Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
521 subscribers
833 photos
166 videos
5 files
661 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
📚KITOBLAR TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

📚Navoiy davlat pedagogika instituti axborot resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Ona tilim mangu makonim”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📚Taqdimotda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti a’zosi, filologiya fanlari falsafa doktori Zohida Muqimova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi Guljamol To‘ychiyevalar ishtirok etdi.

📚Taqdimot ishtirokchilariga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlarimiz ham yangi bosqichga ko‘tarilganligi, buning tasdig‘i o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida tushuntirib o‘tildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
Ona tilimizga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti

Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida davlat tiliga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov_savollar

5-savol

“Xotin-xalaj” juft so‘zidagi xalaj qanday ma’no anglatadi?


⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Maqollar_taʼrifi

Holva degan bilan og‘iz chuchimaydi
.

✔️Quruq gap bilan maqsad amalga oshmaydi.

Darhaqiqat, holva degan bilan og‘iz chuchimaydi-da... Xalq – omi... bizning ma’rifat haqidagi gaplarimiz ularning qulog‘iga kirishiga uncha ishonmayman. K.Yashin, Hamza.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tanlov_savollar

6-savol

Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabilar) nechanchi shaxs tilidan bo‘ladi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlikda viloyat axborot resurs markazida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Anqoning urugʻi

Anqo
oʻzi nima? Anqo — bu nomi bor-u, oʻzi yoʻq boʻlgan Humo, Qaqnus, Semurgʻ, Tugʻrul singari afsonaviy qushlardan birining nomi. Baʼzi manbalarda salbiy maʼnoda taʼriflansa, boshqalarida ijobiy tarafdan talqin qilinadi.

Anqo haqidagi afsonalarning kelib chiqishi arab davlatlariga, aniqrogʻi Misrga borib taqaladi. Shunga qaramay, bu afsonalar Sharqda ham, Gʻarbda ham birdek yoyilgan.

Anqo nihoyatda taqchil, kamyob, nodir qush deb sanalgani uchun tilimizda “anqoning urugʻidek” degan oʻxshatish paydo boʻlgan.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Maqola

Yabg‘u, shad: o‘zbekcha qadimiy harbiy atovlarni bilasizmi?

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
DIQQAT E'LON!

“DAVLAT TILI TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI IV RESPUBLIKA AN’ANAVIY ILMIY-AMALIY ANJUMANI bo‘lib o‘tadi

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan 2024-yilning 22-oktabr sanasida o‘tkaziladi.

Axborot xati bilan tanishish uchun shu yerga bosing 👈

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#tanlov_savollar

7-savol

Oyoqning tizza osti bukiladigan joyi nima deyiladi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
“Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin, avval, o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”.

(Is’hoqxon Ibrat)

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari

✔️Toshkent chekkasidagi joy. H.Hasanov uni quyilik – “pastlik”, “soy” sifatida tushuntiradi (H.Hasanov. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. 57-b.).

✔️Qo‘shish mumkinki, durmen urug‘i bo‘linmalaridan biri qo‘yli (qo‘yli – qo‘yliq) deb nomlangan. Bundan tashqari, mo‘g‘ul sarkardalaridan biri Qo‘yliq deb nomlangan, mo‘g‘ul generallarining nomlari Markaziy Osiyo toponimlarida kam uchraydi (Чигатай, Бука и т.д.).

✔️Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda Qo‘yliq nomi bir necha bor takrorlangan.

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI" dan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
5%
Hunik
11%
Xunik
28%
Hunuk
56%
Xunuk
#bilib_oling

GIRISH


folk. Yoyning o‘qni qadab otadigan ipi.

Shu yoyni har kimsa ko‘tarib tursa, Girishin to‘g‘rilab nishonga
ursa...
“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Farzandingga qaysi tilda bilim bersang bir kun kelib shu millatga xizmat qiladi!


Mustafo Cho‘qay

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook