Forwarded from Orif Tolib
Koʻplik qoʻshimchali atoqli otlar kichik harfda yoziladimi?
Imlo qoidalariga koʻra, kishi ismlari bosh harf bilan yoziladi. Ularni kichik harfda yozish boʻyicha tartib qoidalarda belgilanmagan. Biroq ism atoqli otlik xususiyatini yoʻqotib, turdosh otga aylansa, oʻz-oʻzidan kichik harfda yoziladi. Chunki turdosh ot jumla ichida kichik harfda yozilishi kerak:
Suv keltiraman deb yeng shimargan farhodlar bormi?
Surxondaryo – alpomishlar yurti.
Yuqoridagi ikki jumlada ajratib koʻrsatilgan soʻzlar ismlik xususiyatini yoʻqotgan. Farhodlar joʻmardlar, himmatlilar maʼnosini, alpomishlar esa polvonlar, kurashchilar maʼnosini ifodalayapti. Ularni sinonimlariga – turdosh otlarga bemalol almashtirish mumkin.
Ammo koʻplik qoʻshimchasi qoʻshilgan har qanday atoqli ot turdosh otga aylanib qolavermaydi:
Bugun Farhodlarnikiga boramiz.
Bu haqda Choʻlpon-u Qodiriylar ham yozgan.
Bu jumlalarda atoqli ot oʻz xususiyatini yoʻqotmagan, kishining ismi ekani namoyon boʻlib turibdi. Farhodlarniki – Farhod va uning oilasi xonadoni, Choʻlpon-u Qodiriylar – Choʻlpon va Qodiriy, Choʻlpon va Qodiriy kabilar.
#Soʻragan_edingiz
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube

Shahari emas, shahri
Shahar soʻziga uchinchi shaxs egalik qoʻshimchasi -i qoʻshilganda bir a tushadi va shahri hosil boʻladi.
Qachon shahari shaklini qoʻllash mumkin? Agar shahar soʻzi joy nomi tarkibida boʻlsa, a saqlanadi:
Toshkentning Eski shahariga sayohat qilamiz.
Eski shahar – Toshkentning qadimiy qismi nomi. Shuning uchun unga -i egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda ham tovush tushmaydi.
Shahar soʻzidan yasalgan hamshahar soʻzida ham shunday holat kuzatiladi:
Kecha tasodifan hamshaharini koʻrib qoldi.
🟢 Qolgan holatlarda esa shahri shaklida yozish toʻgʻri:
Dunyoning eng goʻzal 15 ta shahri.
Oʻzbekistonning 10 ta tumani va shahri.
Dunyoning eng boy shahri.
Toshkent shahri, Fargʻona shahri, Qarshi shahri, qadimiy Varaxsha shahri.

Imlo qoidalariga koʻra, kishi ismlari bosh harf bilan yoziladi. Ularni kichik harfda yozish boʻyicha tartib imlo qoidalarida belgilanmagan. Biroq ism atoqli otlik xususiyatini yoʻqotib, turdosh otga aylansa, oʻz-oʻzidan kichik harfda yoziladi. Chunki turdosh ot jumla ichida kichik harfda yozilishi kerak:
Suv keltiraman deb yeng shimargan farhodlar bormi?
Surxondaryo – alpomishlar yurti.
Yuqoridagi ikki jumlada ajratib koʻrsatilgan soʻzlar ismlik xususiyatini yoʻqotgan. Farhodlar joʻmardlar, himmatlilar maʼnosini, alpomishlar esa polvonlar, kurashchilar maʼnosini ifodalayapti. Ularni sinonimlariga – turdosh otlarga bemalol almashtirish mumkin.
Ammo koʻplik qoʻshimchasi qoʻshilgan har qanday atoqli ot turdosh otga aylanib qolavermaydi:
Bugun Farhodlarnikiga boramiz.
Bu haqda Choʻlpon-u Qodiriylar ham yozgan.
Bu jumlalarda atoqli ot oʻz xususiyatini yoʻqotmagan, kishining ismi ekani namoyon boʻlib turibdi. Farhodlarniki – Farhod va uning oilasi xonadoni, Choʻlpon-u Qodiriylar – Choʻlpon va Qodiriy; Choʻlpon va Qodiriy kabilar.