Yoshlar kundaligi | Rasmiy
83.7K subscribers
12.1K photos
7.05K videos
52 files
16.4K links
Муаммо борми, шу ерга ёзинг👉: @yoshlar_kundaligi_bot

Видео ва овозли хабарлар юбориш учун👉:
@Yoshlar_aloqada_bot

Расмий веб сайт: yokun.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanqid
#Bekobod_tumani

Kanalimiz adminlari joylarda bo‘lib, yoshlar bilan suhbat olib borayapti. Endi biz sizni qiynayotgan muammolarni e’lon qilib boramiz. Kuni kecha Bekobod tumanida bo‘ldik.

Bekobod tumani, "Bog‘i shamol" mahalasida yashovchi Abduvahob Maqsudov:

– Tuman xalq bankidan kredit olishga borgandik. Ko‘rib turibsizlar, ijobiy natija yo‘q. Men ulardan qarz so‘raganday. Ular odamni cho‘ktirvorayapti. Foydasi yo‘q-da... Bosh qotgan, dodimizni kimga aytamiz...

Hurmatli yoshlar! Siz-chi? Sizni qanday muammolar qiynayapti? Marhamat, @yoshlar_kundaligi adminlari sizga yordam berishga tayyor. Manzilingizni va muammoni botimizga yozib yuboring, albatta boramiz, o‘rganamiz...

Aloqa uchun: @Yoshlar_aloqada_Bot

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
#Bekobod_tumani

Bekobod tumani: barcha mahallada “Workout” sport maydonchasi qurildi.

Aloqa uchun: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram | Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
#yoshlar_murojaati

Yoshlar kundaligiga kelgan murojaatlar

#Bekobod_tumani

Murojaatchi: Tursunboyeva Nigora

Murojaat mazmuni: Joriy yilda institutni tamomlayman. Ishlashimiz uchun o‘qish joyidan ruxsat berilgan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishga kirishimga amaliy yordam kerak.

Tel.: (94) 350-06-77

***

#Bekobod_shahri

Murojaatchi: Rahmonova Maftuna

Murojaat mazmuni: Ijara uyda yashaymiz. Subsidiya olib, kreditga beriladigan uylardan sotib olmoqchimiz. Shu masalada yordam kerak.

***
#Angren_shahri

Murojaatchi: Masaidov Zoir

Murojaat mazmuni: Tadbirkorlikni tashkil etib, yangi ish o‘rinlarini yaratmoqchiman. Shu bois, mablag‘ masalasida imtiyozli kredit olsam bo‘ladimi?

Tel.: (99) 409-40-39

***
#Олмалиқ_шаҳри

Murojaatchi: Akbarova Jannatxon

Murojaat mazmuni: Xonadonlarimizni isitish bilan bog‘liq muammolar bor. Soha mas’ullariga aytishdan kami qolmadi. Iltimos, shu masalada amaliy yordam beringlar. Ikkita farzandim bilan sovuqda qiynalib qoldik.

Tel.: (99) 525-23-88

Tuman va shahar mutasaddilari, e’tibor qaratishingizni so‘raymiz!

Aloqa uchun: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram | Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani
#Osmondagi_bolalar

Bekobod tumanida yashovchi Jahongir xo‘jalik sovuni ishlab chiqaradigan korxona ochgan. Uning mahsulotlari bozorni egallagan. Puli ko‘p. Bekobodning eng oldi yigitlaridan. Unga o‘xshashni istaysizmi? Istaysiz, albatta. Unda iymanib o‘tirmay, bizga bot orqqali murojaat qiling. Yordam beramiz.

Aloqa uchun: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram | Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Osmondagi_bolalar
#Bekobod_tumani

Sherali Jo‘rayev Bekobodda mini stadion qurdi

U sportga juda qiziqadi. Ayniqsa futbolga. Sherali Jo‘rayev qo‘shiq aytishdan ko‘ra, futbol yaxshiroq ekanini tushunib qoldi. Qolaversa, futbol bizda ham, jahonda ham biznes ekanini hamma biladi. Ey, dedi, ashulanggayam dedi, shartta bankdan kredit olib stadion qurdi. O‘zbekda u, qiziqqonda u!

Aytgancha, boya Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi matbuot kotibi Shoira Axunjonova aytib qoldi. Bir mashhur hofiz bu voqeani eshitib qolib, Bekoboddagi adashini ko‘rgani bormoqchi bo‘lib yurganmish...

Aloqa uchun: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram | Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
#yoshlar_murojaati

Kanalimizga yoshlardan kelayotgan murojaatlarni mutasaddilarga havola qilishda davom etamiz. Aytgancha, zamondan nusxa olib, @yoshlar_kundaligi ham temir daftar yuritishni boshladi. Bizning temir daftarda murojaatlar va unga befarq bo‘lgan, hal etishga yordam bermagan akaxonlar, kattakonlar bo‘ladi...
😊👍😎
___

#Ohangaron_tumani

Murojaatchi: Buvanazarov Shahboz

Murojaat mazmuni: Tumanimizdagi ATB Agrobank filialidan kredit olishda muammolar bor. 2020 yil tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yaman bankka murojaat qilgan edim. So‘ralgan barcha hujjatlarni taqdim etganman. Ammo natija yo‘q. Iltimos, murojaatimni e’tiborsiz qoldirmanglar.

Tel.: (99) 099-93-69

***

Murojaatchi: Noraliyev Ulug‘bek

Murojaat mazmuni: Ohangaron tumanidagi “Ko‘ksaroy” MFYda istiqomat qilaman. Tadbirkorlikka qiziqqanim bois, chorvachilik yo‘nalishida ish boshlamoqchiman. Kredit olib, ishni boshlashimda amaliy yordam kerak.

Tel.: (93) 534-04-09

***

#Bekobod_shahri

Murojaatchi: Muhamedov Sardor

Murojaat mazmuni: Bekobod shahridagi “Nurli yo‘l” MFY hududida Wi-Fi o‘rnatish ishlari yakuniga yetmay qolgan. Shuningdek, “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar ham chala qolib ketgan. Shu masalaga mutasaddilar e’tibor qaratsa yaxshi bo‘lardi.

Tel.: (90) 930-62-46

***

#Bekobod_tumani

Murojaatchi: Abdunazarova Sarvinoz

Murojaat mazmuni: Turmushim buzilib, 7 yildan beri uysizman. Bir nafar farzandim bilan ota-onamni uyida yashab kelmoqdaman. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqichida sirtqi o‘qiyman. Ishga joylashish masalasida amaliy yordam kerak edi.

Tel.: (99) 301-81-94

Aloqa uchun: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram | Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
#Yoshlar_murojaati

Kanalimizga yoshlardan kelayotgan murojaatlar mutasaddilarga havola etishda davom etamiz. Hurmatli mutasaddilar, murojaatlarni o‘qir ekanmiz xayolimizdan nahotki kelajagimiz egasi bo‘lgan yoshlar taqdiriga bu qadar e’tiborsizlik bilan qarashingiz hayratimizni oshirmoqda. Sizni o‘z farzandingiz hayoti qiziqtirmas ekan, bilingki, bu egallab turgan lavozimga munosib emassiz! Murojaatlar quruq qog‘ozda qolmasin, uni ijrosini ta’minlab xalqning duosini olishdek ezgu ishlarga kamarbasta bo‘ling. Bunday xayrli ishlarga befarqlik kechirilmas xatoga aylanishini yodingizda saqlang!

___

#Bekobod_tumani

Murojaatchi: O‘rinboyev Ilhomjon

Murojaat mazmuni: Men Toshkent viloyati Bekobod tumani 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi O‘rinboyev Ilxomjon bo‘laman. Ayni kunda maktabimizda 385 nafar o‘quvchi o‘qiydi. Maktabimizda sport zali xaligacha qurilgani yo‘q. Sport zali va jihozlari yo‘qligi sababli darslarni sinf xonalarida o‘tayapmiz. Shuningdek, biologiya, kimyo, fizika darslaridan labaratoriya jihozlari to‘liq emas. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam berishinlaringizni so‘raymiz.

Tel.: (91) 624-08-10

#Bekobod_shahri

Murojaatchi: Uvaitova Nargiza

Murojaat mazmuni: Yolg‘iz ayolman. Boquvchim yo‘q. Oylik maoshim ro‘zg‘ordan ortmay qoldi. Har oy kredit to‘layman. Moddiy tomondan qiynalib qoldim. Iltimos, menga amaliy yordam beringlar. Shahrimizdagi zavodga ishga kirishimga ko‘maklashinglar.

Tel.: Tel.: (90) 118-76-87

#Piskent_tumani

Murojaatchi: Odilov Qodir

Murojaat mazmuni: Bir do‘stim yangi mahallaga ko‘chib bordi. Ko‘chasi ta’mirtalab, yog‘ingarchilik kunlarda yurib bo‘lmaydi. Shu masalada amaliy yordam berishingizni so'rayman.

Tel.: (97) 543-47-83

Aloqa uchun
: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram | Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
#yoshlar_murojaati

Bekobod tomonlarda nima gap? “Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Kredit olishda amaliy yordam bera olasizlarmi? Bankka borishdan foyda bo‘lmadi.”

Bizga kelayotgan murojaatlarni e’lon qilishda davom etamiz. Quyidagi muammo va kamchiliklardan xabardor bo‘layotgan mas’ullar! Ijtimoiy tarmoqning tezkorligi, vaziyatga munosabat bildirish lozimligi, muhimi natijakorlikka e’tibor qaratish kerakligini yoddan chiqarmang.

#Bekobod_shahri

Murojaatchi: Ashuraliyev Gʻayrat

Murojaat mazmuni: qurilish sohasida ishga kirish masalasida murojaat qilayotgan edim. Iltimos, amaliy yordam beringlar.

Tel.: Tel.: (90) 033-23-73

***

#Bekobod_tumani

Murojaatchi: Ashurqulov Ma’murjon

Murojaat mazmuni: tumanimizdagi bo‘sh yotgan yer maydonida fermerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, yoshlarni ish bilan ta’minlamoqchiman. Ushbu masalada tuman hokimiga murojaat qilganman. Ammo, foydasi bo‘lmadi.

Tel.: (94) 943-33-74

***

Murojaatchi: Muhtorov Vohid

Murojaat mazmuni: Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Kredit olishimda amaliy yordam bera olasizlarmi? Bankka borishdan foyda bo‘lmadi.

Tel.: (99) 984-11-62

***

#Yuqori_Chirchiq_tumani

Murojaatchi: Nishanova Mayram

Murojaat mazmuni: O‘n yildan buyon ijara uyda yashayman. Ikki nafar farzandim bilan qiynalib qoldim. Hech bo‘lmasa, 3 sotix yer ajratib bersa, bir amallab uy qurib olar edik.

Tel.: (99) 085-26-80

Aloqa uchun
: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram | Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani
#Yoshlar_kundaligiga_murojaatdan_song

Bekobod tumani "Bog‘ishamol" mahallasida istiqomat qiluvchi Maqsudov Abduvaxob tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun "Yoshlar kundaligi" telegramm kanaliga kredit 🏦so‘rab murojaat qilgan.

Murojaat mutasaddilar tomonidan o‘rganilib kredit masalasi ijobiy hal qilindi. 😊Quvonarlisi, hozirda Abduvaxob ham yosh tadbirkorlar safidan o‘rin olish arafasida.😎

Aloqa uchun: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani
#Yoshlar_kundaligiga_murojaatdan_song

📌Bekobod tumani "Savrak" mahallasida istiqomat qiluvchi Ashirqulov Ma’murjon dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida "Yoshlar kundaligi" telegramm kanaliga yer so‘rab murojaat qilgan.

Ma’murjonning murojaati mutasaddilar tomonidan o‘rganilib ijobiy hal qilindi. Hozirda u oila a’zolari bilan birgalikda katta rejalar bilan faoliyatini boshlash arafasida.😉

Aloqa uchun: @Yoshlar_aloqada_Bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Instagram | Facebook

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw