Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.44K subscribers
21.1K photos
4.39K videos
464 files
9.34K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2023-yil 5-maydagi 5/2-sonli qo‘shma qaroriga asosan 2023-2024-o‘quv yilida alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining 1-sinflariga o‘quvchilarni qabul qilish va yuqori sinflarda ta’lim oladigan o‘quvchilarni chiqarish, bo‘shagan joylarga qabulni samarali va tizimli tashkil etish hamda inklyuziv ta’lim oladigan bolalarni psixologik, tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tkazish ishlari joriy yilning 14 -avgustidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi qoshidagi psixologig-tibbiy pedagogik komissiyasi o‘z ish faoliyatini boshladi.

joriy yil 14-30-avgust kunlari aqliy, ruhiy, nutqiy, tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan va ko‘rish, eshitish imkoniyati cheklangan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, PTP komissiyasining xulosalariga ko‘ra turli tipdagi maktab-internatlariga joylashtirilish uchun yo'llanmalar beriladi.
MAS'ULLAR O'QUV YILIGA TAYYORGARLIK VA YANGI TAHRIRDAGI “ODOB-AXLOQ QOIDALARI" O'QUV SEMINARI MUHOKAMASIDA
🔴 Ayni vaqtda Xonqa tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida tuman o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashgan maktab-internati binosida Xorazm viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Xorazm viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘linmasi, Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyat kengashi hamkorligida "Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalarni belgilab olish" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda Urganch shahar umumta’lim maktablari direktorlari, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, direktorning vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar ishtirok qildilar.

O‘quv seminari davomida Yangi O‘zbekistan Konstitutsiyasida ta’lim-tarbiya va yoshlar masalalari, maktabda ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar, tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etgan direktor o‘rinbosarlarini rag‘batlantish tartibi, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, maktabda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

O‘quv seminari barcha tuman va shaharlarda reja grafik asosida davom qiladi.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumki, maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Aqlvoy oshpaz” retseptlar toʻplamidan foydalangan holda yagona mavsumiy taomnoma ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Videoda mazkur taomnomaga muvofiq nonushta, birinchi va ikkinchi tushliklar tayyorlanishi ko'rsatib berilgan:

Nonushta
🍚Suli yormasidan bo'tqa
🥪Pishloqli buterbrodlar
☕️Kakao ichimligi

1-tushlik
🍲Borsh
🥣Shavla
🍹Olchali kompot

2-tushlik
🍮Shokoladli keks
🍌🍎Mavsumiy mevalar
Forwarded from KHISO olimpiada
5️⃣5️⃣5️⃣

👩🏻‍🏫 Ko‘p sonli murojaatlarga binoan o‘qituvchilar uchun navbatdagi olimpiada o‘tkazilmoqda!

📀 O‘tkazib yubormang!

💠 Ertaga 16-avgust kuni soat 11:00 dan soat 23:00 ga qadar khiso.uz platformasida quyidagi fanlardan o‘tkazilmoqda:

Matematika
🧲 Fizika
🧪 Kimyo
🦠 Biologiya
👩‍💻 Informatika
🌐 Geografiya
✍️ Ona tili va adabiyot
🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
🇩🇪 Nemis tili
🇫🇷 Fransuz tili
🛖 Qoraqalpoq tili
🚩 Tarix
✏️ Boshlang‘ich ta’lim
⚖️ Huquq
✏️ Tasviriy san’at va chizmachilik
📖 Tarbiya
🛠 Texnologiya (Servis va Dizayn)
🎵 Musiqa

⬇️ Barcha o‘qituvchilar soat 23:00 da QR kodli sertifikat yuklab olishadi.
🔠 Testlar soni 20 ta bo‘lib, oson-o‘rtacha-qiyin tartibda tuzilgan.
🖼 Ishtirokingizga mos reyting ballariga ham ega bo‘lasiz.

📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

➡️ Qo‘shimcha savollar uchun admin: @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_oʻquv_yiliga_tayyorgarlik

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati yangi o‘quv yiliga tayyor.

Bu haqda ushbu videolavha orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt