Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.44K subscribers
21.1K photos
4.39K videos
464 files
9.34K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from KUNTESTI |Rasmiy kanal
#xorazmviloyati
#statistika

Xayrli kun bilimdon va intiluvchan oʻquvchilar!

Endi viloyatlardagi tumanlar boʻyicha statistikalarni berishni yoʻlga qoʻymoqdamiz!

Bugun sizga kuntesti mobil ilovamizda roʻyxatdan oʻtgan va faol holatda testlarda qatnashayotgan oʻquvchilar sonini Xorazm viloyatidagi tumanlar kesimidan keltiramiz!

Ayni vaqtda oʻquvchilar soni boʻyicha Yangibozor, Xonqa va Shovot tumanlari top-3 talikda📊

Xorazm viloyatidagi boshqa tumanlarni ham faol boʻlishga chorlab qolamiz🤚🏻

👉 @kuntesti
#statistika

“Ustoz-2021” Milliy mukofoti bo’yicha to’liq statistikani e’tiboringizga havola etamiz!

Tanlovda faollikni qo’ldan bermay kelayotgan hudud- Andijon viloyati. Qolgan viloyatlardan ham faollik kutib qolamiz!

Telegram| Facebook| Instagram
#statistika
"Ustoz-2021" Milliy mukofotining 2- saralash bosqichiga o'tgan ishtirokchilarning viloyatlar kesimidagi statistikasi bilan tanishing.

Xo'sh, keyingi bosqichda birinchilikni qaysi viloyat qo'lga oladi, deb o'ylaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
__________________________________

Статистика участников 2-го отборочного этапа Национальной премии «Учитель-2021» в разрезе регионов.

Итак, как вы думаете, какой из регионов займет первенство на следующем этапе? Оставляйте свои варианты в комментариях.

Telegram| Facebook| Instagram
#Statistika
#Bitiruvchi

Muddatdan oldin oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan maktab bitiruvchilari statistikasi

✔️ 2022-2023-o’quv yilidagi bitiruvchilar - 382 273 nafar
✔️ Muddatidan oldin OTM qabul qilinganlar - 12 340 nafar

Shundan:
Xorijiy OTM kirganlar - 4 113 nafar
Xorijiy OTM O’zbekistondagi filialiga kirganlar - 3 853 nafar
Nodavlat OTM kirganlar - 4 374 nafar

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Oromgoh
#Statistika

2023 yilda oromgohlarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, bolalarni mazmunli dam olishlarini yo‘lga qo‘yish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️ Joriy yilda 200 ta statsionar oromgohlarda jami 157 775 nafar bolalar dam oldirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 195 ta oromgohlarda 106 840 ta bolalar dam oldirildi.

✔️ Joriy yilning 10-iyul holatiga Yoz mavsumi davomida umumta’lim muassasalarining 309 192 nafar o‘quvchilari teatrlarga, 22 010 nafari muzeylarga hamda 25 448 nafari tarixiy manzilgohlarga sayohatlarga jalb etildi.

✔️ “Tog‘ sarguzashtlari” festivalining respublika bosqichi 2023-yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Chimyon tog‘ yonbag‘rida o‘tkazildi. Festival jarayonlariga 27 433 nafar o‘quvchi-yoshlar hamda 597 nafardan ortiq pedagoglar qamrab olindi.

✔️ “Barkamol avlod” bolalar maktablarida faoliyat yuritayotgan hamda ilg‘or ish tajribalariga ega bo‘lgan to‘garak rahbarlarini aniqlash, ularning mehnatini munosib taqdirlash va ommalashtirish maqsadida “Yil to‘garak rahbari” tanlovi tashkil etildi.

❗️Tanlovning 1-bosqichida respublikaning barcha tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablarining 1574 nafar to‘garak rahbarlari qamrab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
#Statistika

Xorazm viloyatida jami 543 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, 363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari, jami 930 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Mavjud 543 ta umumta’lim maktablaridan 343 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan, 169 tasiga 2018-2021-yillar davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan. Yana 36 ta maktabni markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.

Bugungi kunda 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan.

Shuningdek, 363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan 326 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lib, 24 tasiga suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan, 13 tasini toza ichimlik suvi tarmog‘iga ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.

Viloyatda mavjud 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarining 13 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lib, 1 ta maktabni ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.


Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt