Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
504 subscribers
852 photos
179 videos
5 files
697 links
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
Download Telegram
#ona_tilim_mangu_makonim

TILINGNI XORLAMA


Til o‘rgan, mayli, ammo o‘z tilingni xorlama,
Go‘zal o‘z gulzoringni hech qachon mozorlama.

Yor-yor aytib bo‘lmaydi o‘zga tilda, anglagin,
Yor-yor bilsang beri kel, bilmasang «yor-yor»lama.

Ona tilim – jon tilim, onajonim allasi,
Ranjitma bu allani, behuda ozorlama.

Bag‘ringga bos onangni, onajoning tilingni,
Bilib-bilmay onangni ko‘ksingdan «bor-bor»lama.

Qara u o‘zga tilda o‘z so‘zimiz yozig‘liq,
Til o‘rgan, mayli, ammo o‘z tilingni xorlama.

Mehring to‘ldirib so‘zla, mehring to‘ldirib yozgin,
Farid kabi tilingni ardoqla, hech xorlama.


✍️Farid Usmon

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕK TILI


O‘zbek tili mening uchun asosiy til,
Bugun, erta-indin, kecha... huvv, moziy til.
O‘zin hurmat etar odam o‘zin bilar,
O‘z tilida o‘ylab, aytar so‘zin bilar.

Kecha paydo bo‘lgan emas o‘zbek
tilim,
Oltoy tillar oilasida o‘zdek
tilim.
Turkiy tillar ichida o‘z o‘rni bordir,
Hayajoni, xotirasi, qo‘ri bordir.

Ona-ota, Vatan, millat yagonadir,
Din, e’tiqod iymonliga bir donadir.
Fors, arab, rus tillaridek jozibador.
Millat ruhi.
Ruh oldida o‘zbek qarzdor!


✍️Umida Abduazimova

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim

“SO‘Z DURLARIN TERMOQ..."


Iqbol MIRZO,
O‘zbekiston xalq shoiri.

“So‘z ham tirik mavjudot. Uning chaqaloqlik bolalik, o‘smirlik hamda balog‘at chog‘lari bo‘ladi. So‘zda mansub xalqning ruhi, fe’l-atvori aks etadi. O‘z so‘zingni qo‘yib, o‘zganing zaboniga suyanish - o‘z jigaringni uyingdan haydab, begonani yetaklab yurishdek gap..”

(Erkin Vohidov suhbatlaridan)

So‘z xiyoboni (Adiblar so‘z tarifida) kitobidan.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim

Kecha bittasi azbaroyi zerikkanidan Fb(!)ga yozibdi: “Xolodes”ning o‘zbekchasi nima bo‘ladi?”

Topqir o‘zbegim bir dunyo variantlarni qalashtirib tashlaganki, o‘qib maza qivorasiz! Mana ular: “liqqildoq”, “kilkildoq”, “qilpildoq”, “bilqildoq”, “jippildoq”, “dirildoq”, “hilhildoq”, “biliq-biliq”, “muzsho‘rva”, “yumshoqsovuq”, “ilvira”, “yaxnama”, “liq-liqa”, “liqliqi”, “aspiq”, “hashlama”, xorazmliklar “do‘ngdirmo” derkan, bittasi jonini ko‘p koyitib o‘tirmay “pishirib, sovutilgan yaxna go‘sht” deb qo‘ya qoldi. Mana sizga olam-olam so‘z! Xalq ziyrak. Xalq dono. Xalq topqir.

Sh.IBROHIMOV
Facebook

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕKCHA KUYLANG

(«O‘zbekiston 24» telekanali suxandoni
Arevat Grigoryanga)

Qay zamon keldiki, ustimiz yechib,
Choponni ko‘mishni odatga yo‘ydik.
Hatto «o‘zbek» degan unvondan kechib,
Ajnabiy poyiga boshimiz qo‘ydik!

Farzandimiz o‘zga tilda sharaqlab,
So‘zladi, zavqlandik, chapaklar chaldik!
Ikki o‘zbek boshqa tilda valaqlab...
Qarang, oqibatda kim bo‘lib qoldik?

Arman qiz sochini o‘zbekcha o‘rib,
O‘zbekka o‘zbekcha o‘rgatib qo‘ydi!
Yuragim zavqlanar, ham og‘rir ko‘rib,
U bizni o‘zidan ortiqroq suydi!

Men unga boshimni tekkizib yerga,
O‘zbekcha ta’zimlar qilaman cheksiz!
Nasrga solaman sig‘masa she’rga,
Arevat, siz toza o‘zbek qizisiz!

Arevat, o‘zbekcha kuylang, baralla,
Bobo o‘zanidan ketganlar qaytar!
Ishonaman, kelar shundayin palla,
Dunyo ko‘nglidagin o‘zbekcha aytar!


✍️Fozil Farhod

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM – JON TOMIRIM

Lutfiyning lutfi bilan
Loying she’rga qorgansan,
Boburning nafasida
Hindistonga borgansan,
Navoiy Xamsasida
Yuragimda qolgansan,
Ona tilim, ona tilim!

Jadidlaring otilgan,
Kechgan sen deb jonidan,
«O‘tkan kunlar» bitilgan
Qodiriyning qonidan,
Cho‘lpon voz kechib ketgan
Seni deb osmonidan,
Ona tilim, ona tilim!

Sohibqiron Temurning
Ko‘ksidagi g‘urursan,
Mirzo Ko‘ragoniyning
Rasadida mashhursan,
Ellik million yurakning,
Toleyisan, mag‘rursan,
Ona tilim, ona tilim!

✍️Mirzohid Botirov

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM

Ona tilim – onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikda o‘xshar
ona tuproqqa.

Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazina-yu bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til,
Bu dunyoga bag‘ishlaymiz ne daho.


✍️Mirtеmir

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Ona_tilim

Bu yerda, O‘zbekistonda do‘stlarim meni Nodira deb chaqirishadi,deydi Bay Yang.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_mangu_makonim

TO‘QQIZINCHI FЕVRAL


Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sen bu kecha boshimda
O‘zbek tilidagi qo‘shiqlarni aytib turmasang.

Men ertaga o‘laman,
ona,
Agar sening kelinlaring bu kecha
Buyuk shoirlarni tug‘masa agar.

Men ertaga o‘laman,
ona,
Agar sening baxshilaring bu kecha
Tonggacha tugatolmasa «Alpomish» dostonini.

Men ertaga o‘laman,
ona,
Daraxt shoxlarida qushlar bu kecha
«Lison ut-tayr»ni takror etmasa,
Men ertaga o‘laman,
ona.

Uxlay olmadim men...
Boshimda qadimiy qo‘shiqlar aytding,
Kelinlaring tug‘di ulug‘ shoirlaringni.

Baxshilar...
Nafasi tiqilib bo‘g‘izlariga
«Alpomish» so‘ngini aytdilar tongda.

Qushlar...
Daraxt shoxlarida titragan qushlar,
Navoiy tilida gapirib chiqdi.
Men hech qachon o‘lmayman,
ona!

✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBEK TILIM
(Qasida)

Dilbarimsan shu jahonda,
dilrabo o‘zbek
tilim,
Ham go‘zalsan, ham asal,
ohanrabo o‘zbek
tilim.

Deydilar: forsiy – shakar,
lafzi arab – durri guhar,
Sen shakardirsan, guharsan
bebaho, o‘zbek
tilim.

Necha so‘z forsiydin olding,
chun arabdin ham necha,
Baski, turkiy shiddating ul
serjilo, o‘zbek
tilim.

Chin nafosat sendadir,
Sehr-u salobat sendadir,
Ul sababdin ham etarsan
mahliyo, o‘zbek
tilim.

Gar maqom aytsak, jaranglab,
ko‘kka yetgaydir maqom,
Alla aytsak, ne ajab
shirin ado o‘zbek
tilim.

✍️Jamol Kamol

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

✔️Aslida kundalik hayotimizda o‘zbek tilidan sof foydalanish bu - haqiqiy zamonaviylik.

Ajnabiy so‘zlarni aralashtirib gapirish emas!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
#ona_tilim_mangu_makonim

SUF


Talpinarman uchmoq istab, beqanot har onga suf!
Uy faqat tinglovchi bo‘lsa, nolayi afg‘onga suf!

Ne o‘zi poklik, haromlik? Qaydadir sarhadlari?
Rost libosin tanga ilgan serfirib yolg‘onga suf!

Yer kasal... Dengiz ado... Daryolari nimjonlashar,
Malhami bo‘lmoqqa ojiz har yo‘riq, farmonga suf!

Boshidan yog‘sa zaharlar, to‘lsa og‘u oshiga,
Shunda ham mum tishlasa, ul notavon-nolonga suf!

Xalqini ochlikda ko‘rsa, qandayin uxlar, ajab?!
O‘zni dono deb hisoblar rahbari nodonga suf!

Onajon ham o‘z tilimdir, bag‘ri qon ham o‘z
tilim,
O‘z tiliga soqchi ermas shoiri davronga suf!

El uchun birlik – najot, birlik – tayanch, Gulchehra, bil,
Birligingdan yuz o‘girsang, sendayin insonga suf!


✍️Gulchehra Nurullayeva

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram