Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
508 subscribers
780 photos
144 videos
2 files
571 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#savollar ⚠️Tanlov davom etadi! 6-savol Oyoq yuzasining baland (do‘ng) joyi o'zbek tilida nima deb ataladi? ⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin. 📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi. Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep…
#javoblar

✔️6-savolning javobi:

✔️ Oyoq yuzasining baland (do‘ng) joyi “BEBILCHAK” deb ataladi.

Tufli bebilchagimni siqyapti.
Daho yonboshlamish ko‘yi otasi chap oyog‘i panjalariga qaradi, bebilchagiga qaradi, tovoniga qaradi...
T.Murod, Momo yer qo‘shig‘i. "O'zbek tilining izohli lug'ati"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Shoirning onasi

Ona kelib olis qishloqdan,
O‘g‘li bilan yashay boshladi.
Va dasturxon yozilgan choqda
Shirmoy nonning chetin tishladi.

Yuvib berdi bir bozor kirni,
Suvlar quydi so‘lgan gullarga.
Nevaralar bog‘chadan qaytgach,
Ertak aytib berdi ularga.

Ammo tunlar xona burchida
Suygan o‘g‘li pichir-pichirlab
She’r yozgan payt tutun ichida
O‘tirardi yurak hovuchlab,

O‘tirardi xavotir bilan,
Qo‘rqar edi nafas olishga.
Xurrak tortib qo‘ymayin deya
Bosh qo‘yardi tongda bolishga.

Ammo bir kun mazasi qochib,
Ko‘z oldida yorug‘lik so‘ndi.
Qo‘llaridan tushib ketdi-yu,
Chil-chil bo‘lib piyola sindi.

O‘sha zahot hushiga qaytdi,
Chayqalardi o‘ngida olam.
U yugurib chiqqan o‘g‘liga
Shivirladi: “Ketaymi, bolam?”

Xurshid Davron

#Sheʼriy_lahza

@oriftolib
#etimologiya

ICHKARI ‘ich tomonda joylashgan’. Ichkari xonada mehmonlar o‘tirishibdi. Bu so‘z qadimgi turkiy tilda ich otiga jo‘nalish kelishigining qadimgi –karo‘ qo‘shimchasini qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan. Keyinchalik bu kelishik shakli iste’moldan chiqqan va bu so‘z yaxlit sifatga aylangan. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi o‘ unlisi i unlisiga alamashgan: ich+karo‘= ichkaro‘ > ichkari.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#onatilimfaxrim

«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi»
.
✍️Erkin Vohidov

Аптека-DORIXONA
дежур - NAVBATCHI
действительно - DARHAQIQAT, HAQIQATDAN
багаж - YUKXONA
Анализ - TAHLIL
бритва - USTARA
Буханка - BO‘LKA NON
вешалка – ILGAK
Вилка-SANCHQI
вино - MUSALLAS
Даже - HATTOKI
Дача - DALA HOVLI

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#savollar

7-savol

Ertalab bilan tush payti orasi o'zbek tilida nima deb ataladi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

⚠️Hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari
asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir.

✔️"Aкт" shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa yoki biron-bir faktning to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir necha kishining guvohligi keltiriladi.

✔️Shunday ekan, bu hujjatni o‘zbek tilida "dalolatnoma" so‘zi bilan atayverish mumkin, bu so‘z mazkur hujjatning mohiyatini to‘g‘ri va to‘liq aks ettira oladi. Mazkur so‘zdagi "noma" qismi hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi.

✔️«Инструкция» so‘zi o‘rnida o‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkin.

📖"DAVLAT TILIDA
ISH YURITISH"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida o‘zbek tilida nutq so‘zladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
​​Yurt, yurak va yoʻrgʻa

Maʼnosi bir-biridan tamoman farqlanadigan bu soʻzlarning ildizi bir soʻzga – qadimgi turkiy tildagi yoʻrimoq – harakatlanmoq, yurmoq feʼliga borib taqaladi. Yurt soʻzi qadimgi turkiy tilda chodir, boshpana, qoʻnib oʻtiladigan er maʼnosini anglatgan. “Devonu lugʻatit turk”da esa xaroba holidagi bino izlari, qoʻrgʻon va boshqalar deb izohlangan.

Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, yurak soʻzi ham yoʻrimoqdan hosil boʻlgan. Turkiy tillar etimologik lugʻati esa bu maʼlumotni shubha ostiga oladi. Bunga yurak soʻzi eskiligi, Oʻrxun-Enasoy bitiklarida ham mavjudligini asos qilib keltiradi. Bu soʻz “Devonu lugʻatit turk”da ham bor. Mahmud Koshgʻariy yuraklig, yuraklandi kabi soʻzlarni ham keltiradi. Bu soʻzlar mardlik va shijoat maʼnolarini ifodalash uchun ishlatilgan.

Yurak soʻzi tanadagi markaziy aʼzo, qalb, dil kabi maʼnolarni anglatishini bilamiz. U qardosh turkiy tillarda bu maʼnolardan tashqari ichak-chavoq, qorin, oshqozon, jigar, oʻt pufagi kabi maʼnolarda ham qoʻllanadi.

Yoʻrgʻa soʻzi oʻzbekchada mayda qadam tashlab, tez yuradigan degan maʼnoda ishlatiladi va ot yoki eshakning yurishini ifodalaydi. U juda koʻp turkiy tillarda ayni shu maʼnoda ishlatiladi.

@oriftolib
#javoblar

✔️7-savolning javobi:

✔️Ertalab bilan tush payti orasi CHOSHGOH deb ataladi.

Biz shanba-yakshanba kunlari goh choshgoh, goh oqshom chog‘i mana shu qo‘lbola choyxonamizda to‘planib qartabozlik qilamiz. E.A’zam, Jannat o‘zi qaydadir.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#savollar

8-savol

O‘z ichida vergul bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqilikka ega bo‘lgan sodda gaplar orasida  hamda har xil turdagi gaplarni o‘z ichiga olgan qo‘shma gaplarda ishlatiladigan tinish belgisi qaysi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#onatilimfaxrim

🌿“Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”
Abdulla Avloniy

Доверенность emas - ISHONCHNOMA
Доктор emas -SHIFOKOR
документ emas - HUJJAT
Дом emas - UY
Доставка emas -YETQAZIB BERISH
жевачка emas - SAQICH
Живой emas - JONLI
завтрак emas - NONUSHTA
Задаток emas - BO'NAK
Заказ emas-BUYURTMA
замена emas - ALMASHTIRISH
запчаст emas - EHTIYOT QISM
Зарядник emas - QUVVATLAGICH

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

TARJİMON
Tarjimon so'zi asli arabcha so'zdir. Eng qadimiy kasblardan biri sanaladi. İzohlab yozadigan bo'lsak tarjima qiluvchi shaxs deganidir.

Tilmoch so'zi ham tarjimon so'zining sinonimidir. Kamroq ishlatiladi.  O'zbek tilida fe'l o'laroq tarjima qilmoq, o'girmoq, ag'darmoq fe'llari  ishlatiladi.
Qardosh turkiy xalqlarda quyidagicha
🇹🇷Turkcha - tercüman, mütercim, çevirmen
🇹🇲Turkmancha- terjimechi;
🇦🇿Ozarbayjoncha- tercüməçi;
🇰🇿 Qozoqcha- audarmashi, tilmash;
🇰🇬Qirg'izcha- tilmech; kotormochu;
Tatarcha- tərjəməche, terjeme ituche;
@shevashunos

⚠️"Perevodchik" dan ko'ra "Tilmoch" ancha jarangdor emasmi?

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook