Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
524 subscribers
833 photos
167 videos
5 files
662 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#joy_nomlari

PESHKU – Buxoro viloyati tarkibidagi shahar va tuman nomi.

Mahalliy aholi peshku so‘zini ikki xil talqin qiladi. Birinchisi, tuman nomi fors-tojik tilidagi peshiko‘y – “katta yo‘l ustidagi joyma’nosini bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatilgan. Nom dastlab aholi punktining geografik o‘rniga nisbatan ishlatilgan va keyinchalik tuman ham shu nom bilan atalgan.

Ikkinchi talqin bo‘yicha, nom tojik tilidagi pesh – “old” va ko‘h – “tog‘” so‘zlaridan iborat. Nom qo‘llanish jarayonida ixchamlashgan va talaffuzda qulay bo‘lgan peshku shakliga aylangan.

✔️Ikkinchi talqin ishonchliroq ko‘rinadi va u tuman hududining geografik joylashuviga ham mos keladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#joy_nomlari

QOLGAN SIR – qishloq va ko‘l nomi. Toshkent viloyati Bekobod tumani.

✔️Qolgan Sir – “Sirdaryo tomonidan qoldirilgan”, “Sirdaryoning eskisi”, “Sirdaryoning eski irmog‘i”.

✔️Qolgan Sir – Aydar tuz konining ikkinchi nomi (Jizzax viloyati). Geologlar bu yerda neogen vaqtida Sirdaryo daryosining o‘zani bo‘lganligini aniqladilar.

✔️Qolgan Sir – “Sirdaryo tomonidan qoldirilgan”, bu
degani, Sirdaryoning eski o‘zani.

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI" dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari

✔️Buxoro nomining kelib chiqishi tarixi.

✔️Markaziy Osiyodagi qadimgi shaharlardan, shu nomdagi viloyatning markazi.

✔️U shahar sifatida yangi era davridan ma’lum. VI–VIII asrlarda feodal buxarxudotlar (“buxorolik hukmdorlar”) davlatining poytaxti bo‘lgan.

👉batafsil

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari

QIBRAY

✔️Toshkent viloyati tarkibidagi shahar va tuman nomi. Mahalliy rivoyatlarga ko‘ra Qibray (qadimda Qibiray) nomi qadimiy turkiy urug‘ nomidan kelib chiqqan.

✔️Demak, etnik guruhning nomi shahar va tuman nomiga asos bo‘lgan.

👉batafsil

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI"

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari

✔️Toshkent chekkasidagi joy. H.Hasanov uni quyilik – “pastlik”, “soy” sifatida tushuntiradi (H.Hasanov. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. 57-b.).

✔️Qo‘shish mumkinki, durmen urug‘i bo‘linmalaridan biri qo‘yli (qo‘yli – qo‘yliq) deb nomlangan. Bundan tashqari, mo‘g‘ul sarkardalaridan biri Qo‘yliq deb nomlangan, mo‘g‘ul generallarining nomlari Markaziy Osiyo toponimlarida kam uchraydi (Чигатай, Бука и т.д.).

✔️Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda Qo‘yliq nomi bir necha bor takrorlangan.

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI" dan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#joy_nomlari

ASHXOBOD

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi mahalla nomlaridan biri.

Mahalliy aholining fikriga ko‘ra, Ashxobod – bir paytlari mazkur hududda o‘ziga xos tarzda shirin taomlar tayyorlangani va shu sababli u yerni Oshi obod mahallasi deb nomlangani qayd etiladi, biroq bu munozaralidir, u xalq og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lib, aslida u o‘sha davrdagi rahbariyatning topshirig‘iga asosan tez nom topish maqsadida to‘satdan atalgan nom bo‘lishi mumkin.

Aslida esa, Turkmanistonning poytaxti Ashxobod shahrining nomi bilan atalgan toponimdir.

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI" dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram