Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
490 subscribers
924 photos
200 videos
5 files
760 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#Taqdimot

🔰Qoraqalpog‘istonda o‘zbek tiliga oid kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

🔰“O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati” va “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” kitoblarining taqdimoti Kegeyli tumani hokimining maslahatchisi Q.Jiemuratov tomonidan keng jamoatchilikka tushuntirildi.

🔰Harf va so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi, talaffuzi va joy nomlari keltirilgan mazkur izohli lug‘at lotin alifbosida nashr qilingan. Mazkur lug‘at nafaqat o‘zbek xalqi uchun, balki lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilini o‘rganishni xohlovchilar uchun ham qo‘llanma vazifasini bajaradi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#Taqdimot

🔰Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qanlikoʻl tumanida o‘zbek tiliga oid kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
👍2
#Taqdimot

🔰To‘rtko‘l tumani hokimligida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “Kimyo atamalarining izohli lug‘ati”, “Joy nomlarining izohli lug‘ati” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

Ona tili - ma'naviy boyligimiz!


Qoʻngʻirot tumani "Yoshlar markazi"da yangi nashrdan chiqqan 40 dan ortiq davlat tiliga oid kitoblarni keng jamoatchilikka tanitish maqsadida "Kitoblar bilan tanishtirish" marosimi boʻlib oʻtdi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

📚To‘rtko‘l tumanida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop ettirilgan kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#taqdimot

🔰O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek lug‘atshunosligiga oid kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorlikda “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”, “Xalqaro terminelementlarining izohli-illyustrativ lug‘ati”, “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati” kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
👍1
#Taqdimot

🔰Viloyatlardagi
taqdimot tadbirlari davom etmoqda

🔰Bugun, 13-may kuni Urganch davlat universitetida O‘zbek lug‘atshunosligiga oid kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu taqdimotni O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G’ayipov ochib berdi.

🔰Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi mutaxassislari G.To‘ychiyeva, D.Yusupova, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Azizova, hamda Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi R.Xudayberganov, “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari O‘. Begimovlar ishtirok etib, mazkur lug’atlar yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

Tadbirda "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (VI jildlik) va boshqa sohaga doir adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
👍2
#taqdimot

🔰Ozarbayjon tillar universiteti Turk dunyosi tadqiqotlar markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Elchin IBROHIMOV “TURKIY XALQLARNING UMUMIY ALIFBOSI, IMLOSI VA MULOQOT TILI” nomli kitob (monografiya) taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰Ushbu monografiyada turkiy xalqlar o‘rtasida alifbo islohotlari yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, XX asr boshidan bugungi kungacha davom etib kelayotgan jarayonlar, turkiylar o‘rtasida umumiy muloqot tilini shakllantirish maqsadida alifbo, imlo masalalarini yechish kabi muammolar ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan.

🔰Kitobda turkiy xalqlarning umumiy va mushtarak alifboga o‘tish yo‘llari belgilanib, ko‘rib chiqilayotgan yangi alifboda turkiy tillarning mushtarak tovushlariga tavsiya etiladigan umumiy harflar, umumiy muloqot tili uchun imloning bugungi kundagi dolzarbligi o‘z ifodasini topdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
👍1
#taqdimot

Viloyatlardagi
taqdimot tadbirlari davom etmoqda.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

9-iyul Guliston shahar Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Suralay” degan so‘z ilgari izohli lug‘atlarimizda yo‘q edi, o‘rdaklarning bir turi shunaqa atalishini bilib, uning izohi uchun ko‘p vaqt manba izladik va topdik: qarangki, To‘ra Sulaymon dostonlaridan birida suralay qayd etilgan ekan, sirdaryolik mashhur shoirning ana shu talqinini yangi 6 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati” kitobiga kiritdik.” Yorqinjon Odilov.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#taqdimot

Viloyatlardagi
taqdimot tadbirlari davom etmoqda.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

2024-yilning 18-iyul kuni Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskani zalida “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”,“O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlikda viloyat axborot resurs markazida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#taqdimot

Yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


🔰Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi  munosabati bilan chop etilgan yangi kitoblar taqdimoti tashkil etildi.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr qilingan “Mamleketlik tilde is jurgiziw tiykarlari” va “Davlat tilida ish yuritish asoslari”, “Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalari etnografizmlari” kitoblari bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ