poʻlatov Yangiyoʻl tumanida istiqomat qiladi. U bir necha yildan beri yer olib, dehqonchilik qilish istagida edi. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boʻlimiga qilgan murojaati besamar ketmadi. Unga 20 sotix yer ajratildi. Yosh mirishkor bu yerga bulgʻor qalampiri ekishni maqsad qildi.

Hurmatli yoshlar! Agar sizda ham yechim topmayotgan muammolar boʻlsa, @yoshlar_aloqada_Bot ga joʻnating.

🙋‍♀️🙋‍♂️🔥
Биз шу манзилдамиз, қадрдон👇
Biz shu manzildamiz, qadrdon👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
#Murojaat_va_natija

“Singlim 7 yildan buyon buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Shifokorlar hozirda buyrak almashtirilmasa boʻlmaydi, deyishgan. Donor ham bor. Ammo, jarrohlik amaliyoti uchun ketadigan katta xarajatga mablagʻimiz yoʻq. Ana shu mablagʻni topishda amaliy yordam qilsangiz juda katta xursand boʻlardik. Alloh sizlardan rozi boʻlsin”.

Ushbu murojaat @yoshlar_aloqada_Bot ga Bekobod tumanidan yaqinda tushgan. Yoshlar kundaligi jamoasi mazkur murojaatni tezkorlik bilan oʻrganib, sogʻliqni saqlash tashkilotlari bilan bogʻlandi. Xushxabarni endi eshiting: bemor qizni buyrak koʻchirish amaliyoti uchun navbatga joylashtirishga muvaffaq boʻldik.😊

Bu masalaga yechim, degani emas, albatta. Bemor singlimiz shifo topsagina Yoshlar kundaligi jamoasi tin oladi. Mehnatidan halovat topadi. Singilisiga qaygʻurgan akaning hissiyotlari sizga qiziq boʻlsa kerak deb videoni ilindik.

Biz siz bilanmiz, qadrdonlar, olgʻa!☺️💪💪

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw