Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
793 photos
151 videos
4 files
609 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
​​#bilib_oling

Dunyodagi eng qadimgi kutubxonalar

1. Ashshurbanipal kutubxonasi.

📘Dunyodagi eng qadimgi kutubxonasiga miloddan avvalgi VII asrda asos solingan. Ossuriya hukmdori Ashurbanipalning buyrug‘i bilan qurilgan. Ushbu kutubxona Iroqda joylashgan. Kutubxona 30000 ga yaqin mixxatlardan iborat. Unda arxiv hujjatlar, diniy afsonalar va ilmiy matnlar saqlangan. Shu jumladan 4000 yillik “Gilgamish eposi” ham saqlangan.

2. Aleksandriya kutubxonasi.

📗Miloddan avvalgi 323-yilda Buyuk Iskandarning o‘limidan keyin Misr ustidan nazorat uning sobiq generali Ptolomey I qo‘liga o‘tdi va u Iskandariya shahrida ta’lim markazini yaratmoqchi bo‘ldi. Natijada Iskandariya kutubxonasini qurdirdi. Ushbu kutibxona qadimgi dunyoning intellektual marvaridiga aylangan. Unda 500 mingdan ziyod papirus varaqlari saqlangan bo‘lib, unda adabiyot asarlari, tarix, huquq, matematika va boshqa fanlarga oid matnlar mavjud.

3. Pergamum kutubxonasi.

📕Kutubxona miloddan avvalgi III asrda qurilgan. U Turkiya hududida joylashgan. Unda 200 mingga yaqin kitoblar xazinasi joylashgan edi. Kutubxona to‘rtta xonani o'z ichiga olgan bo‘lib, uchta xona kutubxona tarkibi uchun, to‘rtinchisi esa ziyofatlar va ilmiy anjumanlar uchun uchrashuv maydoni bo‘lib xizmat qilgan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

JIYAK


1 Do‘ppi, to‘n vа sh.k. ning chetigа tutilаdigаn mахsus ensiz tаsmа.

U [Bоltа аrаvаkаsh] do‘ppisining jiyagini qаytаrib, shоhi belbоg‘ bilаn bog‘lab оlgаn. K.Yashin, Hamza.

2 Birоr nаrsаning gir аtrоfi, cheti.

Jiyaklаridа bоychechаklаr o‘sib yotgаn nаm so‘qmоqdаn оq оtli yo‘lоvchi jаdаl ketyapti. Sh.Хоlmirzаyev , Оq оtli.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

“Ishing o‘ngidan kelsin” – “o‘ng”ning o‘ngligi nimada?

O‘ng qo‘l, chap qo‘l deymiz. “Ishing o‘ngidan kelsin” deb niyat bildiramiz. “Bugun o‘ng yonidan turgan”, “Xudo yo‘lini o‘nglabdi” kabi iboralarni ishlatamiz. Xo‘sh, nima uchun o‘ng? O‘ngning afzalligi nimada? Nega biz o‘ng so‘zini yaxshi ko‘ramiz? Bu so‘z asli qanday ma’noni anglatadi?

Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida o‘ng – ong so‘zi “qulay, oson” ma’nosida izohlangan. Demak, o‘ng tomon degani aslida “qulay tomon” degani, o‘ng qo‘l ham qulay qo‘l degani. Darhaqiqat, dunyoning 95 foiz aholisiga o‘ng taraf qulay keladi.

✍️Eshqobil SHUKUR

📘“Boboso‘z izidan” kitobidan.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

Bedananing uyi yoʻq, qayerga borsa – bitbildiq


be tayin, beg‘am, qo‘nimsiz.

Ular «bedananing uyi yo‘q, qa yerga borsa – bitbildiq» degandek, shaharma-shahar sanqib yurib, meh natkashlar hisobiga yashaydilar. Oʻzbekiston madaniyati.

Bedananing uyi yo‘q, qayerga borsa – bitbildiq. Rahmatlik otamning oʻn uchinchi bolasi bo‘lganman, tug‘ilgan-u o‘lganman. Sharq yulduzi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

Anqoning urugʻi

Anqo
oʻzi nima? Anqo — bu nomi bor-u, oʻzi yoʻq boʻlgan Humo, Qaqnus, Semurgʻ, Tugʻrul singari afsonaviy qushlardan birining nomi. Baʼzi manbalarda salbiy maʼnoda taʼriflansa, boshqalarida ijobiy tarafdan talqin qilinadi.

Anqo haqidagi afsonalarning kelib chiqishi arab davlatlariga, aniqrogʻi Misrga borib taqaladi. Shunga qaramay, bu afsonalar Sharqda ham, Gʻarbda ham birdek yoyilgan.

Anqo nihoyatda taqchil, kamyob, nodir qush deb sanalgani uchun tilimizda “anqoning urugʻidek” degan oʻxshatish paydo boʻlgan.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

GIRISH


folk. Yoyning o‘qni qadab otadigan ipi.

Shu yoyni har kimsa ko‘tarib tursa, Girishin to‘g‘rilab nishonga
ursa...
“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

BO‘LJOR (pozitsiya)

✔️12–19-asrlarda Movarounnahr va Xurosondagi turkiy saltanatlar harbiy qismlarining kelishuv asosida to‘planadigan joyi; va’dagoh; harbiy pozitsiya.

Qo‘shin qismlarini bo‘ljarga joylashtirish vazifasi bo‘ljorbegi zimmasida bo‘lgan. "O‘ZBEK HARBIY TERMINOLOGIYASI" H.DADABOYEV, H.YODGOROV

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

So‘zovul


So‘zovul rutbasiga ega mansabdor safar vaqtida qo‘shindan ortda qolib ketgan askar va qochoqlarni yig‘ish bilan shug‘ullangan.

"O‘ZBEK HARBIY TERMINOLOGIYASI" H.DADABOYEV, H.YODGOROV

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

O‘zbek tilida «qo‘rqmoq” maʼnosini beruvchi 40 ta so‘z va ibora

qo‘rqdi
seskandi
xavotirlandi
hadiksiradi
hayiqdi
hurkidi
xavfsiradi
rangi oqardi
yuragi orqaga tortdi
kapalagi uchdi
yuragi yorildi
o‘takasi yorildi
cho‘chib ketdi
ichi o‘tib ketdi
tahlikaga tushdi
dahshatga tushdi
vahimaga tushdi
sarosimaga tushdi
titrab ketdi
yuragi taka-puka bo‘ldi
ishtonini ho‘llab qo‘ydi
qo‘rquvdan qaltiradi
dag‘-dag‘ titradi
ko‘zi kosasidan chiqdi
joyidan jilolmay qoldi
tili kalimaga aylanmay qoldi
kayfi uchib ketdi
ichiga g‘ulg‘ula tushdi
rangi dokadek oqardi
yuragi shuvilladi
oyog‘iga qaltiroq turdi
nafasi chiqmay qoldi
sovuq ter bosdi
labiga uchiq chiqdi
yuragi tushdi
rangida rang qolmadi
bir sakrab tushdi
dami ichiga tushdi
yuragi tovoniga tushdi

©Mavlon Marasulov

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

Dunyo tomonlari imlosi


Dunyo tomonlari deganda shimol, janub, sharq va gʻarb nazarda tutiladi. Chorak yoʻnalishlar ham dunyo tomonlari deyilishi mumkin: shimoli-sharq, janubi-gʻarb va shu kabilar.

Ular bosh harfda yoziladimi yoki kichik harfda? Bu savolni juda koʻp berishadi va koʻpchilik bu masalada qiynaladi.

1. Bosh harfda
Dunyo tomonlari geografik nomlar sifatida ishlatilganda bosh harf bilan yoziladi: Sharq xalqlari, Uzoq Sharq, Yaqin Sharq, Gʻarb mamlakatlari, Shimol va Janub urushi.

2. Kichik harfda
Dunyo tomonlari makon yoʻnalishini ifodalash uchun ishlatilganda kichik harf bilan yoziladi: shimol tomon, sharqiy yoʻnalish, davlatning janubi-sharqiy qismi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ