Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
505 subscribers
852 photos
179 videos
5 files
699 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#Maqollar_taʼrifi

☘️Pul boʻlsa — changalda shoʻrva. Changal nima?

🌿Bu maqoldagi changal soʻzi odamning yo hayvonotning changali, yaʼni panjalari orasi maʼnosida emas, balki changalzor tikanakli butalar bilan qoplangan maydon maʼnosida keltirilgan.

🌿Demak, maqolning maʼnosi quyidagicha: agar pul boʻlsa, kimsasiz changalzorda ham shoʻrva topib ichsa boʻladi. Majozan esa quyidagicha mubolagʻa qilinadi: agar pul boʻlsa, "yoʻqni yoʻndirish", topishning imkoni boʻlmagan narsani ham topish mumkin va h. k.


Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Osilmagan qozonga otilmagan quyon tushibdi

Baʼzan shunday ham boʻladiki, hech bir oʻylanmagan, xayolga keltirilmagan, kutilmagan vaqtda biror foydali holat yuzaga kelib qoladi. Bu endi tasodif boʻlib, hamma vaqt ham shunday boʻlavermaydi, albatta. Mazkur maqolni mana shunday tasodifiy omad kelib qolganda ajablanish, quvonish maqomida yo hazil-mutoyiba tarzida aytadilar.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Bir ezma topadi, bir — kezma

Odatda ezma odamni kishilar koʻpam yoqtirmaydilar. Ammo ezma odam har bir narsani ijikilanib soʻrab, to tagiga yetmagunicha qoʻymaydi. Shu ezmaligi, soʻrab-surishtirishdan erinmasligi orqasidan koʻp narsalarni bilib oladi.

Kezma odam ham koʻp joylarni kezib yurib, bilmaganlarini biladi, koʻrmaganlarini koʻradi.

Shu bois bu maqolni «Bilmagan narsangni ezma va kezma odamlardan soʻrasang, bilib olasan», degan maʼnoda ham qoʻllaydilar, ezma va kezma odamlar ustidan kulganda kinoya tarzida ham qoʻllaydilar.

Boshqa shakli:
• Soʻzni bir ezmadan soʻra, bir — kezmadan.

*Ijikilamoq — shevaga oid soʻz, bezovta qilib, ezmalanib soʻrayvermoq degan maʼnoda ishlatiladi.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#Maqollar_taʼrifi

Holva degan bilan og‘iz chuchimaydi
.

✔️Quruq gap bilan maqsad amalga oshmaydi.

Darhaqiqat, holva degan bilan og‘iz chuchimaydi-da... Xalq – omi... bizning ma’rifat haqidagi gaplarimiz ularning qulog‘iga kirishiga uncha ishonmayman. K.Yashin, Hamza.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Novvoy chaqirishga ham kekirdak kerak

Oʻtmishda shaharlarning bozorlarida novvoylar non solingan savatni boshlariga qoʻyib, tumonat odam orasida baland ovoz bilan: “Issiq non, shirmoy non!” — degancha nonlarini maqtab oʻtaverganlar. Olomon ichida, olagʻovurda ketayotgan novvoyning nonidan olishni istagan odam “Novvoy, hoy novvoy!”, deb unga tovush yetkazishi uchun uni baland ovoz bilan chaqirishi, yaʼni “kekirdak choʻzishi” kerak boʻlardi. Shu holat misolga olib aytilgan “Novvoy chaqirishga ham kekirdak kerak” maqolini majozan bu ishni qilish oson emas, koʻp kuch sarflash kerak boʻladi, degan maʼnoda qoʻllaydilar.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#Maqollar_taʼrifi

AMMA-XOLA YIG‘ILIB DANGONA QILUR, BO‘LIB OLOLMAY HANGOMA QILUR
.

Dangona - ov, sayd, uloqchi keltirgan uloq go‘shti, xullas, g‘oyibdan qo‘lga kirgan, o‘rtaga qo‘yib baham ko‘riladigan narsa.

Bundan tashqari, bir necha kishi o‘rtada pul yig‘ib, mol olib so‘yib, go‘shtini bo‘lib olish ini ham; o‘g‘ri va qaroqchilar topgan o‘ljalarini o‘zaro o‘rtada bo‘lishib olishlarini ham “dangona” deydilar.

Ma’nosi: “Amma-xolalar ota-onadan qolgan merosni tinchgina, hamjihatlik bilan bo‘lishib ololmay, bir-birlari bilan kelishmay, nari-beri gap (hangoma)ga boradilar, ya’ni urush-janjal chiqaradilar”.

📘Ma’nolar maxzani.

✍️Shomaqsudov Shotursun, Shorahmedov Shuhrat.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#Maqollar_taʼrifi

AYRILAR DO‘ST AYOVLI NARSANGNI SO‘RAR.

Yana: “Ayrilar doʻst egarning orqa qoshini so‘raydi”.

Egarning oldi qoshi bo‘ladi, orqa qoshi bo‘lmaydi.

Aytilmoqchiki, ayriladigan do‘st eng ayovli narsangni yoxud topilmaydigan, yo‘q narsani jo‘rttaga sendan so‘rab, bermasang yoki topib berolmasang, shu bahona bilan ajrab ketadi.

📘Ma’nolar maxzani.

✍️Shomaqsudov Shotursun, Shorahmedov Shuhrat.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#Maqollar_taʼrifi

ARAVA SINSA, YALQOVGA O‘TIN
.

Arava sinsa, yalqov, dangasa odam uni tuzatishga erinadi-da, o‘tin qilib yoqib yuboraqoladi, deyilmoqchi.

Yana: Tanbalga - arava sinsa - o‘tin, ho‘kiz o‘lsa - go‘sht.

📘Ma’nolar maxzani.

✍️Shomaqsudov Shotursun, Shorahmedov Shuhrat.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ