TUPROQSIFATTAHLIL DUK
882 subscribers
9.89K photos
1.57K videos
103 files
7.57K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
#bu_qiziq

Uzum yallig'lanishni yengillashtiradi va stress, tashvish, xotiraning buzilishi va gipertoniya ta'sirini yo'qotadi.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
#bu_qiziq

Shotlandiya dunyodagi eng go'zal mamlakat sifatida tan olingan.

Aytgancha, bu ko'prik "Garri Potter" filmidagi Xogvartsga olib boradigan yo'l hisoblanadi.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
#bu_qiziq

Okean suvining bir tonnasidan taxminan 7 mg oltin olish mumkin.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
#bu_qiziq

🔸Asalarilar "fan uchun ulkan sir" deb ta’riflanadi. Chunki ular 20 million yildan beri mavjud va shu vaqt davomida umuman o‘zgarmagan jonzot hisoblanadi.
🔸Bu muddat davomida dunyodagi deyarli butun mavjudotlar ma’lum darajada o‘zgargan.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
#bu_qiziq

⚡️Yurish organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

• 3 daqiqa yurish - qon bosimini pasaytiradi;
• 5 daqiqa toza havoda yurish, kayfiyatni ko‘taradi;
• 10 daqiqa yurish, ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi;
•Ovqatdan so‘ng 15 daqiqa yurish, qondagi qand miqdorini yengillashtiradi;
• Ovqatdan so‘ng 30 daqiqa yurish, ortiqcha vazndan xalos qiladi;
• 40 daqiqa yurish, keksalarda yurak kasalligining oldini oladi;

https://t.iss.one/TSTM_DUK
#bu_qiziq

🍏 Kunda bir dona olma foydasi

«Har kuni bitta olma yesangiz, shifokor oldiga borishga hojat qolmaydi» deyishadi inglizlar.

Chunki 1 dona olma sog‘lom bo‘lishingizga katta yordam beradi. Zero, 45 kkal ega bo‘lgan (100g) olma tarkibida 45 mg kaliy, 6 g uglevod, 1-2 g klechatka, ma’lum miqdorda kalsiy, temir, natriy, fosfor, folat kislotasi, A, V, S, RR vitaminlari, oqsil mavjud. Agar olmaga qo‘shib 5-6 dona urug‘ini ham yesangiz, sutkalik yod miqdoriga ega bo‘lasiz.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

❗️Kosta-Rikadagi mahalliy gidlar bu zanjabil o'simligidan olingan suvdan teriga chivinni qaytaruvchi vosita sifatida va chanqaganida ichimlik suvi sifatida foydalanadilar.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
PEKAN YONG‘OG‘I HAQIDA BILASIZMI

🟢Pekan – yong‘oqdoshlar oilasiga mansub daraxt.

🟢Yurtimizda birinchi marta 1926-yildan ekila boshlangan.

🟢Pekanning vatani – Shimoliy Amerika
.

🌰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida pekan yong‘og‘ining “Gigant”, “Kapalak”, “Faxr”, “Hosildor”, “Xolis”, “Denov”, “Kichik mevali”, “Bo‘ydor”, “O‘zbekiston”, “Ahil” navlari hamda Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasida “Busseron” va “Selnsi razni” navlari yetishtiriladi.

#bu_qiziq #pekan #yongoq

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#bu_qiziq

Dunyodagi eng unumdor tuproq Nil daryosida joylashgan va qora tuproq deb ataladi. Bu juda unumdor va sabzavot va don yetishtirish uchun mos keladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram |Facebook | Instagram| You Tube | websayt
GILOS HAQIDA 10 TA QIZIQARLI FAKT

🍒Ayni kunlarda respublikamizning turli hududlaridagi bog‘larda pishib yetilgan gilos hosilini yig‘ish ishlari boshlab yuborilgan. Bugun ushbu mevani bozorlar va savdo do‘konlarining rastalarida ham ko‘rish mumkin. Nega gilosni qadrlaymiz? Bugun biz sizga gilos va ularning qiymati haqida qiziqarli ma’lumotlarni ulashamiz.

🔴Gilos qancha qoraygan bo‘lsa, shunchalik pishgan bo‘ladi, qancha pishgan bo‘lsa, tarkibidagi shakar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi.
🔴Gilos oziq-ovqat bo‘yoqlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib, aynan gilosdan qizil emas, balki yashil rang olinadi.
🔴Gilosning norasmiy nomlaridan biri "qush gilos" dir. Shubhasiz, bu qushlarning ularni sevib yeyishi bilan bog‘liq.
🔴Gilos olchadan ko‘ra ko‘proq termofiltr.
🔴Zamonaviy tadqiqotchilar gilos olchadan paydo bo‘lgan deb emas, balki aksincha, olcha gilosdan paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Gilos insonlarga taxminan o‘n ming yil oldin ma’lum bo‘lgan, bu esa uning chinakam qadimiy rezavorligidan darakdir.
🔴Gilos mevalarining diametri ikki santimetrga yetishi mumkin.
🔴Asalarilar bir gektar yer maydonidagi gilos daraxtlaridan 35 kilogrammgacha gulchang yig‘ishi mumkin.
🔴Bir vaqtlar gilos daraxtining qatroni o‘ziga xos saqich sifatida ishlatilgan.
🔴Gilosning ko‘plab navlari mavjud, ammo ulardan faqat o‘nga yaqini faol ravishda yetishtiriladi.
🔴Umuman olganda, gilos daraxti 10 metrgacha o‘sadi, biroq kamdan-kam hollarda 30 metrli gilos daraxtlarini ham uchratish mumkin.

#bu_qiziq #gilos #fakt

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GULLAR MAMLAKATI – GOLLANDIYA HAQIDA

🌹Niderlandiyada atirgul va loladan tashqari, qo‘qongul, nilufar, orxideya, piongul va sunbul yetishtiriladigan ulkan plantatsiyalar ham mavjud.

Ammo, Gollandiya gullari, deganda birinchi bo‘lib ko‘z oldimizga atirgul va lola keladi. Bu bejiz emas – mamlakatda har yili 3 mlrd atrofida atirgul va taqriban 2 mlrd dona lola sotiladi.

Qizig‘i shundaki, Gollandiya “lolalar mamlakati” deyilsa-da, bu gulning asl vatani Eron bo‘lib, Yevropaga Turkiya orqali kirib kelgan (gollandcha Tulp, inglizcha Tulip deb atalishi shundan – uning asl vatanidagi nomi “dulbash” – “do‘ppi” bo‘lgan).

O‘rta asrlarda lola juda talabgir va qimmatbaho gul sanalgan. Uning “Semper Avgust” navining uch dona piyozi 1637-yilda 30 000 guldenga sotilgani ma'lum. Bu pulga o‘sha paytda poytaxt markazidagi butun boshli uy berilgan.

Bizning davrimizda bu mamlakatda har yili 1200 tadan 1500 tagacha yangi o‘simlik navlari yaratiladi. Dunyodagi kesilgan gullar bo‘yicha eng yirik auksion – Royal Flora Holland`da esa, har kuni 145 000 atrofida tranzaksiya amalga oshirilib, 400 000 ga yaqin navdagi o‘simliklar eksport qilinadi.

#bu_qiziq #Gollandiya #gullar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
QIZIQ FAKTLAR

🍅Pomidor bir paytlar zaharli sanalgan.
🍋Limonda shakar miqdori qulupnaydagidan ko‘proq.
🍯Asal hech qachon eskirmaydi.
🍊“Apelsin” so‘zi golland tilidan tarjima qilganda “Xitoy olmasi” ma'nosini anglatadi.
🍎Olmada antioksidantlar banandagiga qaraganda besh barobar ko‘proq.
📚Mevalarni o‘rganuvchi fan “pomologiya” deb ataladi.
🍒Aslini olganda, mevabu daraxt yoki butaning urug‘ joylashgan qismidir. Ya'ni, ichida urug‘ bor bo‘lsa – meva bo‘ladi.
🥕“Sabzavot” esa, aslida, pazandachilikka oid atama. Ya'ni, biz “sabzavot” deb umumlashtirib aytadiganimiz – bu o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi va hokazo bo‘lishi mumkin. Uy bekalari esa, ko‘p hollarda, shirin bo‘lsa – meva, qolgani – sabzavot deb sanaydilar.
☕️Qahva donalari, aslida, don emas. U mevaning danagi sanaladi.
🍏Dunyoda eng keng tarqalgan meva – bu olma. Markaziy Osiyo hududida paydo bo‘lgan olma butun olamga tarqalgan va hozirga kelib eng ko‘p ekiladigan meva daraxti sanaladi.

#bu_qiziq #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
#bu_qiziq

💠Har daqiqada Yer atmosferasiga 6210 tonnadan ortiq karbonat angidrid gazi chiqariladi.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
#bu_qiziq

🍊Birinchi apelsinlar sariq rangda bo‘lmagan

Birinchi apelsinlar
Janubi-Sharqiy Osiyodan paydo bo‘lgan. Apelsin sitrus mevalar mandarin va pomeloning gibrididir va u dastlab yashil rangga ega bo‘lgan! Vetnam va Tailand kabi issiq hududlarda apelsinlar pishib etish davrida hali ham yashil rangini saqlab qolgan.

Telegram |Facebook | Instagram| You Tube
TUPROQ HAQIDA BESHTA FAKT

🟠Tuproqsiz hayot yo‘q. Va hayotsiz tuproq ham bo‘lmaydi.
Amerika tuproqshunoslari jamiyatiga ko‘ra, tuproq – bu foydali qazilmalar, havo, suv va tirik organizmlar yig‘indisi bo‘lib, ular qatlamlarda to‘planib, vaqt o‘tgan sayin zichlashib boraveradi. Tuproq bioxilma-xillikning eng yirik rezervuarlaridan biri bo‘lib, sayyoradagi hayotning qariyb uchdan bir qismini o‘zida jamlaydi! Bir qoshiq tuproq milliardlab mikroblar uchun vatan bo‘lishi mumkin.

🟠Tuproq – okeanlardan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi uglerod omboridir.
Tuproq ulgerodning eng yirik manbai,
shuningdek, yirik ombori ham – unda quruqlikdagi uglerodning taqriban 75%i saqlanadi. Tuproqning uglerodni saqlashdek tabiiy qobiliyati iqlim o‘zgarishini yumshatish va unga moslashishda muhim ahamiyatga ega.

🟠Tuproq – sayyoradagi tabiiy suvlarning eng yirik filtri.
Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, lekin dunyodagi butun toza suv ta'minoti tuproq tufayli ro‘y beradi – u har yili o‘n ming kubokilometrlab suvni filtrlab beradi. Qattiq yuzaga tushgan suv okeanga butun iflosliklarni olib borib tashlaydi. Tuproqqa tushgan suv esa, tabiiy filtratsiyadan o‘tadi.

🟠Tuproq – jahon oziq-ovqat xavfsizligining kafolati.
Oziq-ovqat bilan ta'minlash tuproqdan boshlanadi, chunki tuproq – biz yeyayotgan barcha narsaning manbasidir.

🟠Sog‘lom tuproq – sog‘lom odamlar.
Tuproqda yashaydigan mikroorganizmlardan tibbiyotda davolash uchun foydalanishlarini bilarmidingiz? Aslini olganda, infeksiyalarga qarshi kurashishda biz qo‘llaydigan barcha antibiotiklarning kelib chiqishi tuproqqa borib taqaladi. Aynan tuproqda yashaydigan mikroorganizmlar insoniyatga streptomitsin va siklosporin kabi hayotiy muhim dori-darmonlar in'om etgan.

#bu_qiziq #tuproq #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

🇪🇸 Ispaniyaning Valensiya provensiyasida 🍊 apelsin hosilini terib olishmoqda.

https://t.iss.one/TSTM_DUK
BIOMOLEKULALAR – QURG‘OQCHILIKKA QARSHI YECHIM...MI?

💧Qurg‘oqchilikning salbiy oqibatlari allaqachon ko‘rina boshlagan. Tog‘lardagi o‘simlik qoplamining qisqarishi, dehqonchilik mavsumida suvning keskin cheklanishi, yer osti suvlarining chekinishi... Bu ketish bo‘lsa, cho‘llashuv keng quloch yozishi hech gap emas.

Yechim bormi

🔬Ilmiy asoslangan yechimlari ko‘p. Bir emas, bir necha. O‘zbekiston mikrobiologlari ana shunday yechimlardan birini taklif etmoqda. Mikrobiolog olim, O‘zbekiston FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Mikrob biotexnologiyasi laboratoriya mudiri, fan doktori Baxtiyor Rasulovga ko‘ra, bu kuz, qish va erta bahorgi yog‘inning uzoq vaqt tuproqda saqlanish imkonini beradigan biotexnologiya bo‘lib, tabiiy, ekologik maqbul va arzon yechim sanaladi.

🧬Gap shundaki, tuproq bakteriyalari ko‘plab biomolekulalarni hosil qiladi. Ular orasida ekzopolisaxarid degan toifasi bor. Bir xususiyati – suvni yaxshi ushlaydi. Tuproqqa solinsa, namini uzoq muddat saqlab turadi: 1 grammi 120 gramm atrofida suvni biriktirib oladi. “Qo‘lga tushgan” suv 2-3 oy davomida tuproqda saqlanadi. Bu muddatda o‘simlik bemalol rivojlanadi. Taklif etayotgan usul uchun sug‘orish kerak emas. Kuz, qish va erta bahorning yomg‘ir-suvi yetadi.

👉Batafsil

#bu_qiziq #biomolekulalar #mikrobiologiya #genetika_va_osimliklar #biotexnologiya #ekzopolisaxarid

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
OLXO‘RINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

🟢Jigarga davo. Olxo‘ri va olxo‘ri sharbati jigarni salbiy ta'sirlardan himoya qiladi va turli kasalliklar rivojlanishining oldini oladi.

🟢Vaznni me'yorda ushlashga yordam beradi. Olxo‘rida kletchatka ko‘p bo‘lib, uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi.

🟢Tomirlar salomatligini mustahkamlaydi. Qora olxo‘ri iste'moli qon bosimini va “yomon” xolesterin darajasini sezilarli pasaytiradi.

🟢Yoshlikni uzaytiradi. Olxo‘rida antioksidantlar ko‘p miqdorda mavjud. Shuningdek, olxo‘ri xotira yaxshilanishiga yordam beradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi.

🟢Suyak to‘qimalarini mustahkamlaydi. Olxo‘rini muntazam iste'mol qilish nafaqat ichki organlar, balki suyaklar holatiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Undagi bor moddasi suyak va mushaklarni mustahkamlaydi.

🟢Temir tanqisligining oldini oladi. Olxo‘ri temir moddasiga boy 100 g mevada 2,1 mg temir mavjud.

🟢Ovqat hazm qilish uchun foydali. Perstaltikani yengil rag‘batlantirib, ich qotishning oldini oladi.

Olxo‘rining foydali xususiyatlari ko‘p bo‘lsa-da, mutaxassislar bir jihatni yoddan chiqarmaslikni ta'kidlaydilar: bu mevani haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish qorin dam bo‘lishi, ich ketishi va allergiya reaksiyalari yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

#bu_qiziq #olxori

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
#bu_qiziq

Dunyodagi eng unumdor tuproq Nil daryosida joylashgan va qora tuproq deb ataladi. Bu juda unumdor va sabzavot va don yetishtirish uchun mos keladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
https://t.iss.one/TSTM_DUK
Yerni kuzgi haydash – u nima uchun zarur?

Tuproqqa ishlov berish – muhim agrotexnik tadbir. Yerni ekin mavsumiga sifatli tayyorlash ekinlar hosildorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari nobud bo‘lishini kamaytirish imkonini beradi. Yer haydash foydasi haqida so‘z yuritamiz.

🔸 Yer haydash – bu tuproqqa maxsus usulda ishlov berishdir: yer qatlami taxminan 20 sm chuqurlikda ag‘dariladi, maydalanadi, qumoqlashtiriladi va plug yordamida aralashtiriladi. Shaxsiy va kichik fermerlik xo‘jaliklarida pluglar qo‘lbola bo‘ladi yoki kultivatorga ulanadi, ishlab chiqarish ko‘lamlarida plug qishloq xo‘jaligi texnikasiga o‘rnatiladi.

Yer haydalishi qator afzallikka ega: yer kislorodga boyiydi, unda o‘simliklar tezroq va baquvvatroq o‘sadi; kemiruvchilar va hasharotlarning yer osti yo‘llari buziladi; tuproq eroziyasining oldi olinadi; begona o‘tlarni yulish jarayoni osonlashadi, chunki ularning ildizlari yuzaga chiqib qoladi; yerning sho‘rlanishi darajasi kamayadi.

Kuzgi yer haydalishi begona o‘tlar ildizlari va yer ostida yashovchi bakteriyalar hamda zararkunandalarni yuzaga chiqaradi. Ular sovuqda halok bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik vaqtida, yer suvsizlanishining oldini olish maqsadida, yerni haydamagan ma'qul

#bu_qiziq #yer_haydash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM