Yoshlar kundaligi | Rasmiy
102K subscribers
12K photos
7K videos
52 files
16.3K links
Муаммо борми, шу ерга ёзинг👉: @yoshlar_kundaligi_bot

Тижорий ҳамкорлик учун: @Marketolog_YK

Видео ва овозли хабарлар юбориш учун👉:
@Yoshlar_aloqada_bot

Расмий веб сайт: yokun.uz
Download Telegram
#Lahzalar

U hali nomingni ko‘ksiga joylab,
Samolar qo‘ynida urgusidir barq.
Uni qadamingga tashlama boylab,
Qo‘yvor nabirangni, onajonim Sharq...

Abdulla Oripov she’ri.

Suratda: "Shuhrat" medali sohibi Ergash Abduraimov
.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
#lahzalar

Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda...🤗
Chappar urib gullagan bog‘in,
O‘par edim Vatan tuprog‘in.🥀

Odamlardan tinglab hikoya
O‘sar edi shoirda g‘oya.📈

Daryolardan kuylab o‘tardim,🏞
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim, ammo
O‘xshashini topmasdim aslo.😔

Hamid Olimjon she’ri.

Suratda: Parkent tumani, So‘qoq qishlog‘ida uzum fasli.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
#Lahzalar

"Bir ko‘rdim men uni — shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!"

She’r: Cho‘lpon
Suratda: Nozina Isaqova, Chirchiq shahri.
Foto: Nozim Аbdulla

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
#Lahzalar

Lampam yonur… Yaralangan qanotdek og‘ir
O‘y bosadi. Yuragimda go‘yo sel yog‘ir.
Qiynalaman. Tirishaman. Xushim parishon,
O‘tmish, hozir va kelajak ko‘rinur — har on.
Tirishaman, butun kuchim ko‘zimga kelar;
Chirog‘imga parvonadek urinar yillar,—
To‘rt atrofim to‘lib ketar kuygan qanotga…
Xayolimda: katta sahro, men minib otga —
Shamoldan tez, bulutlardan yengil chopaman;
Kuyib tushgan har qanotdan bir jon topaman.
Termilaman o‘lik ko‘zga (nega qo‘rqayin?).
Barchasidan o‘yib olib ko‘zining oyin —
Termilaman: qichqiradi yillar, odamlar.
Eshitilar menga ular bosgan qadamlar…

She’r: Usmon Nosir

Suratda: Suhrob Boymirzayev, Olmaliq shahri.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#Lahzalar

Yoz o‘tdi, kuz o‘tdi, qish o‘tdi,
Boshlardan sinovli ish o‘tdi.
Yurakka izg‘irin — nish o‘tdi,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yam-yashil qirlarni sog‘indim,
Chechakzor yerlarni sog‘indim,
U inja sirlarni sog‘indim,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Matn: Abdulla Oripov
Suratda: Bo‘stonliq tumani. Sayyohlar.

Kanalga
ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram