Toshkent davlat pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
6.73K subscribers
12K photos
1.13K videos
149 files
3.2K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ #TDPU_yoshlari #teatr

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurishdi.
​​⭕️ #QVZ_tdpu
#tdpu_yoshlari

Quvnoqlar va zukkolar fasli boshlandi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yildagi QVZ dasturlari boshlandi.

Birinchi dastur bugun Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan namoyish etiladi.

Tadbir joriy yilning 17-fevral kuni soat 14:00da bo'lib o'tadi.

Manzil: Universitet Faollar zali.

Tadbir davomida:

Fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchilarini taqdirlash jarayoni;

Mashhur san'atkorlar tashrifi;

QVZ "TABIIY KULGU" jamoasi chiqishlari namoyish etiladi.

Kayfiyatni ko'taray desangiz biz bilan QVZda bo'ling!

Barchani taklif qilamiz.
⭕️ #kun_qahramoni #tdpu_yoshlari

Olg'a TDPU yoshlari!

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti talabasi To'raqulova Durdona Bahodirovna 18-19- aprel kunlari Karate bo'yicha O'zbekiston chempionatida uch marta 1-o'rinni qo'lga kiritdi va 7 karra O'zbekiston chempioni bo'ldi.

Tabriklaymiz!
​​⭕️ #yoshlar_oyligi #tdpu_yoshlari

Aziz yoshlar, “Yoshlar va salomatlik” oyligiga start berildi

Siz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasimisiz? Unda “Yoshlar va salomatlik” oyligida faol ishtirok eting!

Oylik doirasidagi tadbirlar 30 kun davomida har kuni o'tkazilib, ular quyidagi yo'nalishlarda tashkil etiladi:

Sport sog'lomlashtirish tadbirlari;
Ko'ngilochar ijodiy dasturlar;
Psixologik seminar-treninglar;
"Balli qizlar", "Balli yigitlar" ko'rik tanlovlari;
"Zakovat" intelektual o'yinlari;
Debat (Munozara);
QVZ shou;
Vatanparvarlik mavzusidagi kinofilmlar;
Kitobxonlik tanlovlari;
Milliy sport o'yinlari;
"Quvnoq startlar" musobaqalari tashkil etiladi.

“Yoshlar va salomatlik” oyligini ochilish marosimi joriy yilning 22 aprel soat 17.00da 9-TTJ maydonida bo'lib o'tadi.

Oylik doirasidagi barcha tanlov, musobaqa va tadbirlar karantin qoidalariga amal qilingan holda oʻtkaziladi.

“Yoshlar va salomatlik” oyligi doirasida eng faol ishtirok etgan fakultet yoshlari haqida O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi yoshlarga oid teledasturlarda ko'rsatuvning asosiy qahramoni sifatida yoritiladi. Shuningdek, universitet rektori tomonidan maxsus sovg'a va diplom bilan mukofotlanadi.

Tashkil etiladigan tadbir, musobaqa va tanlov kunlari va joylari oldindan e'lon qilib boriladi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
⭕️ #kun_qahramoni #tdpu_yoshlari

Olg'a TDPU yoshlari!

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishi 102-guruh talabasi Dilfuza Bekova Polsha davlatida bo'lib o'tgan boks bo'yicha Jahon chempionatida 3-o'rinni egalladi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Tabriklaymiz!
⭕️ #saylov_2021 #TDPU_yoshlari

Biz o’z kelajagimizga befarq emasmiz!
Albatta, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun bo’lib o’tadigan saylovda ishtirok etamiz!
Sizchi?

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
#Teatr #TDPU_Yoshlari

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yildagi “Talabalar teatr studiyalari” festivaliga qur'a tashlandi.

Joriy yilning 8-9 aprel soat 14:00 da universitet faollari zalida quyidagi fakultetlar o'z sahna chiqishlarini olib chiqadi.

08.04.2022
• Musiqiy ta'lim fakulteti
• Pedagogika va psixologiya fakulteti
• Fizika-matematika fakulteti
• Tillar fakulteti
• Maxsus pedagogiga fakulteti
• Maktabgacha ta'lim fakulteti

09.04.2022
• Harbiy ta'lim fakulteti
• Professional ta'lim fakulteti
• Innovatsion pedagogika fakulteti
• Xorijiy tillar fakulteti
• Tarix fakulteti
• Tabiiy fanlar fakulteti
• Boshlang'ich ta'lim fakulteti

Barcha jamoalarga omad tilaymiz!

👉
@TDPU_UZ
#QVZ_tdpu #TDPU_Yoshlari

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yildagi "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik tanloviga qur'a tashlandi.

Joriy yilning 15-16 aprel soat 14:00 da universitet faollari zalida quyidagi fakultetlar o'z sahna chiqishlarini olib chiqadi.

15.04.2022
• Boshlang'ich ta'lim fakulteti
• Pedagogika va psixologiya fakulteti
• Xorijiy tillar fakulteti
• Tillar fakulteti
• Innovatsion pedagogika fakulteti
• Tabiiy fanlar fakulteti

16.04.2022
• Maktabgacha ta'lim fakulteti
• Tarix fakulteti
• Professional ta'lim fakulteti
• Harbiy ta'lim fakulteti
• Maxsus pedagogiga fakulteti
• Fizika-matematika fakulteti
• Musiqiy ta'lim fakulteti

Barcha jamoalarga omad tilaymiz!

👉
@TDPU_UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 #Abdulla_Qodiriy_spektakli
#TDPU_yoshlari

Olg'a
TDPU yoshlari!

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining "Ma'rifat maydoni" Respublika tanlovida ishtirok etgan talabalar jamoasi tomonidan "Abdulla Qodiriy" spektakli namoyish etilgan edi. Spektaklning to'liq variantini keyingi postlarda namoyish etamiz.

🌐
@TDPU_UZ
#Yoshlar_kuni | #TDPU_yoshlari

Ayni damda 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Humo arenada Davlat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 50 nafar eng faol va iqtidorli talabalari ishtirok etishmoqda.

Bugungi bayram barchaga muborak bo'lsin!

🌐
@TDPU_UZ
#Vazir_yoshlar | #TDPU_Yoshlari

Joriy yilning 21-iyun kuni Yoshlar ijod saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning 200dan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir dastlab, kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishning yoshlar uchun ahamiyati, sohadagi eng so‘nggi islohotlar mazmuni, yoshlarga berilayotga imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

🇺🇿 Uchrashuvda Nizomiy nomidagi TDPU magistrantlari va talaba yoshlari faol ishtirok etishdi.

🏛 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!

🌐🕊 @TDPU_UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹🟦🟦🟦🟦 #Atrof_muhitni_asrash

🇺🇿 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan “Yashil kelajak uchun birlashamiz, tabiatni asraymiz va barqaror rivojlanishga erishamiz!" shiori ostida atfor-muhitni asrash chellenge tashkil etildi.

#poytaxt #yoshlar #TDPU_yoshlari #challenge

@TDPU_UZ