Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
504 subscribers
880 photos
192 videos
5 files
729 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#ona_tilim

“SO‘Z DURLARIN TERMOQ..."


Iqbol MIRZO,
O‘zbekiston xalq shoiri.

“So‘z ham tirik mavjudot. Uning chaqaloqlik bolalik, o‘smirlik hamda balog‘at chog‘lari bo‘ladi. So‘zda mansub xalqning ruhi, fe’l-atvori aks etadi. O‘z so‘zingni qo‘yib, o‘zganing zaboniga suyanish - o‘z jigaringni uyingdan haydab, begonani yetaklab yurishdek gap..”

(Erkin Vohidov suhbatlaridan)

So‘z xiyoboni (Adiblar so‘z tarifida) kitobidan.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim

Kecha bittasi azbaroyi zerikkanidan Fb(!)ga yozibdi: “Xolodes”ning o‘zbekchasi nima bo‘ladi?”

Topqir o‘zbegim bir dunyo variantlarni qalashtirib tashlaganki, o‘qib maza qivorasiz! Mana ular: “liqqildoq”, “kilkildoq”, “qilpildoq”, “bilqildoq”, “jippildoq”, “dirildoq”, “hilhildoq”, “biliq-biliq”, “muzsho‘rva”, “yumshoqsovuq”, “ilvira”, “yaxnama”, “liq-liqa”, “liqliqi”, “aspiq”, “hashlama”, xorazmliklar “do‘ngdirmo” derkan, bittasi jonini ko‘p koyitib o‘tirmay “pishirib, sovutilgan yaxna go‘sht” deb qo‘ya qoldi. Mana sizga olam-olam so‘z! Xalq ziyrak. Xalq dono. Xalq topqir.

Sh.IBROHIMOV
Facebook

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕKCHA KUYLANG

(«O‘zbekiston 24» telekanali suxandoni
Arevat Grigoryanga)

Qay zamon keldiki, ustimiz yechib,
Choponni ko‘mishni odatga yo‘ydik.
Hatto «o‘zbek» degan unvondan kechib,
Ajnabiy poyiga boshimiz qo‘ydik!

Farzandimiz o‘zga tilda sharaqlab,
So‘zladi, zavqlandik, chapaklar chaldik!
Ikki o‘zbek boshqa tilda valaqlab...
Qarang, oqibatda kim bo‘lib qoldik?

Arman qiz sochini o‘zbekcha o‘rib,
O‘zbekka o‘zbekcha o‘rgatib qo‘ydi!
Yuragim zavqlanar, ham og‘rir ko‘rib,
U bizni o‘zidan ortiqroq suydi!

Men unga boshimni tekkizib yerga,
O‘zbekcha ta’zimlar qilaman cheksiz!
Nasrga solaman sig‘masa she’rga,
Arevat, siz toza o‘zbek qizisiz!

Arevat, o‘zbekcha kuylang, baralla,
Bobo o‘zanidan ketganlar qaytar!
Ishonaman, kelar shundayin palla,
Dunyo ko‘nglidagin o‘zbekcha aytar!


✍️Fozil Farhod

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM – JON TOMIRIM

Lutfiyning lutfi bilan
Loying she’rga qorgansan,
Boburning nafasida
Hindistonga borgansan,
Navoiy Xamsasida
Yuragimda qolgansan,
Ona tilim, ona tilim!

Jadidlaring otilgan,
Kechgan sen deb jonidan,
«O‘tkan kunlar» bitilgan
Qodiriyning qonidan,
Cho‘lpon voz kechib ketgan
Seni deb osmonidan,
Ona tilim, ona tilim!

Sohibqiron Temurning
Ko‘ksidagi g‘urursan,
Mirzo Ko‘ragoniyning
Rasadida mashhursan,
Ellik million yurakning,
Toleyisan, mag‘rursan,
Ona tilim, ona tilim!

✍️Mirzohid Botirov

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM

Ona tilim – onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikda o‘xshar
ona tuproqqa.

Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazina-yu bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til,
Bu dunyoga bag‘ishlaymiz ne daho.


✍️Mirtеmir

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Ona_tilim

Bu yerda, O‘zbekistonda do‘stlarim meni Nodira deb chaqirishadi,deydi Bay Yang.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_mangu_makonim

TO‘QQIZINCHI FЕVRAL


Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sen bu kecha boshimda
O‘zbek tilidagi qo‘shiqlarni aytib turmasang.

Men ertaga o‘laman,
ona,
Agar sening kelinlaring bu kecha
Buyuk shoirlarni tug‘masa agar.

Men ertaga o‘laman,
ona,
Agar sening baxshilaring bu kecha
Tonggacha tugatolmasa «Alpomish» dostonini.

Men ertaga o‘laman,
ona,
Daraxt shoxlarida qushlar bu kecha
«Lison ut-tayr»ni takror etmasa,
Men ertaga o‘laman,
ona.

Uxlay olmadim men...
Boshimda qadimiy qo‘shiqlar aytding,
Kelinlaring tug‘di ulug‘ shoirlaringni.

Baxshilar...
Nafasi tiqilib bo‘g‘izlariga
«Alpomish» so‘ngini aytdilar tongda.

Qushlar...
Daraxt shoxlarida titragan qushlar,
Navoiy tilida gapirib chiqdi.
Men hech qachon o‘lmayman,
ona!

✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBEK TILIM
(Qasida)

Dilbarimsan shu jahonda,
dilrabo o‘zbek
tilim,
Ham go‘zalsan, ham asal,
ohanrabo o‘zbek
tilim.

Deydilar: forsiy – shakar,
lafzi arab – durri guhar,
Sen shakardirsan, guharsan
bebaho, o‘zbek
tilim.

Necha so‘z forsiydin olding,
chun arabdin ham necha,
Baski, turkiy shiddating ul
serjilo, o‘zbek
tilim.

Chin nafosat sendadir,
Sehr-u salobat sendadir,
Ul sababdin ham etarsan
mahliyo, o‘zbek
tilim.

Gar maqom aytsak, jaranglab,
ko‘kka yetgaydir maqom,
Alla aytsak, ne ajab
shirin ado o‘zbek
tilim.

✍️Jamol Kamol

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

✔️Aslida kundalik hayotimizda o‘zbek tilidan sof foydalanish bu - haqiqiy zamonaviylik.

Ajnabiy so‘zlarni aralashtirib gapirish emas!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#ona_tilim_mangu_makonim

SUF


Talpinarman uchmoq istab, beqanot har onga suf!
Uy faqat tinglovchi bo‘lsa, nolayi afg‘onga suf!

Ne o‘zi poklik, haromlik? Qaydadir sarhadlari?
Rost libosin tanga ilgan serfirib yolg‘onga suf!

Yer kasal... Dengiz ado... Daryolari nimjonlashar,
Malhami bo‘lmoqqa ojiz har yo‘riq, farmonga suf!

Boshidan yog‘sa zaharlar, to‘lsa og‘u oshiga,
Shunda ham mum tishlasa, ul notavon-nolonga suf!

Xalqini ochlikda ko‘rsa, qandayin uxlar, ajab?!
O‘zni dono deb hisoblar rahbari nodonga suf!

Onajon ham o‘z tilimdir, bag‘ri qon ham o‘z
tilim,
O‘z tiliga soqchi ermas shoiri davronga suf!

El uchun birlik – najot, birlik – tayanch, Gulchehra, bil,
Birligingdan yuz o‘girsang, sendayin insonga suf!


✍️Gulchehra Nurullayeva

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎬 "BEKAT"

🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.

🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕK
TILIM

Ko‘p qadimman,
Karvon bilan zamonlar kechdim,
Nor tuyaning norligi ham afsona ekan.
Bir kun tuya ayronini shifo deb ichdim,

Ona tuya nomi esa arvona ekan.
Davronimni surganman ham oq otga minib,
Hay-hay, uning qo‘ltig‘ida bor edi qanot.
Vaqti kelib, shon-shuhratdan xayolim tinib,

Bilsam, o‘sha oq otimni derkanlar – bo‘z ot.
Yuksak Hisor tog‘larining bag‘rida qat-qat,
Toshni yorib o‘sib yotgan na’matak edi.
Ustoz Oybek she’rin eslab shoir Xolmamat,

Bizning joyda uning nomi «Hululu», dedi.
Sen tuganmas chashmadirsan, oh,
ona tilim,
Yetmish ikki tomirimga mavjlaring bordi.
Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,

«Sandulochim!» – degan edim sayrab yubordi.
Inson degan qutlug‘ so‘zning tengi yo‘q hech bir,
U tanhodir, falaklarning quyoshi misol.
Lekin manov bolakaydir, bunisi o‘smir,
Bu yigitdir, bu zot esa bobo, oqsoqol.


✍️Abdulla Oripov

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

✔️ Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi chogʻida oʻzbek tilida tilak bildirdi.

Ushbu jarayon uning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Forwarded from Qumanjir🌵
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Qozoq futbol jamoatchiligi o‘zbek tilida O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba tiladi!

Bugun, soat 21:00 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu muhim bahs oldidan qozoq futbol jamoatchiligi vakillari qo‘shni O‘zbekiston jamoasiga omad tilab, iliq tilaklarini bildirishdi.

Qardosh xalqlar birligi sport maydonlarida ham namoyon bo‘lishi quvonarli hol. Jamoamizga g‘alaba va JCH-2026 sari muvaffaqiyat tilaymiz!

qumanjir🌵
#ona_tilim_mangu_makonim

* * *
Iltimos, so‘z aytganda
Chap ko‘krakni soxta tutmang siz,
Samimiylik sun’iy, juda oz!
O‘tinchim shu – til haqda aslo
Gapira ko‘rmang balandparvoz!
O‘z holiga qo‘ying zabonni,
Toki borligicha to‘kilsin...
Gard yuqqanmi, alaf bosganmi,
Undan amon qutulib olsin!
Eshitaylik shundayligicha,
Chunki tilning sizu bizsiz ham
Qobiq tilli sodiqlari bor.
Qofiya bog‘lab o‘tirmay men ham,
Yangrasin toki borligicha...
Tinch qo‘yaylik o‘tganlarni ham,
Til deb tildan qolganlarni ham,
Mayli,
Kimdir gapirsin go‘yo ilk bor
Soqov tilga kirgandek o‘qchib,
Kimdir yursin gapirmay qochib...
O‘rtamaylik tilni, iltimos,
Kim bilmasa, unutsin, mayli,
Chunki mening
tilim muhtojmas
Badtabdil va suxanbozlarga,
Iltimos, til haqda xo‘b gapirib,
Zada qilmang boshqalarni,
Ko‘krakka qo‘yib o‘ng qo‘lingizni!
Poylab turar zotan Shayton
Qachon yo‘ldan ozib
Tildan qolishimizni...
Iltimos, bu tilda to‘qiy ko‘rmang so‘z
Faqat istagingiz ayting, xolos!
Bu tilda yolg‘on gapirib bo‘lmas.
Iltimos,
Siz mening tilimda gapira
ko‘rmang!

Davron Rajab
(1967-yilda tug‘ilgan)


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

⚠️O‘zga tilning hisobiga o‘z tilini unutish yoki unutgandek ko‘rsatish o‘zligidan voz kechishdir.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

NAVOIY


Bir zamonlar elimiz
Qorong‘uda qolmishdi.
Bu choqlarda tilimiz
Yorli ism olmishdi.

U choqlarda yetishgan
Bizning adib, shoirlar
To‘g‘ri yo‘ldan ozdilar;
O‘zga elning tilida
Ancha asar yozdilar.
O‘z tilini yomonlab,
O‘zga tilni sevdilar.
Arab, forsiy tillarin
«Go‘zal tildir», dedilar.

«Bu tushuncha yanglishdir,
O‘z tilini sevmaslik
Eng yaramas bir ishdir.
Biz yashamoq istasak
Tilimizni sevaylik.
Bizning tilni yaramas,
Yorli degan kishilar
Yanglishlar, shubhasiz,
Bizning til ham boy tildir»,
Dedi ongli bir kishi.

Arab, forsiy qullari
U so‘zlarni eshitgach,
Xaxolashib kuldilar.
Mazax qilib: «Bu kishi
Telba bo‘lmish», dedilar.
Bunday yanglish so‘zlarga
U kishi hech boqmadi.
Buyuk tilak yo‘lida
Kecha-kunduz ishladi.
So‘zlarining haqligin
Ishlar bilan ko‘rsatdi.

«U kishi kim?» desangiz,
Aytib beray, o‘rtoqlar.
U kishini bilsangiz,
Buyuk shoir Navoiy.

Shuning uchun, bolalar,
Navoiyni sevaylik.
Navoiyning otini
Oltin bilan yozaylik.


✍️Botu
(1904 – 1938)

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ