Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
529 subscribers
817 photos
159 videos
5 files
645 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Forwarded from Orif Tolib
Foydalanib, tayanib, asoslanib: vergul kerak emas

Ravishdosh shakli -b, -ib bilan doim vergul ishlatilavermasligi haqida oldinroq yozgan edim.

Bu holat uyushiq boʻlaklar bilan vergul qoʻllashga oʻxshaydi: ketma-ket yoki birdan ortiq harakat boʻlishi zarur. Agar bitta harakat ifodalansa, ravishdosh shu harakatni sifatlasa, vergul kerak emas:

Tayyor fotosuratdan foydalanib rasm chizamiz.

Tajriba va kuzatishlarimizga tayanib xulosa qilamiz.

Koʻzingiz oʻrganganiga asoslanib hukm chiqarmang.


🟢 Vergul qoʻyish toʻgʻri boʻlgan holatlar:

Qalamdan foydalanib, ora-orada ruchka ishlatib rasm chizamiz.

Tajribaga tayanib, oʻqib-oʻrganganlarimizni mushohada qilib xulosa yasaymiz.

Koʻzingiz oʻrganganiga asoslanib, mohiyatini tushunmay turib
hukm chiqarmang.

@oriftolib
#oʻzbekcha_gapiramiz

Oyina.uz” boshqa tildagi muqobili qoʻllaniladigan oʻzbekcha soʻzlarni eslatib oʻtadi.

Avvalgi postlarni koʻrish:
1, 2, 3, 4, 5

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
#Davlat_tilida_ish_yuritish

HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR
(REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH


Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi.
2. Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi).
3. Mukofot tasviri.
4. Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi.
5. Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.
6. Tarkibiy tarmoqning nomi.
7. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot
yoki korxona manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron
pochta manzili, rasmiy vebsayti, bankdagi hisobraqami.
8. Matn sarlavhasi.
9. Sana.
10. Shartli raqam.
11. Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola.
12. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
13. Hujjatni oluvchi (adresat).
14. Tasdiqlash ustxati.
Hujjat turlari va xususiyatlari
15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
16. Hujjat turining nomi.
17. Nazorat haqida qayd.
18. Matn.
19. Ilova mavjudligi haqidagi qayd.
20. Imzo yoki elektron raqamli imzo.
21. Kelishuv ustxati.
22. Rozilik belgisi (viza).
23. Muhr.
24. Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
25. Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
26. Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga
yo‘naltirilganligi haqidagi qayd.
27. Kompyuterga ko‘chirilganligi haqidagi qayd.
28. Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.

Albatta, hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning
barchasini o‘z ichiga olmaydi.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#tanlov_savollar

13-savol


O‘zbek tilida qo‘shimcha imlo belgisi qaysi belgi?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀
❤️‍🔥 “Jadid” gazetasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 38-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

⚫️Sirojiddin SAYYID
"G‘oliblar qasidasi"
⚫️Rahmatjon OXUNJONOV
"Yer qa’ridagi xazina"
⚫️Bahodir KARIM
"Ismoilbek G‘asprali fenomeni"
⚫️Rustambek SHAMSUTDINOV, Azizbek MAHKAMOV
"Musaxo‘ja Hakimov — "katta terror" qurboni"
⚫️Eshqobil SHUKUR
"Otlandi" va "qushlandi"
⚫️Rustam MUSURMON
"Jon qozoqning oqinlari do‘stiman, yaqiniman..."
⚫️Ra’no MULLAXO‘JAYEVA
"Millatni uyg‘otish orzusi"
⚫️Elbek
"Kelgusining quyoshi"
⚫️Ro‘zimboy HASAN
"Bo‘lar ekan-ku!"
⚫️Abdumurod TILAVOV
"Men yolg‘iz kuylarman yagona tilimda"
⚫️Sultonmurod OLIM
"Isrof va kambag‘allik"
⚫️Bekzod ABDIRIMOV
"Afandi kimga xizmat qilgan?"
⚫️Mulla XUNOB

"Tinch qulog‘im"
⚫️Zikrilla MAMATOV
"Erkin A’zam — sarkazm ustasi"
⚫️Baxtiyor ABDUGʻAFUR
"Moyka" muammosi"

Кирилл алифбосида:

👉 @Jadidmedia_rasmiy

😄Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

Tashkilotning manzil ma’lumotlar
i

"Tashkilotning manzil ma’lumotlari"dan faqat yozishmalarda foydalaniladi, ichki hujjatlarda umuman qo‘yilmaydi.

Tashkilotning manzil ma’lumotlari korxonalar bilan pochta, telegraf, telefon aloqalari uchun, shuningdek, banklarda pul-hisob muomalalari (hujjatda hisobraqami ko‘rsatilgan bo‘ladi) o‘tkazish, moliyaviy va statistik kodlar uchun zarur bo‘ladi.

Pochta va telegraf manzili O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining pochta qoidalari talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi, ya’ni pochta aloqa bo‘limi raqami, respublika, o‘lka, viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, uy va ofis raqami qo‘yiladi.

Tezkor aloqalar uchun telefon, telefaks, teleks, veb-sayt, elektron pochtalardan foydalaniladi.

Bank rekvizitlari, moliyaviy va statistik kodlari faqat pulhisob muomalalari masalalari bo‘yicha xatlarda, masalan, kafolat xatlarida qo‘yiladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#maqola

Payg‘ambar yoshi, qora oltin, kumush tola: o‘zbek tilidagi tasviriy ifodalarni bilasizmi?


👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#tanlov_savollar

14-savol


O‘zbek adabiy tili tarixida qaysi barmoq shahodat barmoq deb atalgan?

⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

Dunyo tomonlari imlosi


Dunyo tomonlari deganda shimol, janub, sharq va gʻarb nazarda tutiladi. Chorak yoʻnalishlar ham dunyo tomonlari deyilishi mumkin: shimoli-sharq, janubi-gʻarb va shu kabilar.

Ular bosh harfda yoziladimi yoki kichik harfda? Bu savolni juda koʻp berishadi va koʻpchilik bu masalada qiynaladi.

1. Bosh harfda
Dunyo tomonlari geografik nomlar sifatida ishlatilganda bosh harf bilan yoziladi: Sharq xalqlari, Uzoq Sharq, Yaqin Sharq, Gʻarb mamlakatlari, Shimol va Janub urushi.

2. Kichik harfda
Dunyo tomonlari makon yoʻnalishini ifodalash uchun ishlatilganda kichik harf bilan yoziladi: shimol tomon, sharqiy yoʻnalish, davlatning janubi-sharqiy qismi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“SOVCHI” soʻzining maʼnosini bilasizmi?

Taniqli shoir Eshqobil Shukur ushbu soʻzning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 “Bobo soʻz”

Kanalga
ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Forwarded from Orif Tolib
Fuqaro viloyat yoki shaharga tegishli emas

Savol:

Bir davlat tashkilotining telegram kanalida “Samarqand fuqarolari diqqatiga” yoki “Toshkent fuqarolari eʼtiboriga” kabi iboralarga koʻzim tushdi. Shu ifoda toʻgʻrimi?

Javob:

Fuqarolar biror mamlakatning muayyan yuridik huquqlarga ega boʻlgan doimiy aholisidir. Milliy ensiklopediya fuqarolik soʻziga “shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasi” deya izoh bergan.

Demak, fuqaro faqat davlat darajasida boʻladi. Viloyat yoki shaharning fuqarosi boʻlmaydi.

Fuqaroning huquq va majburiyatlari mamlakat miqyosida belgilanadi. Qaysidir viloyat yoki shahar fuqarolik joriy qila olmaydi. Yurtdoshlarimiz qaysi hududda tugʻilganidan qatʼi nazar, pasportida “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi” deb koʻrsatiladi.

🟢 Xulosa. Agar maʼlum bir hudud aholisini taʼkidlab koʻrsatish zarur boʻlsa, boshqa soʻzlardan foydalanish mumkin:

Fargʻona viloyati vakillari
Xorazm viloyati aholisi
Toshkentliklar, samarqandliklar, qashqadaryoliklar

@oriftolib
#bilib_oling

MEZANA

Masjid minorasining muazzin azon aytadigan yuqori qismi.


Yaqin oradagi masjid mezanasidan muazzinning azon aytayotgan ovozi eshitildi. “Fan va turmush”.

So‘fi azon aytadigan mezana buzilganida men kelinchak edim. Sh.Xolmirzayev, Saylanma.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook