Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.09K subscribers
43.1K photos
4.38K videos
67 files
12.9K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

YANGIYO‘L SHAHRIDA "DRON-SHOU" BO‘LIB O‘TADI

Bugun, soat 18:00 da Yangiyo‘l shahrida joylashgan sport maktabining stadionida ilk bor "DRON-SHOU" bo'lib o'tadi.

Shou davomida 250 ta dron vositasida turli xildagi shakllar hosil qilinib, yirik ko‘lamli tomosha tashkil etiladi.

Ushbu shou dronlari 1000 metr balandlikga koʻtarilib, Toshkent shahrida turib ham koʻrishingiz mumkun boʻladi.

📍Lokatsiya

Ishtirok etish mutlaqo bepul.

Barchani qiziqarli bo‘lib o‘tadigan "DRON-SHOU" tomoshasiga taklif etamiz!

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍1🔥1
#Bildirish

1-YANVARDAN NIMALAR O'ZGARADI?

Pensionerga hisoblangan, ammo o'z vaqtidan olinmagan pensiyani to'lash muddati uzaytiriladi;

ma'muriy sudlarda davlat boji ishni ko'rib chiqish natijasiga ko'ra aybdor tarafdan undiriladi;

bir necha shaharlarda yo'lovchilarni tashish brutto-shartnoma asosida tashkil etiladi;

garov bilan ta'minlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi;

pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi;

ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi;

maktab direktorlari har 5 yilda kasbiy sertifikatsiyalanadi;

ichimlik suvidan foydalanish bo'yicha “Tejamkor uy” reyting tizimi ishga tushiriladi;

yangi obyektlarni loyihalashtirishda chang-gaz tozalash uskunalari o'rnatilishi ko'zda tutilmagan loyihalar ekologik ekspertizadan o'tkazilmaydi;

uy sharoitida daraxt ko'chatlarini yetishtirish o'zini-o'zi band qilish hisoblanadi;

mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 million so'mgacha oshiriladi;

ayrim poyezdlarda yo'lovchilarni tashish xizmati tariflari davlat tomonidan tartibga solinmaydi;

professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchilarga imtiyozli kredit ajratiladi;

maktablarning qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasi orqali shakllantiriladi;

kichik tadbirkorlarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga to'g'ridan-to'g'ri sotishga ruxsat beriladi;

ayrim tibbiy xizmatlar davlat byudjeti hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko'rsatilishiga ruxsat beriladi;

baliqchilik loyihalari uchun garovsiz kredit ajratiladi;

ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk uchun majburiy badallarning eng kam miqdori vazirlik tomonidan belgilanadi;

“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi;

kredit qarzdorligini undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, foizlar va neustoyka hisoblanishi to'xtatiladi.

https://t.iss.one/toshvil_sport
👍42
Forwarded from Miraziz Mirsultonov
#Bildirish

Bekobod shahar "Metallurg" jamoasi fan-klubiga futbol ishqibozlari uchun qabul boshlandi. Fidoyi va intizomli muxlislar safga qabul qilinadi.

Fan klubga yangi qo'shilgan a’zolarga rahbariyat tomonidan sharf, futbolka va kepka taqdim etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun telefon raqamlar: +998 90 907 28 01; +998 90 336 84 86.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#bildirish

O‘ZBEKISTON-TAILAND O‘YINI: JAMOAMIZNI BIRGA QO‘LLAB-QUVVATLAYMIZ!

Ertaga soat 16:30 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailand jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Terma jamoamizga muxlislik qilish uchun O‘rta Chirchiq tumanida yoshlar jam bo‘lishi an’ana tusiga kirmoqda.

Bu galgi o‘yinni ham katta ekranlarda, jamoa bo‘lib tomosha qilish mumkin.

O‘rta Chirchiq tumani "Fayzobod" mahallasi hududida joylashgan 3-sonli informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida

Lokatsiya

https://t.iss.one/toshvil_sport
👍1
#bildirish

O‘rta Chirchiq tumanida "Hokim kubogi" sport musobaqalariga start beriladi

Sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi
turlari bo‘yicha O‘rtaсhirchiq tumani "Hokim kubogi" sport musobaqalarining sektor bosqichi va yakuniy final bosqichi quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:

– Mini-futbol musobaqalari mart oyi davomida tuman Ichki ishlar bo‘limining sun’iy qoplamali maydonida;

– Voleybol musobaqalari 1-sektor bo‘yicha 26-fevral kuni 65-maktab, 2-sektor bo‘yicha 27-fevral kuni 3-IDUM, 3-sektor bo‘yicha 28-fevral kuni 43-maktab, 4-sektor bo‘yicha 29-fevral kuni 67-maktabda va final bosqichi 4-mart kuni 2-kasb-hunar maktabida;

– Stol tennisi musobaqalari 1-sektor bo‘yicha 6-mart kuni 59-maktab, 2-sektor bo‘yicha 7-mart kuni 23-maktab, 3-sektor bo‘yicha 11-mart kuni 51-maktab, 4-sektor bo‘yicha 12-fevral kuni 28-maktabda va final bosqichi 14-mart kuni 28-maktabda o‘tkaziladi.
👍1
#Bildirish

Yurtimizda 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Mamlakatimizda “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, atrofni obodon holga keltirish, sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 16-17-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Shuningdek, umumxalq hasharida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, respublika boʻylab mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish koʻzda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Bildirish

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi


Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’iy nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishi belgilandi.

🗓21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

🗓22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

🗓23-mart — shanba (6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

🗓24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Ma'lumot o'rnida, qo‘shimcha dam olish kunlari Davlatimiz rahbarining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoni asosida belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bildirish

Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 30-mart kuni Nurafshon shahridagi markaziy oʻyingohda jurnalist va bloger (vayner, youtuber, tik-toker, instabloger)lar o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" bosh g‘oyasi asosida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan jurnalist, bloger, kanal yurituvchi va ijtimoiy tarmoq faollari oʻzi istiqomat qiladigan hudud hokimligining axborot xizmati boʻlimiga uchrab, roʻyxatdan oʻtishi yoki +998949305455, +998909033994 telefon raqamlarga qoʻngʻiroq qilishi kerak.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bildirish

Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 30-mart kuni Nurafshon shahridagi markaziy oʻyingohda jurnalist va bloger (vayner, youtuber, tik-toker, instabloger)lar o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan jurnalist, bloger, kanal yurituvchi va ijtimoiy tarmoq faollari oʻzi istiqomat qiladigan hudud hokimligining axborot xizmati boʻlimiga uchrab, roʻyxatdan oʻtishi yoki +998909584838, +998909033994 telefon raqamlarga qoʻngʻiroq qilishi kerak.

📝Arizalar joriy yilning 29-mart kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻli maʼlum vaqtga yopilmoqda

⛔️ Sportning velosport-shosse turi boʻyicha U-16 15-16 yoshlilar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati  oʻtkazilishi munosabati bilan joriy yilning 1-2-3-may kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 “Bektemir-Chorbogʻ q” avtomobil yoʻlining 34 va 54 kilometrlari oraligʻida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini start, Gʻazalkent shahriga kirish qismi finish) transport vositalari harakati cheklanadi.

Boʻstonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqorolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Hurmatli "Burgalik", "Oltio‘g‘il" va "Qunduzak" mahallalari aholisi o‘zingizga sport maydonchasini sovg‘a qilishingiz mumkin!

Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman-shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.

Sport maydonchalari  ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lgan mahallalarga qurib beriladi.

Ovozlar joriy yilning 10-mayidan 1-iyunigacha  tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi.

tashabbus.sport.uz saytga kirib mahallangizga ovoz bering hamda mahallangizga sport maydonchasi qurilishida faol bo‘ling!
#Bildirish

Bo'stonliq yo‘llarida vеloshassе bo‘yicha musobaqalar start oldi

Bugundan boshlab Boʻstonliq tumanida velosportning shasse yoʻnalishi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida “Tour of Bostonliq” hamda “Grand Prix Chorvoq Criterium” xalqaro musobaqalari start oldi.

Ushbu musobaqa joriy yilning 27-may sanasidan 31-may kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
👍1
#Bildirish

Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻli  maʼlum vaqtga yopilmoqda

Sportning velosport-shosse turi boʻyicha kattalar ( erkaklar va ayollar)  oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati  oʻtkazilishi munosabati bilan joriy yilning 25-26-iyun kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 “Bektemir-Chorbogʻ q.” avtomobil yoʻlining 34 va 54 kilometrlari oraligʻida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini start, Gʻazalkent shahriga kirish qismi finish) transport vositalari harakati cheklanadi.

Boʻstonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqorolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍1
#diqqat
#bildirish

Joriy yilning 29-30-noyabr kunlari Nurafshon shahridagi «Nurafshon arena» markaziy stadionida shahardagi korxona-tashkilotlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha shahar "Hokim kubogi" musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nosabat bilan bugun musobaqaning qur'a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish
#toʻgʻarak

Zangiota tumani o‘yingohida yangi sport to‘garagi!

Tumanda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish maqsadida "Para yengil atletika" bo‘yicha to‘garak tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar Oliy toifali murabbiylar tomonidan olib boriladi.

Agar farzandingiz ushbu sport turi bilan shug‘ullanishni istasa, quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling:

📞 +998 97 866 05 25
Barcha qiziquvchilarni to‘garakka taklif qilamiz!
👍4
#Bildirish #Announcement #Уведомление

Futbol bo‘yicha DXX kubogiga
start berildi
________                                 

The State Security Service (SSS) Cup in football
has kicked off
________

Дан
старт соревнованиям по футболу на кубок СГБ

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
👍2
#bildirish

"Besh tashabbus paralimpiadasi"ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi

"Besh tashabbus paralimpiadasi" bu insonlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport orqali jamiyat hayotiga faol integratsiyasini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan ommaviy sport musobaqasidir.

Paralimpiada doirasida tuman va shahar bosqichlarida mahallalardagi nogironligi bo‘lgan yoshlar faol ishtirok etib, o‘z hududlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Endilikda ular musobaqaning navbatdagi viloyat bosqichida o‘zaro bellashadi.

Mazkur final bosqichi ertaga, 15-may kuni Nurafshon shahridagi "Nurafshon arena" o‘yingohida bo‘lib bo‘lib o‘tadi.


Unda har bir tuman va shahardan saralangan, iqtidorli va irodali sportchilar turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sinashadi.

Musobaqa jarayonlari nafaqat ishtirokchilarning jismoniy salohiyatini namoyish etish, balki ular orasida do‘stlik, birdamlik va ijtimoiy faollikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Ayni damda Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Sport maktabida "Besh tashabbus paralimpiadasi"ning viloyat bosqichi bo‘shlanish arafasida.

"Besh tashabbus paralimpiadasi" bu insonlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport orqali jamiyat hayotiga faol integratsiyasini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan ommaviy sport musobaqasidir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Ilk bora Oʻzbekiston U-19 voleybol boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda


Ushbu chempionat Chirchiq shahrida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida joriy yilning 24-iyul kunidan 3-avgust sanasiga qadar bo'lib o'tadi.

Unda 24 ta dunyo davlatlaridan jamoalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bu nafaqat O'zbekiston voleybol tarixi, balki butun Markaziy Osiyo sport hayotida muhim burilish bo'lishi kutilmoqda.

Ishtirok etish bepul.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Ilk bora Oʻzbekiston U-19 voleybol boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda


Ushbu chempionat Toshent shahri Yunusobod sport majmuasi va Chirchiq shahrida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida joriy yilning 24-iyul kunidan 3-avgust sanasiga qadar bo'lib o'tadi.

Unda 24 ta dunyo davlatlaridan jamoalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bu nafaqat O'zbekiston voleybol tarixi, balki butun Markaziy Osiyo sport hayotida muhim burilish bo'lishi kutilmoqda.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti maneji musobaqalarni qabul qilish uchun tayyor holga keltirilgan.


https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT