TUPROQSIFATTAHLIL DUK
807 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.31K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Ozbekiston_24 #yarmarka

🎥 “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrining 12 ta dehqon bozorida ish boshlagan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari haqida lavha efirga uzatildi.

Unda aholini zarur turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash, ayniqsa, bayram kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari xususida yurtdoshlarimiz tomonidan fikr-mulohazalar bildirilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
👍1
OZARBAYJON TADQIQOTCHILARI YURTIMIZDA TAJRIBA ORTTIRISHADI

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi hamda Ozarbayjon melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchilari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad har ikki tashkilot mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Muloqot davomida mamlakatimizdagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tuproq laboratoriyasining jahon standartlariga javob berishi va ko‘plab imkoniyatlarga egaligi ozarbayjonlik mutaxassislarning eʼtiborini tortdi. Shu bois, Ozarbayjon melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari respublikamizga kelib, ushbu laboratoriyaning faoliyati bilan yaqindan tanishish istagini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

#Hamkorlik #Memorandum #Ozbekiston #Ozarbayjon #laboratoriya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
👍3
O‘zbekiston dunyoda yer maydoni bo‘yicha 56-o‘rinni va aholi soni bo‘yicha 41-o‘rinni egallaydi (2023-yil 24-mart holatiga ko‘ra).

O‘zbekiston hududi xilma – xil, ammo katta qismi — cho‘llar, dashtlar va tog‘lardan iborat. Jo‘shqin hayot jamlangan O‘zbekiston shaharlari daryo vodiylarida joylashgan.

Chegaralarning uzunligi — 6221 km.

Hisor tog‘ tizmasidagi Hazrat-Sulton cho‘qqisi
, dengiz sathidan 4 600 metrdan ortiq balandlikda joylashgan.

Dengiz sathidan eng past nuqta Qizilqum cho'lida joylashgan Mingbuloq chuqurligidagi Qulatoy sho'r botqog'i -12,7 metr.

Infografikamizda biz sizni mamlakatimizda mavjud bo‘lgan yerlar bilan tanishtiramiz.

#infografika #yerlar #Ozbekiston

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining informatsion dasturida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada 160 dan ortiq davlatdan 2 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan ushbu konferensiyada O‘zbekistonninig oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi strategiyasi tadbir qatnashchilarning diqqat markazida bo‘lganligi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #konferensiya #FAO #oziq_ovqat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram