Kvazarlar nima?
Savol:
Oʻtkir Hoshimovning “Kvazarlar” nomli asari bor. Shuning lugʻaviy maʼnosi nima?
Javob:
Bu atama inglizcha quasar soʻzidan olingan, u esa quasi-stellar soʻzlaridan yasalgan boʻlib, yulduzga oʻxshash degan maʼnoni anglatadi.
Kichik kvazar blazar deyiladi.
Milliy ensiklopediyaga koʻra, kvazarlar burchak oʻlchamlari juda kichik kosmik obyektlardir. Galaktikamizdan ancha uzoqda joylashgan kuchli nurlanish manbai boʻlib, optik diapazonda xira yulduzsimon koʻrinishga ega. Ilk bor 1960-yili radionurlanish manbai sifatida topilgan.
Kvazarlar galaktikadagi eng yorqin jismlardan biridir. Shu sababli ularni koinot mayoqlari deb ham atashadi. 2019-yili eng yirik kvazarlardan biri aniqlangan. Uning yorugʻligi 600 trillion quyoshga teng deb baholangan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, milliondan ortiq kvazar aniqlangan.
🧐 Suratda NGC 4319 galaktikasi va Markarian 205 kvazari.
#Soʻragan_edingiz
@oriftolib

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim
🎬 "BEKAT"
🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.
🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

#joy_nomlari
BARZUVON
✔️Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi qishloq nomi.
✔️Mazkur Barzu toponimi sug'd tilida "baland", "bahaybat" ma'nosini anglatsa, -on ("-lar") affiksi esa forscha ko'plikni ifodalovchi qo'shimcha hisoblanadi.
✔️Tali Barzu tepaligi nomi ham shu asosda yasalgan.
📙"OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI"dan
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram

⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-soni bilan tanishing:
📱Elektron gazeta
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📱Elektron gazeta
🟢 Bahrom IRZAYEV:
ALASH QAHRAMONI
🟢 Halim SAIDOV:
MA’RIFAT LIBOSIDAGI OZODLIK
🟢 Olimjon DAVLATOV:
BOQIBEG‘AMGA BAXT BEGONA
🟢 Nazar ESHONQUL:
ADABIY TIL MAKTABI QAYERDA?
🟢 B.KARIM:
OZAR OLIMASINING QO‘SH TUHFASI
🟢 Avazbek NOSIROV:
OLIM BO‘LSANG, OLAM SENIKI
🟢 Ro‘zimboy HASAN:
JAVONDA “QARIYOTGAN” TO‘NLAR
🟢 Eshqobil SHUKUR:
VORONKANING O‘ZBEKCHASI NIMA?
🟢 Umid BEKMUHAMMAD:
TARIX ILMINING RUSTAMI DOSTONI
🟢 G.UMAROVA:
“BUYUKLAR HAQIDA 100 TA DALIL”
🟢 Muhayyo RUSTAM qizi:
QO‘LDA TO‘QILGAN “UCHAR GILAM”LAR
🟢 D. DO‘STBEKOV:
IKKIMIZNING ERTAKLARIMIZ
🟢 Shahriyor SHAVKAT:
“BOBOLAR IZIDAN...”
🟢 Ravoj O‘TAR:
YURT ISHQI
🟢 O‘rolboy QOBIL:
AFANDINING QARINDOSHLARI
🟢 Shukur LATIF:
KIMNING USTIDAN KULYAPSIZ?
🟢 Otabek BAKIROV:
BIZDAN QAY ISH LOZIM BO‘LSA, BARCHASIGA TAYYORMIZ!
🟢 G. FAYZIYEVA:
CHIROYLI VA KIROYI PREMYERALAR
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Eski turkiylarda “yomg‘irpush” madaniyati
Bugungi turkiylarning ko‘pchiligi “yomg‘irpush”ning o‘rniga arab yoki forschadan o‘zlashgan so‘zlarni ishlatadi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3928

Forwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#taqdimot
"Jadidlar faoliyatida alifbo va imlo masalalari" kitobining taqdimoti.
2025-yil 8-iyul kuni Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘linmasida, tinglovchilar ishtirokida Markaz direktori I.Azimovning “Jadidlar faoliyatida alifbo va imlo masalalari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Hududiy bo‘linma rahbari, dotsent H.Yodgorov mazkur kitobning yozilish tarixi, uning ilmiy-amaliy va tarixiy ahamiyati, jadid ma’rifatparvarlarining o‘zbek milliy tili, o‘zbek alifbosi va imlosi borasidagi faoliyatlarini yoritishda asl manbalarning berilishi hamda muallifning bu borada olib borgan izlanishlari, uzoq yillik mehnat samarasi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu kitob Oʻzbek tilini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan nashr ettirilgan.

👍1
ONA TILIM
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.
Belanchaging uzra Koshg‘ariy
Kuylab o‘tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy.
Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.
Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey, tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.
Ammo dushman o‘ldirgan botir
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.
Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni
Shimirding sen o‘xshab giyohga.
Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.
✍️Xurshid Davron

🔥1
Ashqol-dashqol
Ro‘zg‘orda yoki kasb-kor ishida kerak bo‘ladigan mayda narsalar, lash-lushlar tilimizda ashqol-dashqol so‘zi bilan ifodalanadi.
Dashqol – «mayda-chuyda narsalar» degan ma’noni bildiradi. Alisher Navoiy asarlarida ashkol so‘zini ishlatgan, bu so‘z «turlar, shakllar, xillar» ma’nosini anglatgan. Masalan, «Hayratulabror» dostonida shunday misralar bor:
Bazlu karam shevasining holi bor,
Lek nechukkim kerak ashkoli bor.
Ashkol keyinroq ashqolga aylangan bo‘lishi mumkin. Demak, ashqol-dashqol so‘zi «turli xil mayda-chuyda narsalar» mazmunini bildiradi. Lekin ashqolning ashkoldan ekanligi aniq ma’lumot emas, taxmin. Men bu taxminni mulohaza uchun o‘rtaga tashlayapman.
Ehtimol, bu yerda ashqol shunchaki dashqolning qisqargan shaklidir, xuddi bozor-pozordagi kabi.
BOBOSO‘Z IZIDAN
(So‘zlar bilan so‘zlashuv)
✍️Eshqobil Shukur

Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng yaxshi sarmoya – ilm uchun kiritilgan sarmoya!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazidan yana bir mazmunli ijtimoiy rolik.
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazidan yana bir mazmunli ijtimoiy rolik.
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
“Yupatdi”ning ma’nosi “aldash”mi – Koshg‘ariy nima deydi?
Falonchi pistonchini yupatdi gapida zarracha salbiy bo‘yoqni sezmaymiz, aksincha, ko‘ngilga qarash, ehtiyotlash ma’nosidagi yaxshi jihatlarni tushunamiz. Lekin manbalarning guvohlik berishicha, bu so‘z aslida “aldadi”, “boshqa birovga to‘nkadi”, “bilib turib bilmaslikka oldi” degan ma’nolarni anglatar ekan.
Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida bu so‘zga quyidagicha izoh bergan:
Jupattї – ishga g‘ofillik qildi, boshqaga yukladi. Ol їshїg‘ jupattї – u ishni bilmaslikka soldi, boshqa birovga to‘nkadi. Jupatur, jupatmaq asli “aldash” ma’nosidadir. O‘g‘uzlar ol anї jupїladї deydilar – u uni aldadi demakdir.
Yoshi o‘tgani sari ba’zi odamlar yomon qiliqlarini tashlab, yaxshi tomonga o‘zgarib borgani kabi ba’zi so‘zlar ham salbiy ma’nodan ijobiy tomonga o‘zgarib ketadi.
Lekin, yupatmoq so‘zida hozir ham “aldamoq, chalg‘itmoq” ma’nosi qisman bo‘lsa-da saqlangan. Masalan: “Aldab-suldab yupatib qo‘yarsan”.
"BOBOSO‘Z IZIDAN"

#maqola
Oʻzbekistonda arab yozuvidan lotin yozuviga oʻtish jarayonlari
Ma’lumki, oʻzbek adabiy tilida amalda boʻlgan yozuvlar tarixiga e’tibor qaratilsa, 1929-yildan to 1940-yilgacha lotin yozuvi asosiy yozuv sifatida iste’molda boʻlgan. Bu davrga oid koʻp manbalar hanuzgacha arxivlarda qolayotganligi sababli bu jarayonlarni qisqacha boʻlsa ham tanishtirib borishga qaror qildik. Zero, tilimiz tarixini toʻlaligicha oʻrganish, unga obyektiv baho berish muhim hisoblanadi.
✍️ Inomjon Azimov
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori.
👉batafsil

👍3