Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
503 subscribers
852 photos
179 videos
5 files
697 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#Davlat_tili
#Jarayon

♻️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Ishchi guruhi tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi doirasida “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida davlat tilining to‘laqonli joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida korxonada davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, ish yuritishning to‘liq davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi, davlat tili targ‘iboti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, kerakli tavsiyalar berildi.

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati
Audio
#Davlat_tili

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Vatanni yovdan himoya qilgandek o‘zbek tilini ham himoya qilishimiz, asrashimiz kerak” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin.

✍️ Bekzod Shukurov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

🔰G‘oliblarga sovg‘alar to‘plami topshirilib kelinmoqda.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” (106.5) radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatiladi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
#Davlat_tili_tanlov Diqqat tanlov! ❗️Sizda qimmatli sovg‘alar toʻplamini qo‘lga kiritish imkoni bor. ❗️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilinadi. ❗️Sahifalarimizda (dtrdep , UZTRJ ) o‘zbek tiliga…
#Davlat_tili_tanlov

Ijtimoiy sahifalarimizda O‘zbek tiliga
davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tanlov eʼlon qilingan edi.

❗️Ushbu tanlov g‘oliblari ham aniqlandi:

🎖Muhsinjonova Shirinoy Asliddin qizi Surxondaryo viloyati

🎖Bekıyeva Barno Komıljonovna Xorazm viloyati

«Qadring baland bo'lsin, ona tilim» tanlovining taqdirlash marosimida ular ham e'tirof etildi.

Sovrindorlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan esdalik sovg‘alar, diplom hamda qimmatli kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ