Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
379 subscribers
5.06K photos
340 videos
52 files
1.08K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
2023-yil 21-Oktabr
🏢Tuproqqal’a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktyabr  kuni o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining  34 yilligi munosabati bilan "ONA TILIM – G’URURIM, FAXRIM " shiori ostida ‘’Buyuk siymolar nigohimda’’ mavzusida  6-sinfning 🎨 tasviriy san’at darsida rasmlar tanlovi o’tkazildi.

👨‍🏫Oliy toifali o'qituvchi: H. Otajonov.

Ustozimizning kelgusi ishlarida zafarlar yor bo'lsin!!!
🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌸
BIZ - SIZ BILAN FAXRLANAMIZ, HURMATLI USTOZLAR VA AZIZ O'QUVCHILAR!!!

🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida hududdagi maktablar sharoiti bilan yaqindan tanishish uchun kutilmaganda Qarshi tumani markazi — Beshkent shahrida joylashgan 12-maktabga bordilar.

Bu yerda maktab infratuzilmasi, o‘quvchilarning ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan bevosita suhbatlashdilar. Maktab pedagoglari bilan muloqot jarayonida sifatli ta'limni tashkil etish uchun yana qanday imkoniyat va sharoitlar zarurligi bilan qiziqdilar.

Shuningdek, ta'limga juda katta e'tibor berish lozimligi, bilimli va sog‘lom bolalargina kelajakda qoqilmay, o‘z yo‘lini topa olishini alohida ta'kidlab o‘tdilar.

Maktab jamoasi ushbu suhbatdan katta taassurotlar olib, mamlakatimizdagi maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sifati, o‘quvchi va o‘qituvchilarni o‘ylantirayotgan boshqa ko‘plab muammo va masalalar Davlatimiz rahbarining shaxsan diqqat markazida ekanligidan xursand bo‘lishdi.

Ta'limga bo‘lgan bunday yuksak e'tibor, albatta o‘qituvchilarimizni ruhlantirib, ishlashga yangi ishtiyoq bag‘ishlashi shubhasiz.

Aytish lozimki, hozirgi vaqtda Qashqadaryo viloyatidagi 1 280 ta maktabda qariyb 680 ming nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda. Davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng viloyat maktablaridagi mavjud shart-sharoitlarni atroflicha o‘rganish maqsadida maktablar rahbarlari bilan uchrashdim.

Qarshi shahridagi 4-, 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi o‘quvchilar bilan suhbatlashar ekanman, ko‘zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilimlarni egallashga tashna yoshlarni ko‘rib xursand bo‘ldim.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi o‘quvchilarining qo‘shimcha til o‘rganishga doir takliflari meni ayniqsa quvontirdi.
O‘quvchilarning bilimga va kasb egallashga chanqoqligi, albatta biz soha mas'ullarini yanada ko‘proq izlanishga, harakat qilishga undaydi.

Biz xalqimiz farzandlarining baxtu kamoli, yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida mehnat qilishdan doimo xursandmiz.
Forwarded from Grantlar.uz
15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Bu dasturda qatnashish uchun 2006-yil 13-iyuldan 2009-yil 13-iyulgacha sanalar oraligʻida tugʻilgan boʻlish kerak.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 9-dekabr 13:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/15-17-yoshli-qizlar-uchun-aqshda-techgirls-yozgi-oromgohi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyun kunidagi "Yoshlarni xarbiy-vatanparvarlik ruxida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi 267-sonli Qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 🏢Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf o'quvchilari bilan "Vatan-ulug', burch-muqaddas!" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

🔰Tadbirda viloyat FIB kengash raisi iste’fodagi podpolkovnik A.  Jumaniyazov, kengash o'rinbosari iste’fodagi podpolkovnik
B. Masharipov, maktab direktorining o'rinbosari-CHQBT fani o'qituvchisi rezervdagi podpolkovnik
X. Eshchanov va maktab direktori Lobar Matyaqubovalar ishtirok qilishdi.


🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼
Forwarded from Rustam Karimjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun Sizda qanday bahona bor?

Videodagi qahramonlar turli bahonalar izlamasdan, o'z oldilariga yuqori maqsad qo'yishgan hamda tinimsiz mehnat qilib, ilm olishdan to'xtamaslik natijasida IT sohasida muvaffaqiyatga erishmoqda, xalqaro va mahalliy musobaqalarda, startap-chellenjlarda, IT olimpiadalarda yuqori marralarni zabt etib o'z hayotlarini yaxshi tomonga o'zgartirishmoqda.

Qahramonlarimiz va ularning yutuqlarini ko'ring, havas qiling va harakatni boshlang:
1. Best Global M-Gov Award tanlovida o‘z startapmiz orqali 136000$ pul mukofotini qo‘lga kiritdik (Valisher Alisherov, Bazarov Mehrol, Temirov Azizullo)
2. mGovAward, StudentHack va boshqa xakatonlarda 100 million so‘mdan ortiq pul yutuqlarini qo‘lga kiritdim (Samandar Akromov)
3. “Tahrirchi” loyihasi asoschisiman, mGovAward loyihasida 50 000$ qo‘lga kiritdim va “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim (Mamasaidov Muhammadsaid)
4. Men xakatonlar va IT musobaqalarda 200 million so‘mdan ortiq mablag’larni qo’lga kiritdim (Abubakr Abduvaxidov)
5. 20 ga yaqin yetakchi davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro kiberxavfsizlik bo‘yicha tanlovda nufuzli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdim (Sarvar Bazarov)
6. Biz sovrin jamg’armasi 100 000$ bo‘lgan Xalqaro startap tanloviga o‘z loyihamizni olib chiqdik (Shakhzoda Mirzaeva, Ikhtiyor Sodiqov, Jahongirxo'ja Juraev)
7. Tridmo.com orqali 150 mingdan ortiq 3D modellar sotdim va 500 000 $ dan ortiq daromad qildim (Abdusattor Abdurahimov)
8. Frilansing orqali amalga oshirgan loyihalarim uchun har oy 2500$ gacha daromad topyapman (Saboxat Qalandarova)
9. IT hamjamiyatiga qo‘shgan hissam uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim. Toptalda top 3%ga kiruvchi dasturchiman (Shakirov SaidRavshan)
10. Frilansing orqali xalqaro platformalarda yiliga 100 000$ dan ortiq daromad topaman. 100 dan ortiq loyihalarni ishlab chiqqanman (Aziza Israilova)
11. Youtubeda strim orqali oyiga 10 ming dollar daromad topaman, 1 mln ga yaqin obunachilarim bor (Shoxruz)

🇺🇿 Videoni yoshlarga ulashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Maktablarda kuzgi ta'til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilgi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

• kuzgi ta’til – 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

• qishki ta’til – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

• bahorgi ta’til – 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

• yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan) boshlab 1-sentabrgacha.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Trening_mashg‘uloti
#28_oktyabr

🔰Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning amaliyotchi psixologi Saparova Saboxat mazkur maktabning 8-B sinf o‘quvchilari bilan navbatdagi korreksiyon mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulotdan maqsad sinfning ijtimoiy-psixologik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, trening jarayonida bir qancha metod va qiziqarli o‘yinlarda foydalanildi.

Jumladan:
Ism-sifat
" Sochiq " metodi
"Fanlarda kayfiyat" metodi.
"Molekula " enerjayzer
Fobiyani yengish mashqi.
" Bizning sinf" artterapiya mashg‘uloti.
Musiqa ohanglari ostida olib borilgan mashg‘ulotda o‘quvchilar juda faol  qatnashdilar.

🌺Trening mashg‘ulotidan kutilgan natijaga erishildi.


🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼