Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.43K subscribers
21.1K photos
4.38K videos
464 files
9.32K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Продолжается процесс онлайн приема на 1 класс!

📌 Уважаемые родители!

Спешим сообщить вам о новом удобном процессе электронного приема.

💡 Начинается прием в 1 класс общеобразовательных школ по вакантным местам из регионов, граничащих с территориями, где осуществляется электронный прием.

💬 То есть, граждане имеющие постоянную прописку в районах Республики, могут подать онлайн заявку в 1 класс общеоброзовательных школ, расположенных в городах и в центрах областей, имеющих свободные места.

📍 Для этого, граждане могут пройти процесс онлайн приема, зарегистрировавшись на сайте Министерства дошкольного и школьного образования my.maktab.uz.

📱 В этой инструкции в последовательности перечислены этапы регистрации на сайте my.maktab.uz.

☎️ Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале @mymaktab_uz или по телефону номеру 71 203-07-04.

Ссылка на официальные страницы министерства:
📱 Telegram | 📺Youtube | 📱Facebook | 📱Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Президент_cовғаси

🔴 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi

Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun “Prezident sovg‘asi" xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.

1- sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:

✔️ O‘quvchi sumkasi
✔️ 12 dona daftar
✔️ Rasm daftari
✔️ Akvarel bo‘yoqlari
✔️ Rangli qog‘oz
✔️ Qalamdon
✔️ Sharikli ruchka
✔️ Rangli qalam
✔️ 2 dona oddiy qalam
✔️ Plastilin
✔️ Yelim
✔️ 2 dona o‘chirg‘ich

❗️“Prezident sovg‘asi” joriy yilning 25-avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.

❗️ Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz.
___________

2023/2024 учебный год в школах начнется 4 сентября

В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан «Об установлении дополнительных нерабочих дней и переносе выходных дней в период празднования официальных дат в 2023 году» в связи с празднованием Дня Независимости 2 сентября-суббота, установленная в качестве дополнительного выходного дня, 1-3 сентября является выходным днем для всех.

❗️ В связи с этим сообщаем, что новый-2023/2024 учебный год во всех школах республики начнется с 4 сентября 2023 года (понедельник).

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.

“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.

Shu munosabat bilan, vazirlikning 2023-yil 9-avgustdagi tegishli xati bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2023-yil 1-noyabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda 2024-yil 1-yanvardan boshlab tizimni amaliyotga joriy etish topshirilgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📔 Yozgi maktab doirasida yangi kitob!

🏅 MATEMATIKADAN OLIMPIADA TESTLARI-2: ULUGʻBEK IZDOSHLARI-2023

1️⃣ Yozgi maktab ishtirokchilari uchun yana bir imkoniyat!

Ushbu kitobda 1-8 sinf oʻquvchilariga moʻljallangan 600 ta masala va ularning video yechimlari mavjud.

🆓 Barcha finalchilarga olimpiada kuni bepul taqdim etiladi.

🗓 Yozgi maktab 14-18 avgust kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

📋 Yozgi maktab dasturi haqida batafsil: ➡️ https://t.iss.one/khiso/4327

Loyihaning bosh homiysi -
TIFT universiteti

🆘 Yozgi maktabda roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling: 📱+998932825657
RASMIY MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Hazorasp tumanidan Xiva shahrida 12-13-avgust kunlari oʻtkaziladigan anʼanaviy “Qovun sayli”ga maktab va bogʻcha direktorlaridan  700 ming soʻmdan pul mablagʻi yigʻilib, boʻlim rahbariga berilganligi haqida xabar tarqatildi.

Xabarda keltirilgan holat viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻrganildi.

Oʻrganish davomida xabarda keltirilgan holat oʻz isbotini topmadi.

Tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40-moddasida, shuningdek, nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish orqali tuhmat qilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasida javobgarliklar nazarda tutilganligini eslatib oʻtamiz.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi o‘quv yilini yangi bilimlar, yangi g‘alabalar va yangi do‘stlar bilan qarshi oling!

⚡️ "ULUG‘BEK IZDOSHLARI"
olimpiadasining 3-mavsumining final bosqichi 5 kunlik yozgi maktab shaklida o‘tkaziladi.

🎁 G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

🗓 Yozgi maktab 14-18 avgust kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

📋 Yozgi maktab dasturi haqida batafsil: ➡️ https://t.iss.one/khiso/4327

Loyihaning bosh homiysi -
TIFT universiteti

Batafsil
ma'lumot 📞 +998932825657 raqami orqali olishingiz mumkin.
“Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionatidan lavhalar
---------------------------------Кадры I Открытого чемпионата Азии по спортивной версии игры «Заковат»
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
#Statistika

Xorazm viloyatida jami 543 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, 363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari, jami 930 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Mavjud 543 ta umumta’lim maktablaridan 343 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan, 169 tasiga 2018-2021-yillar davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan. Yana 36 ta maktabni markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.

Bugungi kunda 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan.

Shuningdek, 363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan 326 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lib, 24 tasiga suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan, 13 tasini toza ichimlik suvi tarmog‘iga ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.

Viloyatda mavjud 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarining 13 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lib, 1 ta maktabni ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.


Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt