Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
524 subscribers
833 photos
167 videos
5 files
662 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#Yashil_makon #Davlat_tili

🌱Mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

🌱Ushbu loyiha yuzasidan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Toshkent shahar va Sergeli tumani hokimliklari hamkorligida 28-aprel Sergeli tumani Xontepa mahallasida "O‘ZBEK TILI" bog‘ini yaratish maqsadida hashar uyushtirildi.

🌱Hasharda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🌱Departament mudiri yig‘ilganlarni daraxt ekish va obodonlashtirish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etishga chorladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

✍️Markaziy bankda Oʼzbekiston Respublikasining Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʼzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʼliq oʼtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda “Ommaviy diktant” loyihasi oʼtkazildi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#loyiha 📻“Oriat Dono”da davlat tili bo‘yicha bilimingizni sinab ko‘ring! ⚠️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba…
#Davlat_tili

🔰G‘oliblarga sovg‘alar to‘plami topshirilib kelinmoqda.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” (106.5) radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatiladi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DAVLAT_TILI

🟤2024-yilning 27-iyul kuni Alfraganus universiteti rektori M.Mahmudov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminovlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🟤Uchrashuvda, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, yaratiladigan adabiyotlar yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi. Alfraganus universiteti taraqqiyot strategiyasida milliy ma’naviyatimiz, ona tili va adabiyoti ta’limi va targ‘ibi borasidagi ishlar asosiy o‘rinlardan biri sanalishi, kelgusidagi hamkorlik ushbu ishlarning amaliy natijasida muhim omillardan biri bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#Davlat_tili_tanlov

Diqqat tanlov!

❗️Sizda qimmatli sovg‘alar toʻplamini qo‘lga kiritish imkoni bor.

❗️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilinadi.

❗️Sahifalarimizda (dtrdep , UZTRJ ) o‘zbek tiliga oid boʻlgan 35 ta savol taqdim etiladi. (Har hafta 3 ta savol, 21-oktabrgacha)

❗️O‘zingizni sinab ko‘ring hamda oʻzbek tili bo‘yicha bilimlaringizni yanada oshiring.

❗️21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni arafasida savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob yoʻllagan ishtirokchilar sovgʻalar bilan taqdirlanadilar!

⚠️Javobingizni @Davlat_tili_jamgarmaa_bot manziliga yuborishingiz mumkin.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Davlat_tili

🔰Toshkent viloyatida “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimining til masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xo‘jayeva Shahnoza, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi rahbari Abdurashid To‘ychiyev, tuman hokimlarining til masalalari bo‘yicha maslahatchilari va qator yoshlar ishtirok etishdi.

🔰Badiiy qismdan tashqari Davlat tili qo‘llanishida nomlash xizmati va lingvistik ekspertiza masalalari hamda “Til – milliy taraqqiyot omili, davlatimiz tayanchi” mavzularida ham so‘z bordi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Davlat_tili
#Jarayon

♻️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ishchi guruhi tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi doirasida “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonada davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, ish yuritishning to‘liq davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi, davlat tili targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, kerakli tavsiyalar berildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
Audio
#Davlat_tili

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Vatanni yovdan himoya qilgandek o‘zbek tilini ham himoya qilishimiz, asrashimiz kerak” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin.

✍️ Bekzod Shukurov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

🔰G‘oliblarga sovg‘alar to‘plami topshirilib kelinmoqda.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” (106.5) radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatiladi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tili_tanlov Diqqat tanlov! ❗️Sizda qimmatli sovg‘alar toʻplamini qo‘lga kiritish imkoni bor. ❗️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilinadi. ❗️Sahifalarimizda (dtrdep , UZTRJ ) o‘zbek tiliga…
#Davlat_tili_tanlov

Ijtimoiy sahifalarimizda O‘zbek tiliga
davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilingan edi.

❗️Ushbu tanlov g‘oliblari ham aniqlandi:

🎖Muhsinjonova Shirinoy Asliddin qizi Surxondaryo viloyati

🎖Bekıyeva Barno Komıljonovna Xorazm viloyati

«Qadring baland bo'lsin, ona tilim» tanlovining taqdirlash marosimida ular ham e'tirof etildi.

Sovrindorlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan esdalik sovg‘alar, diplom hamda qimmatli kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ