#Ichki_turizm | #Samarqand
Joriy yilning 5-mart, yakshanba kuni Toshkent davlat pedagogika universitetining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar kompleksi jamoasi ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqand shahriga sayohat uyushtirib, tarixiy obidalarni ziyorat qildilar.
🌐 @TDPU_UZ

#ichki_turizm | #Toshkent_viloyati
Yaxshi dam mehnatga hamdam!
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ma'naviyat va yoshlar masalalari yo'nalishi jamoasi Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi So‘qoq tog‘lariga tashrif buyurdilar. Jamoa bilan tog' yonbag'irlariga sayohat uyushtirildi.
Jamoaviy dam olish mehnat jamoalari uchun nafaqat birgalikda maroqli vaqt o‘tkazish, balki xodimlarni birlashtirishning samarali vositasidir. Bunday tadbirlar tufayli ish samaradorligi oshadi, muhit yaxshilanadi va xodimlar aro munosabatlar yanada mustahkamlanadi.
Ertangi kunga yangi kuch bilan tetik holda ishga qaytish uchun shahar shovqinidan holi tinch muhit, tog‘ havosi va ko‘tarinki kayfiyat ayni muddao bo‘ldi.

#Xotin_qizlar | #ichki_turizm
Respublikadagi yetakchi OTMlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchilari Zomin tumanidagi dam olish maskaniga bordilar.
2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni yuzasidan har yili yurtimiz bo'ylab “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida sayohatlar tashkil etilmoqda.
Bu galgi sayohat manzili Jizzax viloyatiga bo'lib, bunda Respublikadagi OTMlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchilari Zomin tumanida joylashgan dam olish maskaniga bordilar. Sayohatda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza To’xtayeva ham ishtirok etdi.
Sayohat davomida Jizzax viloyatidagi madaniy meros obyektlari, tarixiy obidalar hamda diqqatga sazovor joylar bilan tanishildi. Shuningdek, 2022-2023 o’quv yili yakunlari sarhisob qilinib kelgusi rejalar haqida fikr almashildi.