TUPROQSIFATTAHLIL DUK
807 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.31K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
GILOS HAQIDA 10 TA QIZIQARLI FAKT

🍒Ayni kunlarda respublikamizning turli hududlaridagi bog‘larda pishib yetilgan gilos hosilini yig‘ish ishlari boshlab yuborilgan. Bugun ushbu mevani bozorlar va savdo do‘konlarining rastalarida ham ko‘rish mumkin. Nega gilosni qadrlaymiz? Bugun biz sizga gilos va ularning qiymati haqida qiziqarli ma’lumotlarni ulashamiz.

🔴Gilos qancha qoraygan bo‘lsa, shunchalik pishgan bo‘ladi, qancha pishgan bo‘lsa, tarkibidagi shakar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi.
🔴Gilos oziq-ovqat bo‘yoqlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib, aynan gilosdan qizil emas, balki yashil rang olinadi.
🔴Gilosning norasmiy nomlaridan biri "qush gilos" dir. Shubhasiz, bu qushlarning ularni sevib yeyishi bilan bog‘liq.
🔴Gilos olchadan ko‘ra ko‘proq termofiltr.
🔴Zamonaviy tadqiqotchilar gilos olchadan paydo bo‘lgan deb emas, balki aksincha, olcha gilosdan paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Gilos insonlarga taxminan o‘n ming yil oldin ma’lum bo‘lgan, bu esa uning chinakam qadimiy rezavorligidan darakdir.
🔴Gilos mevalarining diametri ikki santimetrga yetishi mumkin.
🔴Asalarilar bir gektar yer maydonidagi gilos daraxtlaridan 35 kilogrammgacha gulchang yig‘ishi mumkin.
🔴Bir vaqtlar gilos daraxtining qatroni o‘ziga xos saqich sifatida ishlatilgan.
🔴Gilosning ko‘plab navlari mavjud, ammo ulardan faqat o‘nga yaqini faol ravishda yetishtiriladi.
🔴Umuman olganda, gilos daraxti 10 metrgacha o‘sadi, biroq kamdan-kam hollarda 30 metrli gilos daraxtlarini ham uchratish mumkin.

#bu_qiziq #gilos #fakt

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
👍3
O‘ZBEKISTON 15 TA DAVLATGA QARIYB 40 MLN DOLLARLI GILOS EKSPORT QILDI

📈Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil yanvar-may oylarida, O‘zbekiston 15 ta davlatga jami 32,8 ming tonna gilos eksport qildi.

Gilos eksportining umumiy qiymati 38,9 mln AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Ushbu meva eksport hajmi, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 14,4 ming tonnaga oshgan.

2023-yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
🇷🇺Rossiya — 19,8 ming tonna
🇰🇿Qozog‘iston — 6,4 ming tonna
🇰🇬Qirg‘iziston — 6,1 ming tonna
🇧🇾Belarus — 333 tonna
🇦🇪BAA — 36 tonna
🇨🇳Xitoy — 29 tonna
🇲🇾Malayziya — 17 tonna
🇸🇦Saudiya Arabistoni — 10,5 tonna

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 25,4 ming tonna
gilos eksport qilgan edi.

#gilos #eksport #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM