Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
514 subscribers
845 photos
172 videos
5 files
679 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#Taqdimot

🔰Avvalroq, Qoʻqon universitetida Davlat tili maslahatchilari uchun amaliy seminar boʻlib oʻtgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu seminarda davlat tilini rivojiga xizmat qiluvchi kitoblar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop ettirilgan "O‘zbek tilida ish yuritish terminlarining qisqacha izohli lug‘ati", "O‘zbekiston joy nomlari izohli lug‘ati" hamda "Farg‘ona viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati" kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yuqoridagi kitoblar to‘g‘risida Davlat tilini rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi Uchqun Маhmudov, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov hamda dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Gulrux Jо‘raboyevalar ma’lumot berishdi.

Shuningdek Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov hujjatlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish hamda tilbilig.uz platformasi to‘g‘risida nutq so‘zladi.
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM – JON TOMIRIM

Lutfiyning lutfi bilan
Loying she’rga qorgansan,
Boburning nafasida
Hindistonga borgansan,
Navoiy Xamsasida
Yuragimda qolgansan,
Ona tilim, ona tilim!

Jadidlaring otilgan,
Kechgan sen deb jonidan,
«O‘tkan kunlar» bitilgan
Qodiriyning qonidan,
Cho‘lpon voz kechib ketgan
Seni deb osmonidan,
Ona tilim, ona tilim!

Sohibqiron Temurning
Ko‘ksidagi g‘urursan,
Mirzo Ko‘ragoniyning
Rasadida mashhursan,
Ellik million yurakning,
Toleyisan, mag‘rursan,
Ona tilim, ona tilim!


✍️Mirzohid Botirov

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Kelishuv ustxati»


✔️Kelishish hujjat loyihasini dastlabki ko‘rib chiqish va baholash usulidir.

Kelishish tashkilot ichida ham (turli tarkibiy bo‘linmalar va mansabdor shaxslar bilan), uning tashqarisida ham (hujjat loyihasidagi masalalarga o‘z vakolatlariga muvofiq bevosita munosabati bo‘lgan bo‘ysunuvchi va bo‘ysunmaydigan tashkilotlar bilan) amalga oshirilishi mumkin.

Hujjat loyihasini ichki kelishish imzolovchining shaxsiy imzosi va imzolash sanasini o‘z ichiga olgan viza bilan rasmiylashtiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda imzolovchining lavozimi ko‘rsatilishi mumkin. Uning imzosini ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi bilan ko‘rsatib yozish shart.
Masalan:
—————————————————————————
KELISHILDI
O‘zR Moliya vazirligi reja bo‘limi boshlig‘i

(imzo) A. Usmonov
—————————————————————————

✔️Hujjat kollegial organ bilan kelishilishi lozim bo‘lgan hollarda «Kelishuv ustxati»da hujjat nomi bosh kelishikda ko‘rsatilib, sana va tartib raqami qo‘yiladi.
Masalan:
—————————————————————————-
KELISHILDI
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi mehnat jamoasi kengashi yig‘ilishi bayonnomasi. 2019-yil 11-fevral. 3-son.
—————————————————————————-

✔️Agar hujjat kelishuvi boshqa hujjat vositasida amalga oshirilsa, «Kelishuv ustxati»da o‘sha hujjatning turi, muallifi (tashkilot nomi), sanasi, shartli raqami ko‘rsatiladi.
Masalan:
—————————————————————————
KELISHILDI
«O‘zstandart» agentligi xati. 2019-yil 15-mart. 7/05-09-son
————————————————-—————————
✔️Hujjat loyihasi bo‘yicha mulohazalar va qo‘shimchalar alohida varaqda bayon qilinadi va bu haqda loyihada tegishli belgi qo‘yiladi.

Ustxat belgisi hujjatlarning tashkilotda qoldirilayotgan nusxalariga – old tomoniga, «imzo» rekviziti ostiga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
🔰KUN SO‘ZI ✔️KO‘LIK Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#BOBOSO‘Z

Ko‘lik va avtomobil


Ko‘lik so‘zi menga bolaligimdan yaxshi tanish. «Uyda bir ko‘lik bo‘lishi shart», «Ko‘liging bo‘lmasa qiyin», «Bir ko‘lik olishim kerak» kabi gaplarni ko‘p eshitib qolardim. Odamlarimiz ot, eshak qatori kajavali motosiklni, avtomashinani, traktorni ham ko‘lik deyishardi.

Hozirgi paytda bu so‘z tilimizda juda kam qo‘llanadi. Aslida ko‘lik so‘zi juda qadimiy so‘z. Ming yillar davomida bu so‘z ot-ulov, yuk tortuvchi hayvon ma’nosini anglatib kelgan. XX asrga kelib ko‘lik transport ma’nosini ham anglata boshlagan.

Mahmud Koshg‘ariy bu so‘zni kölӱk – «yuk ortish mumkin bo‘lgan hayvon orqasi» deb izohlagan. Yuk ortiladigan va miniladigan tuyasi bor odamni kölӱklӱk ӭr deb atagan. Bu iboraga juda hamohang köliklїk jӭr degan birikma ham qadimgi tilimizda bo‘lgan va u «soya joy» ma’nosini anglatgan.

Shundan kelib chiqibmi, A. Vamberi ko‘lik so‘zining paydo bo‘lishini ko‘lanka ma’nosidagi kölik so‘zi bilan bog‘laydi. Balki bu taxmin ko‘likli odam panasi bor, soyali odam degan ma’noda mulohaza qilishga undar, lekin undan ko‘ra boshqa olimlarning ko‘lik so‘zining o‘zagi ko‘l (köl) «qo‘shmoq», «ortmoq» ma’nosida keladi degan farazi asosliroq tuyuladi.

Menda yana bir taxmin paydo bo‘ldi. Ko‘lik dastlab yuk ko‘taradigan hayvonga nisbatan qo‘llangan ekan, unda ko‘tarmoq fe’lidagi «ko‘» bilan «ko‘lik»dagi «ko‘» o‘rtasida
bog‘liqlik bo‘lishi ham mumkin.

Nima bo‘lgandayam, har kun avtomobilda yuradigan odam ondasonda ota-bobolaridan qolgan ko‘lik so‘zini eslab qo‘ysa yomon bo‘lmaydi.

BOBOSO‘Z IZIDAN
(So‘zlar bilan so‘zlashuv)

✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd».


Hujjatning ikkinchi yoki keyingi boshqa nusxalarini tasdiqlash belgisidir. Odatda, hujjat nusxasi qo‘lda yoki kompyuterda yoziladi, shuningdek, tezkor matbaa vositalari bilan tayyorlanadi.

Hujjat nusxasining birinchi varag‘iga «nusxa» belgisi qo‘yiladi. Tashkilot faqat o‘zida tayyorlangan hujjatlardan nusxa
berishi mumkin (bu qoida arxiv muassasalari va notariusga
nisbatan qo‘llanmaydi).

Fuqarolarni ishga, o‘qishga qabul qilish, ularning mehnat,
turarjoy va boshqa huquqlarini qondirishga taalluqli ishlarni hal qilishda, shaxsiy hujjat yig‘majildlarini shakllantirishda tashkilot boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq masalalarni hal qilish uchun zarur hujjatlar (ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar, guvohnomalar) nusxalari tayyorlanadi. Hujjat nusxasi tashkilot rahbari yoki tarkibiy bo‘linma rahbari ruxsati bilan beriladi.

Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd «Imzo» rekvizitining ostiga qo‘yilib, «To‘g‘ri» deb yozilgan tasdiqlovchi so‘z, tasdiqlovchi shaxsning lavozimi nomi, shaxsiy imzosi, uning ismi va otaismi bosh harflari, familiyasi, nusxa tasdiqlangan sanadan iborat bo‘ladi.

Masalan:
—————————————
To‘g‘ri
Kadrlar bo‘limi
noziri ____________ G. Isroilova
(imzo)
2019-yil 18-iyun
—————————————
Hujjatdan olingan nusxalarni boshqa tashkilotlarga jo‘natishda yoki biror mas’ul shaxsning o‘ziga berishda tasdiqlovchi imzo muhr bilan tasdiqlanishi lozim.

Jo‘natma hujjatlarning tashkilotda qoladigan nusxalari soddalashtirilgan ko‘rinishda tasdiqlovchining lavozimi, tasdiqlangan sanasi ko‘rsatilmay ham tasdiqlangani qayd etilishi mumkin.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#e'lon

“Ommaviy diktant” tadbiri g‘olib va sovrindorlari diqqatiga!

✍️ 2024-yilning 16-oktabr kuni soat 11:00 da Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2024-yil II yarim yillik ish rejasida belgilab qo‘yilgan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida www.tilbilig.uz platformasi orqali “O‘zbekiston kelajagi savodxon yoshlar qo‘lida” shiori ostida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazilgan edi.
Batafsil 👈

“Eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega OTM”
“Eng yaxshi diktant matni egasi”

☎️ +998933344491

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from O‘zbekcha gapiramiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishga qabul qilingan xodimlar birinchi duch keladigan holat ariza yozish bilan boshlanib, bu davlat tilida ish yuritishga kirib kelayotganini bildiradi.

Shundan keyin ishda buyruq tayyorlash, bildirgi, tilxat, tushuntirish xati kabi hujjatlarga duch kelinadi.

Ular qanday yoziladi, qayerda nuqta qo’yiladi-yu, matn qanday shakllantiriladi, degan savollar qo’yila boshlanadi.

Biz xodimlarga davlat tilida ish yuritishda ko’mak berish maqsadida videoqo’llanmalar olishni boshladik.

Foydali bo’lsa, xursand bo’lamiz! Muhimi davlat tilida ish yuritish ko’payaversin!

https://t.iss.one/ozbekcha_gapiramiz
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM


Ona tilim – onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa.

Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazina-yu bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til,
Bu dunyoga bag‘ishlaymiz ne daho.


✍️Mirtеmir

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ