Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
523 subscribers
833 photos
167 videos
5 files
664 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#ona_tilim_mangu_makonim

TILING BIRLA KO‘NGLINGNI BIR TUT


So‘z erurki, o‘q-yoy nishonga,
Mo‘ljalni ham aniq olarkan.
Do‘stga shodlik, anduh dushmanga,
Bitta so‘z ham mangu qolarkan.
Kutgil meni, faqat meni kut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Charaqlaydi qalbim osmoni,
Yulduzlarim ishq dardin so‘zlar.
Oydir ming bir kecha dostoni,
Tong nutqidan ochilgay ko‘zlar.
Quyosh yo‘lin to‘solmas bulut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Men ergashdim so‘zga, navoga,
Haq diydorin ko‘rdim o‘shanda.
Berilmadim ortiq da’voga,
O‘z gulimni topdim gulshanda.
Asrashni bil, boshqasin unut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Ming yilda ham zanglamas oltin,
O‘zing meni yetkazding Haqqa.
Neki olsam, men sendan oldim,
So‘z durlarim qolgaydir xalqqa.
Bo‘lsin desang toleing bus-but,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Til va ko‘ngil egizak erur,
Biri qolib biri o‘lmasun.
Ona tilim, o‘zligim, g‘urur,
Har ikkisi ayro bo‘lmasun.
Bo‘lmasin hech yuzimiz shuvut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

O‘z tilingni asragil, yurtdosh,
Toza bo‘lsin iymoning, qalbing.
Tiling erur tilingga dildosh,
Rozi bo‘lsin hamisha xalqing.
Rozi bo‘lsin sendan
ona yurt,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.


✍️ASHURALI BOYMUROD,
shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#ona_tilim_mangu_makonim

TILINGNI XORLAMA


Til o‘rgan, mayli, ammo o‘z tilingni xorlama,
Go‘zal o‘z gulzoringni hech qachon mozorlama.

Yor-yor aytib bo‘lmaydi o‘zga tilda, anglagin,
Yor-yor bilsang beri kel, bilmasang «yor-yor»lama.

Ona tilim – jon tilim, onajonim allasi,
Ranjitma bu allani, behuda ozorlama.

Bag‘ringga bos onangni, onajoning tilingni,
Bilib-bilmay onangni ko‘ksingdan «bor-bor»lama.

Qara u o‘zga tilda o‘z so‘zimiz yozig‘liq,
Til o‘rgan, mayli, ammo o‘z tilingni xorlama.

Mehring to‘ldirib so‘zla, mehring to‘ldirib yozgin,
Farid kabi tilingni ardoqla, hech xorlama.


✍️Farid Usmon

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕK TILI


O‘zbek tili mening uchun asosiy til,
Bugun, erta-indin, kecha... huvv, moziy til.
O‘zin hurmat etar odam o‘zin bilar,
O‘z tilida o‘ylab, aytar so‘zin bilar.

Kecha paydo bo‘lgan emas o‘zbek
tilim,
Oltoy tillar oilasida o‘zdek
tilim.
Turkiy tillar ichida o‘z o‘rni bordir,
Hayajoni, xotirasi, qo‘ri bordir.

Ona-ota, Vatan, millat yagonadir,
Din, e’tiqod iymonliga bir donadir.
Fors, arab, rus tillaridek jozibador.
Millat ruhi.
Ruh oldida o‘zbek qarzdor!


✍️Umida Abduazimova

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim

“SO‘Z DURLARIN TERMOQ..."


Iqbol MIRZO,
O‘zbekiston xalq shoiri.

“So‘z ham tirik mavjudot. Uning chaqaloqlik bolalik, o‘smirlik hamda balog‘at chog‘lari bo‘ladi. So‘zda mansub xalqning ruhi, fe’l-atvori aks etadi. O‘z so‘zingni qo‘yib, o‘zganing zaboniga suyanish - o‘z jigaringni uyingdan haydab, begonani yetaklab yurishdek gap..”

(Erkin Vohidov suhbatlaridan)

So‘z xiyoboni (Adiblar so‘z tarifida) kitobidan.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim

Kecha bittasi azbaroyi zerikkanidan Fb(!)ga yozibdi: “Xolodes”ning o‘zbekchasi nima bo‘ladi?”

Topqir o‘zbegim bir dunyo variantlarni qalashtirib tashlaganki, o‘qib maza qivorasiz! Mana ular: “liqqildoq”, “kilkildoq”, “qilpildoq”, “bilqildoq”, “jippildoq”, “dirildoq”, “hilhildoq”, “biliq-biliq”, “muzsho‘rva”, “yumshoqsovuq”, “ilvira”, “yaxnama”, “liq-liqa”, “liqliqi”, “aspiq”, “hashlama”, xorazmliklar “do‘ngdirmo” derkan, bittasi jonini ko‘p koyitib o‘tirmay “pishirib, sovutilgan yaxna go‘sht” deb qo‘ya qoldi. Mana sizga olam-olam so‘z! Xalq ziyrak. Xalq dono. Xalq topqir.

Sh.IBROHIMOV
Facebook

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕKCHA KUYLANG

(«O‘zbekiston 24» telekanali suxandoni
Arevat Grigoryanga)

Qay zamon keldiki, ustimiz yechib,
Choponni ko‘mishni odatga yo‘ydik.
Hatto «o‘zbek» degan unvondan kechib,
Ajnabiy poyiga boshimiz qo‘ydik!

Farzandimiz o‘zga tilda sharaqlab,
So‘zladi, zavqlandik, chapaklar chaldik!
Ikki o‘zbek boshqa tilda valaqlab...
Qarang, oqibatda kim bo‘lib qoldik?

Arman qiz sochini o‘zbekcha o‘rib,
O‘zbekka o‘zbekcha o‘rgatib qo‘ydi!
Yuragim zavqlanar, ham og‘rir ko‘rib,
U bizni o‘zidan ortiqroq suydi!

Men unga boshimni tekkizib yerga,
O‘zbekcha ta’zimlar qilaman cheksiz!
Nasrga solaman sig‘masa she’rga,
Arevat, siz toza o‘zbek qizisiz!

Arevat, o‘zbekcha kuylang, baralla,
Bobo o‘zanidan ketganlar qaytar!
Ishonaman, kelar shundayin palla,
Dunyo ko‘nglidagin o‘zbekcha aytar!


✍️Fozil Farhod

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM – JON TOMIRIM

Lutfiyning lutfi bilan
Loying she’rga qorgansan,
Boburning nafasida
Hindistonga borgansan,
Navoiy Xamsasida
Yuragimda qolgansan,
Ona tilim, ona tilim!

Jadidlaring otilgan,
Kechgan sen deb jonidan,
«O‘tkan kunlar» bitilgan
Qodiriyning qonidan,
Cho‘lpon voz kechib ketgan
Seni deb osmonidan,
Ona tilim, ona tilim!

Sohibqiron Temurning
Ko‘ksidagi g‘urursan,
Mirzo Ko‘ragoniyning
Rasadida mashhursan,
Ellik million yurakning,
Toleyisan, mag‘rursan,
Ona tilim, ona tilim!

✍️Mirzohid Botirov

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ