TUPROQSIFATTAHLIL DUK
806 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.31K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
OZARBAYJON TADQIQOTCHILARI YURTIMIZDA TAJRIBA ORTTIRISHADI

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi hamda Ozarbayjon melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchilari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad har ikki tashkilot mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Muloqot davomida mamlakatimizdagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tuproq laboratoriyasining jahon standartlariga javob berishi va ko‘plab imkoniyatlarga egaligi ozarbayjonlik mutaxassislarning eʼtiborini tortdi. Shu bois, Ozarbayjon melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari respublikamizga kelib, ushbu laboratoriyaning faoliyati bilan yaqindan tanishish istagini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

#Hamkorlik #Memorandum #Ozbekiston #Ozarbayjon #laboratoriya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
👍3
O‘ZBEKISTON–VENGRIYA: AGROTA'LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

🤝Shu kunlarda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Vengriyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Ushbu mamlakat poytaxti – Budapesht shahrida Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminov Vengriyaning Niredxaza universiteti rektori Gyorgi Szabo bilan uchrashdi.

Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi sohasida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo‘nalishida ikki mamlakat ilm dargohlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Aytish kerakki, Niredxaza universiteti Vengriyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lib, ilmiy izlanishlar, yuqori sifatli ta'lim va talabalar uchun yuksak e'tibor uyg‘unlashgani bilan xalqaro miqyosda obro‘ qozongan.

Uchrashuvda universitet rektori Gyorgi Szabo o‘zbekistonlik talabalarni grant asosida o‘qitish imkoniyati mavjudligini bildirdi. O‘zbekiston tomoni Vengriya ta'lim tizimiga ishonch bildirib, o‘zbek yoshlarini ushbu mamlakatga tahsil olish uchun yo‘llashga tayyorligini e'lon qildi.
O‘zaro muzokaralar natijasi o‘laroq, ikki tomon o‘rtasida mazkur universitetda yurtimiz yoshlarini grant asosida ta'limga jalb qilish bo‘yicha o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko‘ra, yiliga 8-10 nafar o‘zbekistonlik yoshlar Niredxaza universitetida qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlari bo‘yicha grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

#xalqaro_hamkorlik #memorandum

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM