Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
522 subscribers
832 photos
165 videos
5 files
658 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#bu_qiziq

Forscha "joma" - libos soʻzidan yasalib oʻzbek tiliga oʻzlashgan soʻzlar

JOMA – [f. – libos] libos.
Ipak galstukka endi ijozat, Yigitga munosib yigit jomasi.
G'.G'ulom.

KORJOMA - [f. – ish + –ko'ylak, kiyim] baʼzida JOMAKOR.
Ish kiyimi.
Shiypon chetidagi traktor g'ildiraklari ostida korjoma kiygan yosh yigit timirskilanib, o'zicha goh u, goh bu yerni tiqirlatib qo'yardi.
R. Po'latov, Oltin kalit.

JOMASHOV – [f. – (kir) yuvadigan idish] Kir yuvadigan tog'ora.
U kirni buvilardan qolgan rasm bilan jomashovda, cho'nqayib o'tirib yuvmaydi.
Shuhrat, Shinelli yillar.

JOMADON - [f. kiyim solinadigan idish] aynan chemodan.
Psixologiyada jomadon kayfiyati degan tushuncha bor.
Gazetadan.


JOMADOʻZ - [f. kiyim tikuvchi] kiyim tikuvchi usta.
Samarqand taraflarda tikuvchilarni jomadoʻz deyish saqlanib qolgan.

Poyjoma - [f. oyoq libosi] aynan pijama.
Irlandiyalik yozuvchi Jon Boyn qalamiga mansub “Yoʻl-yoʻl poyjoma kiygan bolakay” romani dunyoning best-seller asarlaridan.
Internetdan.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ