Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
524 subscribers
833 photos
167 videos
5 files
662 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Sana


✔️Imzo chekilish sanasi, tasdiqlash sanasi, rozilik sanasi, shuningdek, matn ichidagi sanalar so‘z bilan ifodalangan sana usulida rasmiylashtiriladi. Sanalar arab raqamlarida alohida satrda ko‘rsatiladi.
Masalan: 2024-yil 17-iyul; 1989-yil 21-oktabr.

✔️Moliyaviy ma’lumotlardan iborat bo‘lgan hujjatlar matnida sana ko‘rsatilganda ham so‘z bilan ifodalangan sana qo‘yiladi.
Masalan: 2020-yil 10-aprel; 2024-yil 21-oktabr.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Imzo


Imzo rekviziti tarkibiga hujjatni imzolayotgan shaxsning amaldagi lavozimi nomi, uning shaxsiy imzosi va imzoning yoyilmasi (ismi, otaismi bosh harflari va familiyasi) kiradi.

Masalan:
O‘zbekiston Respublikasi «El-yurt umidi» jamg‘armasi
direktori (imzo) A. Bekmurodov


Hujjatlarni «uning o‘rniga» degan ibora, shuningdek,
lavozim nomi oldiga qiya chiziq bilan imzolashga yo‘l
qo‘yilmaydi.



Hujjat turlari va xususiyatlari Ikki mansabdor shaxsning imzolari kollegial organlar hujjatlariga qo‘yiladi.

Qarorlar va bayonnomalar kollegial organning rahbari va kotibi tomonidan imzolanishi tavsiya etiladi.

Kollegial organlarda yakkaboshchilik tartibi asosida qabul qilinadigan farmoyishlarda bitta imzo bo‘ladi.

Hujjatlar (dalolatnomalar, moliya hujjatlari va sh.k.) mazmuni uchun bir necha shaxslar javobgar bo‘lgan taqdirda, ikki
yoki undan ortiq imzolar qo‘yiladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish Imzo Imzo rekviziti tarkibiga hujjatni imzolayotgan shaxsning amaldagi lavozimi nomi, uning shaxsiy imzosi va imzoning yoyilmasi (ismi, otaismi bosh harflari va familiyasi) kiradi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasi «El-yurt…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Komissiya tomonidan tayyorlangan hujjatlarda uni tayyorlagan shaxslar lavozimi emas, balki komissiya tarkibidagi taqsimlangan vazifalari ko‘rsatiladi.


Masalan:
Komissiya raisi (imzo) V. Mahmudov
Komissiya a’zolari (imzolar) A. Hakimov
R. Abrorov
B. Nabiyev

Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzolanganda, ularning imzolari egallab turgan lavozimlariga muvofiq ustma-ust navbat bilan joylashtiriladi.

Masalan:
Institut direktori (imzo) Z. Hoshimov
Bosh hisobchi (imzo) V. Sobirov

Hujjat lavozimlari teng bir necha shaxslar tomonidan
imzolanganda, ularning imzolari egallab turgan lavozimlariga
muvofiq ketma-ket navbat bilan joylashtiriladi.


Masalan:
O‘zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi
Moliya vaziri O‘zbekiston milliy
kutubxonasi direktori
______O. Nasriddinxo‘jayev _______ U. Teshaboyeva
(imzo) (imzo)

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Tashkilotning manzil ma’lumotlar
i

"Tashkilotning manzil ma’lumotlari"dan faqat yozishmalarda foydalaniladi, ichki hujjatlarda umuman qo‘yilmaydi.

Tashkilotning manzil ma’lumotlari korxonalar bilan pochta, telegraf, telefon aloqalari uchun, shuningdek, banklarda pul-hisob muomalalari (hujjatda hisobraqami ko‘rsatilgan bo‘ladi) o‘tkazish, moliyaviy va statistik kodlar uchun zarur bo‘ladi.

Pochta va telegraf manzili O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining pochta qoidalari talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi, ya’ni pochta aloqa bo‘limi raqami, respublika, o‘lka, viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, uy va ofis raqami qo‘yiladi.

Tezkor aloqalar uchun telefon, telefaks, teleks, veb-sayt, elektron pochtalardan foydalaniladi.

Bank rekvizitlari, moliyaviy va statistik kodlari faqat pulhisob muomalalari masalalari bo‘yicha xatlarda, masalan, kafolat xatlarida qo‘yiladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Matn sarlavhasi».

✔️Aksariyat hujjatlar uchun uning mazmunini aks ettiruvchi qisqa va aniq sarlavha bo‘lishi kerak.

✔️Tashkilot nomidan so‘ng katta harflar bilan yoziladi. Masalan: «QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI» NOMINI VA TUZILMASINI QAYTA TASHKIL ETISH HAQIDA». Hujjatning chap tomonidagi yuqori burchakda (ba’zi hollarda o‘rtaga) blanka rekvizitlaridan so‘ng qo‘yiladi.

✔️A 5 (148x210) o‘lchamidagi hujjatlarda va telegrammalarda matnga sarlavha qo‘yilmasligi mumkin.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Shartli raqam» («Indeks») qaydlov raqami bo‘lib, har bir kelayotgan yoki chiqayotgan hujjat rasmiy indekslash tizimiga muvofiq ro‘yxatga olinganda qo‘yiladi.


«Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola».
Bu rekvizit faqat yuborilayotgan javob xatlarida bo‘ladi; «sana» va «shartli raqam»dan pastga qo‘yiladi.


«Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi». Bu zaruriy qism pochta manzili qo‘yilgan xatdan tashqari har bir hujjatda bo‘ladi; «sana» va «shartli raqam»dan pastga joylashtiriladi.

Uni yozishda mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi
e’tiborga olinadi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Hujjatni oluvchi»
zaruriy qismi hujjatning O‘NG BURCHAGI YUQORISIGA qo‘yiladi.

✔️Hujjat tashkilot, uning tarkibiy bo‘linmasiga yoki aniq mansabdor shaxsga yo‘naltiriladi.

Bunda tashkilot nomi, tarkibiy bo‘linma va mansabdor shaxs
lavozimi bosh kelishikda, familiyasi esa jo‘nalish kelishigida
ko‘rsatiladi.

Masalan:
Dehqonobod kaliy zavodi
Axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i
Omon Hamroyevga


✔️Hujjat tashkilot rahbariga jo‘natilganda, tashkilot nomi oluvchi lavozimi tarkibiga kiradi.

Masalan:
«O‘zdavyerloyiha»
instituti direktori
S. Qayumovga

✔️Yuqorida ko‘rsatilgan tartib tashkilot ichidagi yozishmalarda, xususan, tashkilot yoki bo‘linma rahbari nomiga bildirishnoma, tushuntirish xati va sh.k. tayyorlanayotganda ham qo‘llanadi.
Agar hujjat bir turdagi bir necha tashkilotlarga jo‘natilayotgan bo‘lsa, ularni umumlashgan holda ko‘rsatish lozim.

Masalan:
Bosh boshqarmalar,
boshqarmalar va bo‘limlar
boshliqlariga

✔️Hujjat turli tashkilotlarga jo‘natilayotganda, «Oluvchilar» rekviziti to‘rttadan oshmasligi kerak. «Nusxa» so‘zi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi oluvchilar oldida ko‘rsatilmaydi. Hujjatni to‘rttadan ko‘p manzilga jo‘natganda, tarqatish (yuborish) ro‘yxati tuziladi va har qaysi hujjatda faqat bitta oluvchi
ko‘rsatiladi.

Hujjatni xususiy shaxsga jo‘natayotganda, avval pochta manzili, keyin ismi va otaismi (bosh harflari), familiyasi yoziladi.

Masalan:
100000. Toshkent sh.,
Hamid Olimjon ko‘chasi,
5-uy,18-xonadon,
T. Ahmedovga

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Tasdiqlash ustxati


Ushbu zaruriy qism «Tasdiqlayman» so‘zidan, hujjatni tasdiqlayotgan shaxs lavozimining nomi, shaxsiy imzosi, imzosining yoyilmasi va sanadan iborat bo‘ladi. Masalan:

Tasdiqlayman
Institut direktori
_________S. Rahimov
(imzo)

2018-yil 16-dekabr

Agar hujjat blankaga yozilmasa, lavozim oldiga tashkilot
nomi qo‘yiladi. Hujjat yuqori yoki begona tashkilot rahbari
tomonidan tasdiqlanganda ham, lavozim nomiga tashkilot
nomi qo‘yiladi. Masalan:

Tasdiqlayman
O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi
O‘zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti direktori
____________ N. Mahmudov
(imzo)
2018-yil 19-dekabr

Agar hujjat qaror, buyruq yoki bayonnoma bilan tasdiqlanayotgan bo‘lsa, u holda tasdiqlash ustxati: «TASDIQLANDI» so‘zidan, bosh kelishikdagi hujjat nomidan, uning sana va tartib raqamidan iborat bo‘ladi.

Masalan:
Institut direktorining
2018-yil 27-dekabrdagi 5-sonli
buyrug‘i bilan
Tasdiqlandi

yoki
Mehnat jamoasi yig‘ilishining
2018-yil 26-dekabrdagi
3-son bayonnomasi bilan
Tasdiqlandi

Tasdiqlash ustxati hujjatning yuqori o‘ng burchagiga
qo‘yiladi. Shtat tuzilmasi va soni, shtat jadvali hujjatlarida
tasdiqlash ustxati ustiga muhr qo‘yiladi.

Ayrim hujjat turlari (dalolatnoma, shartnoma, ustav, yo‘riqnoma, hisobotlar, rejalar va b.) uchun tasdiqlash ustxati
majburiy zaruriy qism hisoblanadi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Munosabat belgisi»

Munosabat belgisi xizmat hujjatlari ustiga mansabdor shaxslar tomonidan muayyan fikr bildirib yoziladigan qaydlardir.

Bunday qaydlar, odatda, nihoyatda qisqa, lo‘nda shaklda, ko‘rsatma tarzida yoziladi; biror qog‘ozga, u xoh yuqori tashkilotdan kelgan yo‘riqnoma yoki buyruq bo‘lsin, xoh muayyan xodimning talabi yoki shikoyati bo‘lsin, munosabat belgisini yozishdan oldin, rahbar u bilan yaxshilab tanishib chiqishi, mohiyatini chuqur anglashi va ijrosini to‘g‘ri belgilashi, vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishga ham e’tibor berishi lozim.

Munosabat belgisining asosiy tarkibiga quyidagilar kiradi:
– ijrochi yoki ijrochilar familiyasi;
– qisqa ko‘rsatma – mazmuni;
– ijro muddati (zaruriyat bo‘lsa);
– rahbar imzosi (elektron raqamli imzo, QR kod);
– sana.


Ko‘p hollarda hujjatda yakka munosabat belgisi bo‘ladi. Hujjat ijrosi tartibiga yoki uning ijrochilari tarkibiga aniqlik kiritish lozim bo‘lsa, boshqa shaxslarning munosabat belgisi ham qo‘yiladi. Munosabat belgisi umumiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi mumkin.

Umumiy munosabat belgilari:

Rahbarlik uchun inobatga olinsin.

Ijro uchun inobatga olinsin.

Ma’lumot uchun inobatga olinsin.


Aniq munosabat belgisida rahbar hujjatning mazmunidan kelib chiqib, bo‘ysunuvchi lavozimdagi shaxslarga tegishli topshiriqlar yozadi.

Ularda, odatda, lavozimlari qayd etilgani holda (kichik tashkilotlarda shart emas) aniq shaxslar ismi va familiyasi ko‘rsatiladi:

Kasaba uyushmasi qo‘mita raisi E. Zokirovga
Qo‘mita yig‘ilishida ko‘rib chiqing va shikoyatga javob xati
tayyorlang.
________________
(shaxsiy imzo, sana)


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Nazorat haqida qayd

✔️«Nazorat haqida qayd» faqat ijrosi nazorat ostiga olingan hujjatlarga qo‘yiladi. Ushbu qayd rangli qalam yoki maxsus shtamp bilan «N» harfi yoki «nazorat» so‘zi orqali ifodalanadi.

✔️Ushbu belgi hujjatning chap chekkasiga, «Matn sarlavhasi» qismi qarshisiga qo‘yiladi.

✔️Agar hujjat elektron hujjat aylanish tizimi orqali qabul qilingan bo‘lsa, «Nazoratdagi hujjatlar» yig‘majildiga joylashtiriladi va «nazorat» belgisi bilan toifalanadi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ