TUPROQSIFATTAHLIL DUK
867 subscribers
9.95K photos
1.58K videos
103 files
7.62K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
YANGI NAV – YANADA KO‘PROQ DAROMAD DEMAK

🔰Agrar sohadagi ilg‘or tashabbuslar bilan tanishish, ularni amaliyotga joriy etish maqsadida ikki kun avval Sirdaryo viloyatida bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ayni damda ishchi tashrif bilan Qashqadaryoda.

Joylarda agrar sohadagi islohotlarning ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib ularning yechimlarini ishlab chiqishni maqsad qilgan vazirning ilk tashrifi “Koson elita urug‘chiligi laboratoriyasi” MCHJ bo‘ldi. Bu yerda Aziz Voitov urug‘chilik fermer xo‘jaliklari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyatida 11 ming gektar yer urug‘ qadashga tayyorlab qo‘yilgan. Viloyatda ushbu hudud sharoitiga moslashtirilgan 37 navdagi urug‘ sinovdan o‘tkazilib, ekilayotgani tadbirda ta’kidlandi.

Seminar o‘tkazilayotgan hududga tutash maydonda 40 gektar yerga paxtaning Buxoro-10 elita navi urug‘chilik uchun ekilgan bo‘lib ishtirokchilar ushbu maydondagi g‘o‘zalarning holatini ham ko‘zdan kechirishdi.

Tadbir doirasida yangi texnikalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Fermerlar e’tirofiga ko‘ra, bugungi kundaAgrotex klasterda ishlab chiqarilgan texnikalar ish jarayonida o‘zini yaxshi tomondan namoyon etgan.

#tashrif #urugchilik #seminar #agrotex_klaster #Qashqadaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM