TUPROQSIFATTAHLIL DUK
867 subscribers
9.95K photos
1.58K videos
103 files
7.62K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_2020
Davyergeodezkadastr qo’mitasining hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlari matbuot kotiblari uchun “Samarali PR-xizmat: zamonaviy tendensiyalar va zaruriy ko’nikmalar” mavzusidagi 3 kunlik seminar-trening o'z nixoyasiga yetdi.
#tuproqsifattahlil #seminar

"TUPROQSIFATTAHLIL" DUK mutaxassislari 2021 yil 24 noyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Takomillashtirilgan paxta tashabbusi o'quv dasturi “Paxtachilikda barqaror rivojlanish va qo‘shimcha qiymatni oshirish” loyihasi doirasida bo'lib o'tgan seminar-treningda faol ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#tuproqsifattahlil #seminar

Qishloq xo'jaligi vazirligi "TUPROQSIFATTAHLIL" DUK mutaxassislari 2021 yil 26 noyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "Regenerativ qishloq xo'jaligi" va “Paxtachilikda barqaror rivojlanish va qo‘shimcha qiymatni oshirish” loyihasi doirasidagi seminarda o'zining tezkor mobil tuproq laboratoriyasi bilan ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#tuproq_unumdorligi #seminar

“TUPROQSIFATTAHLIL” DUK MUTAXASSISLARI XITOY QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASI TOMONIDAN O‘QITILDI

🎓Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tomonidan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK mutaxassislari uchun malakaviy o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda mutaxassislar Xitoyning tuproq unumdorligi va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy qishloq xo‘jaligi yechimlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, mahalliy qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadida tomonlar o‘rtasida dalillarga asoslangan tajribalar almashildi.

Ushbu seminar “Tuproqsifattahlil” DUK va Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi o‘rtasidagi “Qishloq xo‘jaligini masshtablash va modernizatsiya qilishni rivojlantirish va boshqarish” bo‘yicha bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda imzolangan hamkorlik Memorandumi ijrosini ta‘minlash doirasida o‘tkazildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar #odob_axloq_qoidalari #davlat_xizmatchilari

DAVLAT XIZMATCHILARINING ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI

🏢Toshkent davlat agrar universitetida O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda targ‘ib qilish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tadbirda turli vazirlik, qo‘mita va agentliklar xodimlari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlaridan 140 nafardan ortiq masʼul xodimlar, jami 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AYOL TOMORQASIDAN DAROMAD OLSA...

👥13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida “Aholi tomorqalarida bog‘dorchilik va uzumchilikni tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan 5 kunlik seminar-trening tashkil etildi.

#seminar_trening #bogdorchilik #uzumchilik #agrar_soha_ayollari
*****
КАК ЖЕНЩИНА МОЖЕТ ПОЛУЧАТЬ ДОХОД ОТ СВОЕГО ХОЗЯЙСТВА?

👥13 марта 2023 года в Национальном центре знаний и инноваций в сельском хозяйстве при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан был организован пятидневный семинар-тренинг на тему: "Организация садоводства и виноградарства на приусадебных участках населения".

#семинар_тренинг #женщины_в_сельскохозяйственной_сфере #садоводство #виноградарство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHIDA XALQARO ME’YORLARNI JORIY QILISH YO‘LLARI O‘RGANILDI

👥Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida integrallashgan tizimni boshqarish” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar davomida xalqaro tan olingan Global G.A.P. standarti va ushbu standart talablaridan kelib chiqib havola etilgan standartlar – Global G.A.P. xavf-xatarlarining ijtimoiy me’yorlarga muvofiq amal qilinishini baholash (GRASP), iste’molchi yorlig‘i (GGN LABEL), ekologik sug‘orish va yer osti suvlaridan foydalanish dasturi (SPRING)dan foydalanishning dolzarb jihatlari muhokama etildi.

#seminar #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Global_GAP

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI ZAMONAVIY TALABLAR

🐄Bugun qishloq xo‘jaligi sohasidagi har bir yo‘nalish zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanishga intilmoqda. Bunda nafaqat mahalliy tajribalar asosidagi saʼy-harakatlar, izlanishlar, balki xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotimizga tadbiq etish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida tashkil etilgan “Zotdor chorva mollarini oziqlantirish va ratsionini tuzish” mavzusidagi seminar ham aynan chorvachilikni davr talablari asosida rivojlantirishga bag‘ishlandi. Unda ushbu yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarda muhokama etilgan mavzulardan biri: “Chorvachilikda yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar” — bu nafaqat o‘sha xo‘jalikning, balki respublikada sohaning rivojiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Buning oldini olish uchun esa, buzoqlarning o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish, ularning hayotini saqlab qolish,  to‘g‘ri parvarishlash lozim. 50 bosh buzoqning hayotini saqlab qolish orqali 250 ta chorva moli parvarishlanadigan fermadan 5 yildan keyin yana bitta katta ferma paydo bo‘lishiga erishish mumkin. Bu esa, bevosita mamlakatimizda sut, go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan aholi talabining qondirilishiga erishish demakdir.

#seminar #chorvachilik #IAU

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
YANGI NAV – YANADA KO‘PROQ DAROMAD DEMAK

🔰Agrar sohadagi ilg‘or tashabbuslar bilan tanishish, ularni amaliyotga joriy etish maqsadida ikki kun avval Sirdaryo viloyatida bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ayni damda ishchi tashrif bilan Qashqadaryoda.

Joylarda agrar sohadagi islohotlarning ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib ularning yechimlarini ishlab chiqishni maqsad qilgan vazirning ilk tashrifi “Koson elita urug‘chiligi laboratoriyasi” MCHJ bo‘ldi. Bu yerda Aziz Voitov urug‘chilik fermer xo‘jaliklari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyatida 11 ming gektar yer urug‘ qadashga tayyorlab qo‘yilgan. Viloyatda ushbu hudud sharoitiga moslashtirilgan 37 navdagi urug‘ sinovdan o‘tkazilib, ekilayotgani tadbirda ta’kidlandi.

Seminar o‘tkazilayotgan hududga tutash maydonda 40 gektar yerga paxtaning Buxoro-10 elita navi urug‘chilik uchun ekilgan bo‘lib ishtirokchilar ushbu maydondagi g‘o‘zalarning holatini ham ko‘zdan kechirishdi.

Tadbir doirasida yangi texnikalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Fermerlar e’tirofiga ko‘ra, bugungi kunda “Agrotex klaster”da ishlab chiqarilgan texnikalar ish jarayonida o‘zini yaxshi tomondan namoyon etgan.

#tashrif #urugchilik #seminar #agrotex_klaster #Qashqadaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIFATLI MAKKAJO‘XORI YETISHTIRISHGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

👥Bugun Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida “Makkajo‘xorini sifatli yetishtirish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Ikki kunga mo‘ljallangan ushbu o‘quv seminarining nazariy qismida germaniyalik mutaxassis Robert Grimm o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Seminar davomida makkajo‘xori yetishtirishda sifat mezonlari, o‘simlikni yetishtirish bo‘yicha tadbirlar, makkajo‘xori ekish, siloslik makkajo‘xori navlari, siloslik makkajo‘xori yetilishi, nav tanlash va donli makkajo‘xori ekish, o‘g‘itlash, zararkunandalarga hamda begona o‘tlarga qarshi kurashish borasida maslahatlar berdi.
*****
ПРОВЕДЕН ОБУЧАЮЩИЙ СЕМИНАР ПО ВЫРАЩИВАНИЮ ВЫСОКОКАЧЕСТВЕННОЙ КУКУРУЗЫ

👥Сегодня в Международном аграрном университете прошел обучающий семинар на тему «Качественное выращивание кукурузы». Немецкий эксперт Роберт Гримм поделился своими рекомендациями в теоретической части этого двухдневного обучающего семинара.

В ходе семинара были даны рекомендации по критериям качества выращивания кукурузы, проведению мероприятий по выращиванию растительности, посадке кукурузы, выращиванию высококачественной кукурузы, подбору удобрений и борьбе с вредителями.

#seminar #tavsiyalar #makkajoxori #IAU #семинар #рекомендации #кукуруза

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZUMCHILIK: OLTIARIQ TAJRIBASINI OMMALASHTIRISH YO‘LIDA

🍇Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar ish boshladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida 27- iyul kuni Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chogʻida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida ham bo‘lib, oltiariqlik bog‘bonlarning uzumchilik sohasidagi tajribalari bilan yaqindan tanishgandi. Tumanning uzumchilik tajribasini yuqori baholagan davlatimiz rahbari mamlakatimizda iqlimi uzumchilikka mos tumanlar ko‘pligini ta'kidlab, ularda ham Oltiariq tajribasini joriy qilish, tokzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

Mana shu ko‘rsatma ijrosi doirasida, “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida uch kunlik ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Shuhrat G‘aniev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroev, hududlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, butun respublikadan uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etmoqdalar.

Ko‘rgazmali seminar ishtirokchilari davlatning diqqat-e'tibori ostida uzumchilik rivojlanib borayotganini ta'kidlab, sohaning yanada rivoj topishida o‘zaro bahamjihatlikda ish ko‘rish, yaqindan fikr-mulohazalar, tajribalar almashish katta rol o‘ynashini bildirdilar.

Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

#seminar #uzumchilik #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM