Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
508 subscribers
849 photos
177 videos
5 files
690 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
Forwarded from OYINA.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rahbarlarimizda millatparvarlik yoʻq. Xizmat koʻrsatish nuqtalari xorijiy tilda nomlangan...

“Oyina podkast“ining 2-sonidan

Toʻliq videoni koʻrish: https://youtu.be/65JmDqwIssM

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBEK TILIM
(Qasida)

Dilbarimsan shu jahonda,
dilrabo o‘zbek tilim,
Ham go‘zalsan, ham asal,
ohanrabo o‘zbek tilim.

Deydilar: forsiy – shakar,
lafzi arab – durri guhar,
Sen shakardirsan, guharsan
bebaho, o‘zbek tilim.

Necha so‘z forsiydin olding,
chun arabdin ham necha,
Baski, turkiy shiddating ul
serjilo, o‘zbek tilim.

Chin nafosat sendadir,
Sehr-u salobat sendadir,
Ul sababdin ham etarsan
mahliyo, o‘zbek tilim.

Gar maqom aytsak, jaranglab,
ko‘kka yetgaydir maqom,
Alla aytsak, ne ajab
shirin ado o‘zbek tilim.


✍️Jamol Kamol

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Emoji (smaylik)ga o‘zbekchada qanday nom berish mumkin deb o‘ylaysiz?
Anonymous Poll
19%
Kulgich
8%
Kuldirgich
25%
Imochi (imo-chi)
60%
Hisbelgi
13%
Boshqa so‘z
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Hujjat kelib tushganligi haqidagi qayd».


Bunday rekvizit kelgan hujjatlarga maxsus qaydlov shtampi (to‘rtburchak muhr) orqali yoki qo‘l bilan yozib qayd etiladi.
Qaydlov shtampida hujjat oluvchi tashkilot nomi, sana va qaydlov ko‘rsatkichi uchun joy ajratilgan bo‘ladi.

Qaydlov shtampining namunaviy shakli:
—————————————————————
«Mash’al» firmasi
sanasi _________________
___-son

—————————————————————-

Eslatish joizki, hujjatlarni ro‘yxatga olish, ish yuritish talablari idora yoki tashkilotda buyruq bilan tasdiqlangan tartib, nizom va qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Shunday shtamp bo‘lmagan holda hujjat olingan sana va hujjat ko‘rsatkichi qo‘lda yoziladi. Bunday belgi hujjatning
birinchi varag‘i old tomonining o‘ngdagi quyi burchagidan joy oladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

Qisqartmalar

Qisqartmalar — bu barqaror soʻz birikmalarining ixchamlikka erishish maqsadida qisqartirilgan shakli:

- Oʻzbekiston milliy universiteti — OʻzMU;
- Ommaviy axborot vositalari — ОАV;
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BМТ;
- Amerika Qoʻshma Shtatlari — АQSH;
- Turar joy majmuasi — TJM.

Qisqartmalarga qoʻshiladigan qoʻshimchalar ajratilmay qoʻshib yoziladi:

OʻzMUga, AQSHdagi, OAVning, TJMda.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

✔️Aslida kundalik hayotimizda o‘zbek tilidan sof foydalanish bu - haqiqiy zamonaviylik.

Ajnabiy so‘zlarni aralashtirib gapirish emas!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
KOSHG‘ARIY

1
Olis-olislarda, ko‘k yorug‘ida
Tovlangan adirda surgancha xayol,
Osmon-u zaminning oralig‘ida
Chol turar – soqolin qo‘mitar shamol.

U daftarning oppoq varag‘i kabi
Moviyrang samoni tekislab, shaylab,
Qalamni olovga botirib olib,
«Quyosh» degan so‘zni bitar avaylab.

Shunda daryolarda to‘lib suv oqar,
Qirlarga tomchilar gullar quyoshdan.
Ufqlarga qarab chopar so‘qmoqlar,
Maysalar sakrashib o‘tadi toshdan.

2
Olis-olislarda, yillar qa’rida
So‘zlarni uyg‘otar o‘ychan ko‘zli chol.
Quyoshning tafti bor yurak qo‘rida,
So‘zlarning changidan oqargan soqol.

Chol bilar, ona til – xalqning yuragi,
Xalq o‘lmas – so‘zini o‘ldirolmasang.
Ona tilda jodir xalqning tilagi,
Har so‘zida yashar qadimiy ohang.

Xira ko‘zin uzmay oppoq varaqdan
Bitarkan eng oddiy ulug‘ so‘zlarni,
U so‘zlarni emas, zabun bo‘lmoqdan
Aslida qutqarib qoldi bizlarni…


✍️Xurshid Davron

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#maqola

Amerikaning xalqaro yangiliklar va media kompaniyasi CNN ("Simli Yangiliklar Tarmog‘i") e’tirofi: “O‘zbek olimlari dunyoni o‘zgartirgan!”

Ushbu tarmoqda bir qator buyuk o‘zbek allomalari haqida turkum maqolalar e’lon qilindi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Forwarded from Qumanjir🌵
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#faxr

🫡 Bunday xatti-harakatlar yosh sportchilarga o‘z vatani va tilini hurmat qilishni o‘rgatadi.

❗️Oramizdagi "Men Husanovni otdushi fanatiman" deb yurganlar ko‘rib qo‘ysin!

qumanjir🌵
Koʻplik qoʻshimchali atoqli otlar kichik harfda yoziladimi?

Imlo qoidalariga koʻra, kishi ismlari bosh harf bilan yoziladi. Ularni kichik harfda yozish boʻyicha tartib imlo qoidalarida belgilanmagan. Biroq ism atoqli otlik xususiyatini yoʻqotib, turdosh otga aylansa, oʻz-oʻzidan kichik harfda yoziladi. Chunki turdosh ot jumla ichida kichik harfda yozilishi kerak:

Suv keltiraman deb yeng shimargan farhodlar bormi?
Surxondaryo – alpomishlar yurti.


Yuqoridagi ikki jumlada ajratib koʻrsatilgan soʻzlar ismlik xususiyatini yoʻqotgan. Farhodlar joʻmardlar, himmatlilar maʼnosini, alpomishlar esa polvonlar, kurashchilar maʼnosini ifodalayapti. Ularni sinonimlariga – turdosh otlarga bemalol almashtirish mumkin.

Ammo koʻplik qoʻshimchasi qoʻshilgan har qanday atoqli ot turdosh otga aylanib qolavermaydi:

Bugun Farhodlarnikiga boramiz.
Bu haqda Choʻlpon-u Qodiriylar ham yozgan.


Bu jumlalarda atoqli ot oʻz xususiyatini yoʻqotmagan, kishining ismi ekani namoyon boʻlib turibdi. Farhodlarniki – Farhod va uning oilasi xonadoni, Choʻlpon-u Qodiriylar – Choʻlpon va Qodiriy; Choʻlpon va Qodiriy kabilar.

#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube