Toshkent viloyati sport boshqarmasi
3.07K subscribers
43.3K photos
4.39K videos
67 files
12.9K links
Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot
Download Telegram
Forwarded from OlympicUz
Ular Tokioga borishadi: Erkin kurashchimiz Javrail Shapiyev

“Ular Tokioga borishadi” loyihamiz davom etadi. Bugun Sizlarga Tokio-2020 Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan polvonimiz Javrail Shapiyev haqidagi maʼlumotlarni havola etamiz.

Javrail Nurmagomedovich Shapiyev 1997-yil 20-aprel kuni Dog‘istonda tug‘ilgan. Erkin bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi. Kurashchimiz egizak ukasi Isa Shapiyev bilan davlatimiz bayrog‘i ostida kurashib kelishadi. Olimpiya o‘yinlariga Olimjon Hikmatov murabbiyligida tayyorlanmoqda.

Javrail 2017-yildan O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bir qator xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan. 2019-yil jahon chempionatida munosib ishtirok etgan.

Shu yil aprel oyida Osiyo mintaqasi uchun Qozog‘istonda o‘tgan Tokio-2020 litsenzion turniridagi ishtiroki orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

"Они будут защищать честь страны в Токио": борец вольного стиля Жавраил Шапиев

Продолжаем вас знакомить с нашими лицензиатами Токийской Олимпиады в рамках проекта "Они будут защищать честь страны в Токио". Сегодняшний наш герой борец вольного стиля Жавраил Шапиев, который выступает в весовой категории -86 кг.

Шапиев Жавраил Нурмагомедович родился 20 апреля 1997 года в Дагестане. Представитель сборной Узбекистана по вольной борьбе. Его брат-близнец Иса Шапиев также является членом Национальной команды. К Олимпийским играм Токио-2020 готовится под руководством Олимжона Хикматова.

В 2017 году был принят в состав сборной Узбекистана. Победитель и призёр нескольких международных турниров. На чемпионате мира 2019 года принимал достойное участие.

В лицензионном турнире для Азиатского континента, который проходил в апреле месяце этого года, завоевал лицензию на Токийскую Олимпиаду.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#pozitiv

👍Qozog‘istonda taekvando bo‘yicha chempionat finaliga egizak opa-singillar chiqishibdi. Ular jang qilmay, g‘olibni don-don zikki o‘yini orqali aniqlashibdi. Xullas pozitiv holat. 😂😂😂

Bizni kanal👇👇👇
@MOQTVB
#boks

☝️ Temir Mayk haqida fakt!

Bizni kanal👇👇👇
@MOQTVB
Forwarded from OlympicUz
Taekvondochilarimizdan yana bir tarixiy natija: “Beirut Open”da birinchi bo‘ldik

Livan poytaxti Bayrut shahrida taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatidan so‘ng “Beirut Open” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda dayanga chiqqan taekvondochilarimiz jamoamiz g‘aznasini 10 ta medal bilan boyitishdi.

Kuni kecha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Charos Qayumova (-53 kg) va Feruza Sodiqova (-62 kg), shuningdek, Madinabonu Mannopova (-49 kg), Ozoda Sobirjonova (-57 kg) va Nikita Rafalovich (-80 kg) Bayrut ochiq chempionatida ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Jasur Jaysunov (-74 kg) va Shohsanam Aʼzamova (-46 kg) kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsalar, Shohruh Rajabov (+80 kg), Gulsanam Alijonova (-67 kg) va Sardor Toirov (-68 kg) bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Quvonarlisi, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan musobaqani umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladik. Eslatib o‘tamiz, bundan avval o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan jamoamiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan edi. Delegatsiyamiz 21-iyundan 22-iyunga o‘tar kechasi 01:00 da Toshkentga qaytib keladi.
Toshkent viloyatida futbol fahriylari ishtirokida futbol shousi o’tkazildi

2021 yil 20 iyun kuni qator mutasaddi tashkilotlar tashabbusi bilan Angran shahrida joylashgan Dukent futbol maydonida futbol fahriylari hamda yulduzlari ishtirokida “FUTBOLGA BAHSHIDA UMR” shiori ostida ommaviy futbol tadbiri o’tkazildi. Tadbir davomida Angren shahar hokimi Mahmudov Shukurullo Nasimhonovich boshchiligidagi “Angren fahriylari” O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse prezidentining maslahatchisi Zikirullayev Rahmiddin Egamovich boshchiligidagi “UFA fahriylari” hamda Toshkent viloyati futboli ravnaqi yo’lida mehnat qilayotgan viloyat fahriylaridan tashkil etilgan “TVFA fahriylari” futbol jamoalari ishtirokida futbol o’yinlari o’tkazildi.
Uchrashuv qizģin va ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Musobaqa so'ngida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi!

Bizni kanal👇👇👇
@MOQTVB