Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
378 subscribers
5.06K photos
340 videos
52 files
1.08K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh assambleyasi doirasida “Global ta’lim Forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda 140 davlatdan kelgan delegatlar, turizm rahbarlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga mas’ul rahbarlar ham ishtirok etmoqda.

Bugun turizm va ta’lim bir-biriga chambarchas bog‘liq soha ekanligi barchamiz bilamiz. Shu bois, Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xalqaro miqyosda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdik.

Xabaringiz bor, yurtimizda “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, 1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish, O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishiga erishish borasida katta maqsadlar amalga oshirishdagi dolzarb vazifalarimizdan biri.

Joriy yilda Prezident maktablari bitiruvchilaridan 114 nafari, Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilaridan 378 nafari dunyoning nufuzli ta’lim maskanlarida tahsilni davom ettirmoqda. Ular qatorida Colorado State University, Harvard University, TUM (Technical University of Munich), Arizona State University, California Institute of Technology va King‘s College kabi nufuzli ta’lim dargohlarining borligi xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Aytish lozim, 2023-yil xalqaro doirada katta yutuqlar davri bo‘lganligi, xususan o‘quvchilarimiz tarixdagi eng yuqori natijalarni qayd etib, xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 24 ta kumush va 37 ta bronza, jami 69 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Qolaversa, joriy yilda Ispaniya, Italiya, Оzarbayjon, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarda 15 ta xalqaro tanlov, festival va musobaqalarda “Barkamol avlod” maktablarining 500 nafarga yaqin o‘quvchisi Gran pri va boshqa yutuqlarni qo‘lga kiritganliklari haqidagi yutuqlar qayd etildi.

Bugun oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarimizda erta yoshlardanoq ushbu soha haqida tushuncha hosil qilish hamda ularning qiziqishlarini oshirishdir. Vazirlik tizimida Samarqand va Namangan viloyatlarida bolalar sayyohlik bazalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Endilikda Samarqanddagi 20 ta maktabda tajriba sifatida maktabdan tashqari ta'lim sifatida turizm soatlarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu borada Butunjahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda ishlayapmiz.

Xalqaro forum doirasida ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalar jonli muhokama qilinib, samarali taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘ylaymanki, Forum qatnashchilari tomonidan bildirilgan ta’limga doir fikr va mulohazalar, takliflar maktabgacha va maktab ta’limi rivoji yo‘lida xizmat qiladi. Buning uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yetarli.

Forum ishiga muvaffaqiyat tilab qolaman!
#tabriklaymiz
#ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda  “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentligimiz tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oliy toifali o'zbek tili fani o'qituvchisi Sumbulоу Saidova faxrli uchinchi o'rinni egalladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 20-oktabr kuni Tuproqqal’a tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamkorligida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ishtirokchilar turli nominatsiyalarda g'olib deb topildilar.


Jumladan, Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori L. Matyaqubova viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.

Musobaqaning keyingi bosqichlarida omadlar yor bo'lsin!!!
🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸
🏢Tuproqqal'a tuman ixtisoslashgan maktabida 21 -oktyabr  kuni o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining  34 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin,ona tilim! " shiori ostida  bayram kechasi bo'lib o'tdi.

🎗Tadbirda ona tilini madh etuvchi  she'r va qo'shiqlar tarannum etildi.
"Ona tili-millat ruhi" mavzusida o'tkazilgan insholar va diktantlar tanlovi g'oliblari taqdirlandilar.


🎭O'quvchilar ijrosidagi sahna ko'rinishi tadbir qatnashchilariga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

🌺🌸🌺🌸🌺🌸🌺🌸🌺🌸🌺🌸